Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
40
kutgan edi, lekin bu yerda dovdiragan tentakni uchrataman deb xayoliga keltirmagandir... 
— Mister Berkxardt yakshanba kuni uyimga sim qoqdi, — deya boshladi miss Kleri. — U menga 
matbuot uchun xabar tayyorlashimni buyurdi. — U Palmer nima der ekan deb biroz to‘xtatmoqchi 
bo‘ldi-yu, lekin tez va past ovozda davom etdi. — Men o‘sha xabarni tayyorlab, bugun ertalab 
telefonda o‘qib berdim. U xabarni ma’qulladi va material o‘sha zahoti kurer bilan gazetalar 
tahririyatlariga jo‘natildi. Chunki darhol bosib chiqarilishi mo‘ljallangan edi. 
— Boshqacha aytganda, siz bu xabar matbuotga jo‘natilgunga qadar u haqda faqat siz va 
Berkxardt bilardi, demoqchisiz, shundaymi? 
— Ha, yana uni rotoprintda ko‘paytirgan Freddi bilardi. 
— Yana uni rotoprintda ko‘paytirgan Freddi? — to‘satdan so‘radi Palmer. 
Ikkovi ham birdaniga jim bo‘lib qoldi. Palmer tag‘in uning tashqi ko‘rinishini o‘rgana boshladi. Miss 
Kleri aftidan, o‘ttiz besh yoshlarda bo‘lsa kerak. Boshqa, ancha osoyishta sharoitlarda u shubhasiz
yanada istarali ko‘ringan bo‘lardi. Hozir bo‘lsa u juda tang ahvolda edi. 
— Maxfiy hujjatlarni uning ko‘rishga huquqi bormi? — so‘radi Palmer. 
— Kim, Freddimi? — miss Kleri katta ko‘zlari bilan unga tikildi. 
— Menimcha, matbuot uchun tayyorlangan bu xabar maxfiy edi, uni oddiy xizmatchi ko‘rishi kerak 
emasdi. Bundan sizning hamda Berkxardtning xabari borligidan xursandman. Shuningdek, Freddining 
ham. 
Yana og‘ir jimlik cho‘kdi. Palmer shuni tushundiki, uning achchiq kinoyasi, garchi u yengil va hazil 
shaklida bo‘lsa ham, bu ayolning rangi oqarib, muzdek qotib qolgan holatidan eritib ololmaydi. U bu 
xonim haqida hech narsa bilmasdi. Faqat shuni bilardiki, «Yunayted benk» singari birorta ulkan bank 
reklama va axborot bo‘limi rahbarligi lavozimiga ayol kishini hech qachon olmagandi. Aftidan, miss 
Kleri nufuzli doiralar bilan yaqin aloqaga ega, buning ustiga o‘zi ajoyib xodim. Biroq ayni paytda 
Palmer bunday dalillarga ega emasdi. 
Biror narsa desangiz-chi, axir? — murojaat qildi miss Kleriga tabassum bilan. 
Miss boshini ko‘tarib unga qaradi va birdan xira chehrasi yorishib ketdi: lablarida muloyim jilmayish 
paydo bo‘ldi. 
— Biror narsa? — takrorladi miss Kleri. 
— O’jarlik qilmang, biror narsa deng, axir, — ta’kidladi Palmer. — Bu unchalik qiyin emas-ku. Yana 
biror narsa deng. 
— Yana biror narsa, — takrorladi miss. 
— Mana bu — boshqa gap. Endi men bilan takrorlang: Men boshqa hech qachon, oldindan o‘zining 
roziligini olmasdan matbuot uchun Vuds Palmer haqida xabar yubormayman. 
— Men boshqa hech qachon, — takrorladi ayol, — oldindan o‘zining roziligini olmasdan matbuot 
uchun Vuds Palmer haqida xabar yubormayman, yaxshimi? 
— Yaxshi. Savollar bormi? 
— Bitta savol bor, — dedi miss Kleri. 
— Xo‘sh, qani, so‘rang-chi? 
— Meni qaysi kundan bo‘shatasiz? 
Palmer qo‘llarini stolga qo‘ydi. 
— Nima, siz bankchilarni bilmaysizmi? — savolga savol bilan javob berdi. — Agar stsenariyda 
nazarda tutilmagan bo‘lsa, biz hech qachon zarba bermaymiz. Siz o‘yin qoidasiga amal qilsangiz, 
faqat nafaqaga chiqqaningizdan so‘ng ishdan bo‘shatamiz. — O’z so‘zlarini tasdiqlash uchun Palmer 
bosh irg‘ab qo‘ydi. — Bu bizga nafaqaga to‘lash uchun mo‘ljallangan pulni to‘lash imkonini beradi. 
Tushunarlimi? 
Bir oz muddat xonim unga sinovchan nazar bilan qarab turdi-da: 
— Sumkamni qoldirib kelibman, — dedi, — mabodo, sizda sigareta yo‘qmi? 
— Qaerdadir bor edi. — U cho‘ntaklarini titdi, so‘ng stol ustida turgan qutichani ochdi va ikki dona 
sigareta oldi. — Mening markam, — dedi u kutilmaganda tushkun ovozda. Nimadandir ko‘ngli g‘ashga 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin