Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
39
turardi. Undan nariroqda Sentral-parkning yam-yashil daraxtzorga burkangan otxona, poni otchalari 
va mashinada yurish uchun yo‘l ko‘zga tashlanardi. Oltmishinchi ko‘chadan parkka shu yo‘l orqali 
kirilardi. Undan ham narida qalin daraxtlar orasida ko‘l sathi miltirab turardi. 
Palmer parkni hoshiyadek o‘rab turgan notekis tomlar qatoriga ko‘z yugurtirdi. Qiziq, shimolga 
qarab qancha cho‘zilgan ekan bu qator? Tomlar ortidagi yer bir oz baland bo‘lib, botayotgan 
quyoshning zarrin nurlarida kichkinagina, Gudzon ustidan Nyu-Jersiga o‘tkazilgan xuddi o‘yinchoqdek 
ko‘prik ko‘zga chalinardi. Nima deb atalardi bu ko‘prik? 
Orqada yana interkomning signali yangradi. Palmer burilib shoshgancha stol yoniga keldi-da
«kotiba» deb yozilgan tugmachani bosdi. 
— Ha? — deb so‘radi u mikrofonga qarab. 
— Miss Kleri haliyam sizni kutib o‘tiribdi, — javob berdi kotiba. 
— Voy, xudoyim-ey! Tez kiritib yuboring. 
— Mister Palmer? 
— Ha? 
— Bugunga yana biror topshiriq bo‘ladimi? 
Palmer soatiga qaradi. Chorak kam olti. 
— Yo‘q, bugunga yetarli. Siz bo‘shsiz. Tashakkur. — Palmer mikrofonni o‘chirib, oromkursiga 
yaxshiroq joylashdi-da, fikrini jamlashga urindi. U tushlik paytida qo‘zigan g‘azabini bosish unchalik 
oson emasligini tushundi. Ayrim kishilar jahli chiqqanini kun bo‘yigina emas, balki yillab, hatto umr 
bo‘yi yashira oladilar. Biroq ularni tennis kortidek keladigan xona, derazadan ko‘rinadigan ajoyib 
manzara bilan sotib olishgani yo‘q. Bu uni konteynerga joylab, muhr bosib, sotib yuborishga arziydi. 
— Mister Palmer? 
Ostonada eshikning kattaligidan kichkina bo‘lib ko‘ringan, xushqomat ayol ko‘rindi. 
— Kiravering, miss Kleri, — dedi qo‘pollik bilan yuziga ham qaramasdan. 
Ayol ichkari kirdi, eshikni berkitmadi ham. Biror so‘z aytmay uning yoniga bordi. Stol yonida 
to‘xtab, Palmer ko‘rsatgan oromkursiga o‘tirdi. Baribir, juda kichkina ekan, o‘yladi Palmer. U 
indamasdan kuzatdi. Ayol o‘tirgach, bir oyog‘ini ikkinchisining ustiga oldi. Tizzalarini bekitish uchun 
yubkasini tortishga muvaffaqiyatsiz urinib ko‘rdi. Biroq ayol nigohini oyoqlaridan olib unga 
qaratganda, Palmer ko‘zini olib qochib, stoldagi narsalarga qarashga ulgurdi. 
— Demak, siz bizda reklama va axborot masalalari bilan shug‘ullanuvchi shaxs ekansiz-da, — dedi 
u nihoyat. — O’zingiz tushungandirsiz, men «shaxs» deb ataganim tasodif emas, — qo‘shib qo‘ydi u 
jilmayib. 
Xonim unga diqqat bilan qaradi, shunda uning qalin lablarini tabassum egalladi. 
— Tasodif emas, — deya takrorladi xonim. 
Palmer bir oz hayron qoldi. Uning erkin vaziyatni vujudga keltirishga birinchi urinishi amalga 
oshmadi. Lekin xonimning oromkursida juda g‘alati, qaddini notabiiy rostlab, qo‘llarini tizzalari ustida 
qisganicha o‘tirganini ko‘rib, uni ko‘ngilsizlik kutayotganini tushundi, buning ustiga sho‘rlikni maktab 
o‘quvchisi singari ish kuni tugaganidan so‘ng shunchalar uzoq kutishga majbur qilishdi. 
Palmer unga tik qaragan edi, ko‘zlar to‘qnashdi. Uzoqdan uning qora ko‘zlari yanada katta ko‘rinib 
ketdi. Miss Kleri uning nigohiga bardosh berolmay ko‘zini olib qochdi. 
— Men sizga shuni aytmoqchi edimki, — deb boshladi-yu, Palmer to‘xtab qoldi. Miss Kleri unga 
qaradi-yu, yana ko‘zini chetga oldi. Uning tikilib turganidan qo‘rqdi, shekilli. 
— Haligi, sizni nima uchun chaqirganimni hozir tushuntirib beraman, — dedi Palmer muloyimlik 
bilan. U o‘z so‘zlariga nazokat tusini bermoqchi bo‘lib. — Bu matbuot uchun berilgan xabarga 
taalluqli, — dedi u. — Shu boisdan bir daqiqaga kirib o‘tishingizni so‘ragan edim. 
— Matbuot uchun qanaqa xabar? — so‘radi miss Kleri. 
— Meni tayinlash yuzasidan... 
— Ha, siz bu haqdami? — u bosh irg‘adi va qora kokili sirg‘alib peshonasiga tushdi. 
— Men, xususan... — Palmer yana jim bo‘lib qoldi. Bu nima degan gap. Albata, miss ko‘ngilsizlikni 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin