Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
— Yaxshi qoling. Voy, to‘xtang! Allo?... Biroq ularni uzib qo‘yishgandi. Palmer o‘zining xonasi 
qaerda joylashganini bilolmay qoldi. Ehtimol, Beshinchi avenyudagi bank bo‘limlarining bittasida 
joylashgandir, deb o‘yladi Palmer. U telefon hujrasidan chiqdi-da Leksington-avenyu tomonga burildi. 
Burchakka yetgach, yurishni sekinlatdi, avgust oftobidan ko‘zlari qamashib, yonidan g‘uvillab o‘tib 
ketayotgan shovqinga quloq solarkan, uning o‘y-xayollari Mak Berns bilan band edi. 
Bu odam o‘sha o‘zgaruvchan xususiyatga ega bo‘lishiga qaramay, uning asosiy belgilarini hozir, 
tanishuvning dastlabki bosqichidayoq aniqlash mumkin edi. Palmerda yetarli dalillar yetishmasdi, lekin 
u shunga amin ediki, Berns «romantiklar» toifasidagi eng past turlar vakilidir. Uning fitnalarga 
moyilligi, Karakas bilan telefonda sirli suhbatlari, oddiy voqealarga ham izquvarlarcha yondashuvi, 
sirni saqlashga oid qasamyodlari, nihoyat o‘zini haddan tashqari saxovatli qilib ko‘rsatishi, bu 
sifatlarning hammasi romantik avantyurachi portretini tasvirlash imkonini berardi. Shu bois 
YuBTKgagina emas, boshqa har qanday bankka ham bu odamga biror narsani ishonish mumkin 
emasdi. 
Palmer shularni o‘ylagancha Leksington-avenyu bo‘ylab, janubiy yo‘nalishda, birorta ham uy 
qoldirmay buzib tashlangan mahalla yoqalab ketib borardi. 
Qurilish maydonining zangori rangga bo‘yalgan baland taxta to‘sig‘i orqasidan ekskavatorlarning 
shovqin-suroni, og‘ir yuk mashinalarining guvillashi eshitilardi. Palmer darvoza oldida to‘xtab, «Mak-
Kormik» firmasining bahaybat yuk ag‘darma mashinasi tuproqda chuqur iz qoldirib, buzilgan uy 
poydevorining parchalangan betonlarini ortgancha Leksington-avenyu bo‘ylab qayoqqadir olib 
ketayotganini kuzatib qoldi. Nyu-Yorkning mana shunday o‘ziga xos belgisi — betinim buzish va 
bunyod etish jarayoniga ko‘nikishimga to‘g‘ri keladi, deb o‘yladi. Zero og‘riqli bu jarayon boshqa 
shaharlarga ham tez yoyilmoqda. 
Bu g‘oya aslida sog‘lom g‘oya edi, lekin mamlakat iqtisodiyoti barqaror va rivojlanayotgan taqdirda 
keraksiz xizmat binolarini buzib tashlab, shu yo‘l bilan soliqlar pasayishiga erishish, keyin qimmat 
turuvchi yangi imoratlar qurish mumkin bo‘lardi. Bu binolarning narxi ustamonlik bilan to‘qilgan 
qonunlar doirasida soliqqa tortilgan, qiymatlardan olib tashlanar va shu tariqa yuqori mansabdorlar 
orasida hozir keng qo‘llanilayotgan ko‘chmas mulk borasidagi katta ko‘zbo‘yamachiliklarda rosa qo‘l 
kelardi. 
Palmer hali ham darvoza oldida turardi. Qurilish maydonidan chiqib kelayotgan navbatdagi 
ag‘darma mashina uni changga belab o‘tib ketdi. Umuman, bunday qurilish uchun zarur bo‘lgan 
iqtisodiyotning bu tarzda qulay rivojlanishi faqat taxmin qilinardi va u xudoning in’omi bilan 
osmondan tushganday o‘z-o‘zidan barpo bo‘ladi deb kutib o‘tirmasdan, uni bunyod qilish kerak, 
o‘ylardi Palmer. Hatto Vinni Estor ham shu atrofdagi binolarni buzishga kirishganda bunga ishonch 
hosil qildi. Ishga sarflanayotgan pullar tugab borar, erkin mablag‘ topish qiyinlashardi. Shunda Estor 
bu g‘oyani uddalay oladigan omonatchilaridan biri «Fyorst neshnl siti benk» zimmasiga yukladi. 
Ammo u ham bu qurilishni mablag‘ bilan ta’minlashga qodir emasdi. Bir vaqtlar dabdabali «Estor 
Plaza» nomi bilan yuritilgan sarmoya maskani endi «Fyorst neshnl siti benk» deb ataladi. 
Palmer yana Leksington-avenyu bo‘ylab yura boshladi. Ellik uchinchi ko‘cha muyulishiga yetgach, 
qurilish maydonchalari orasida omon qolgan bitta binoni ko‘rib qoldi. Bu eski imoratni buzishga hali 
ulgurishmagandi. Yalpi vayronalar sahnida yolg‘iz va o‘rinsiz turgan bu bino mehmonlar o‘zlariga 
mo‘ljallangan tort kesimlarini tinchitishgach, taqsimchada qolgan so‘nggi bo‘lakchani eslatardi. Qiziq, 
deb o‘yladi Palmer, shu imoratning egasi qanaqa narx so‘ragan ekan? Balki bu narxga Estorning kuchi 
yetmagandir, lekin «Fyorst neshnl siti benk» ma’qul haq to‘lashni taklif qilishga qodir. Harholda buni 
vaqt ko‘rsatadi. 
Palmer jilmayganicha janubiy yo‘nalishda Leksington-avenyu yoqalab yurib boraverdi. Buzib 
kunpayakun qilib tashlangan, xarobaga aylangan maydon o‘rtasida yakka-yolg‘iz so‘ppayib turgan ana 
shu so‘nggi qo‘rg‘onni tomosha qilish uni ancha tinchlantirganday bo‘ldi. Gap, albatta, uy sohibi 
haddan tashqari katta narx so‘raganida emas. U yaxshi buyum egasi bo‘lgani uchun undan durustroq 
foydalandi, xolos. Lekin o‘z yo‘lida duch kelgan hamma narsani buzib, yanchib borayotgan Buyuk 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin