OQILONA MUNOSABAT ZARURATI
Atrof-muhit, aholi salomatligini muhofaza qilish va ekologik vaziyatni sog'-
lomlashtirishda keng jamoatchilikning faol ishtirokini ta`minlash,
atrof-muhit holatining
inson salomatligi bilan o'zaro munosabati yuzasidan O'zbekiston ekologik harakati keng
jamoatchilik, o'zini-o'zi boshqarish organlari ishtirokida qator tadbirlar o'tkazib kelmoqda.
Ayniqsa, Ekoharakat faollarining «Tojikiston alyuminiy kompaniyasi» davlat unitar
korxonasi faoliyatining atrof-muhitga va inson salomatligiga zararli ta`siriga qarshi
Surxondaryo viloyatida o'tkazgan ommaviy tadbirlari O'zbekiston
ekologik harakatining
o'z maqsad va vazifalariga erishish yo'lidagi amaliy sa`y-harakatlarining yorqin isbotidir.
O'zbekiston ekologik harakati vakillari 2011 yilning 6 sentyabr kuni Surxondaryo
viloyati aholisining «Tojikiston alyuminiy kompaniyasi» davlat unitar koxonasi
faoliyati natijasida aholi salomatligiga va atrof-muhitga yetkazilayotgan salbiy
ta`sirga qarshi jamoatchilik noroziligi aks etgan murojaatni Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O'zbekistondagi vakolatxonasiga topshirdilar.
Xulosa o'rnida aytish joizki, bir mintaqada, bir daryodan suv ichib,
bir havodan nafas
olayotgan davlatlarning ekologik muammolari ham birdir. Uni yechishda ham birlik,
hamjihatlik muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan, vujudga kelgan ekologik
vaziyatni
hisobga olgan holda, transchegaraviy ifloslanish masalalari, ekologik, ijtimoiy
va iqtisodiy muammolarni hal etish asnosida bajariladigan
yagona tizim va xolis
yondashuv O'zbekiston Respublikasi bilan birga Tojikiston Respublikasi uchun ham
dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, «Tojikiston alyuminiy kompaniyasi» davlat
unitar korxonasi tashlamalarining salbiy ta`siriga duchor bo'lgan hududning ekologik
holatini yaxshilash bo'yicha samarali chora-tadbirlar ishlab chiqilishi lozim. Bu kabi
chora-tadbirlarni amalga oshirayotganda va tegishli
hujjat hamda materiallarni
tayyorlayotganda o'zaro manfaatli, mingyillik qo'shnichilik va samarali hamkorlik
doirasida xolis, vazmin yondashuvni namoyon etish zarur bo'ladi. Qolaversa, atrof-muhit
muhofazasini yaxshilash, ekologik barqarorlikni ta`minlashga
ustuvor vazifa sifatida
qarab, nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlarimiz taqdiri uchun ham mas`ul ekanimizni
unutmasligimiz kerak.
Abdurahim QURBONOV,
Siddiq ABDUBOQIEV,
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi Ekoharakat deputatlari guruhi a`zolari.