WinRAR arxivatori xarakteristikasi. Evgeniy Roshal tomonidan
tuzilgangan WinRAR arxivatori hozirgi kunda keng kullanilmokda. WinRAR
dasturi boshqa arxivatorlarga nisbatan fayllarni, shu jumladan arxivlanishi yomon
bo’lgan grafik va multimedia fayllarini yaxshiroq ixchamlash imkoniyatiga ega.
Ayniqsa, kichik, bir tipga mansub katta miqdordagi fayllarni arxivlashda
ixchamlashning yuqori ko’rsatkichlariga erishish mumkin. WinRAR dasturining
yana bir muxim imkoniyati shundaki, ushbu arxivator yordamida kup tomli arxiv,
ya’ni bir nechta qismga bo’lingan arxiv yaratish mumkin. Bunday ko’p tomli
arxivni bir necha disketalarga yozish va keyinchalik kiyinchiliksiz ularni ochish
mumkin. Bunday imkoniyat fayl hajmi ixchamlangan taqdirda ham disketa
hajmidan katta bo’lganda qo’l keladi.
WinRAR arxivatorini yuklash va uning ishchi oynasi bilan tanishish.
WinRAR dasturini ochish uchun:
-
vazifalar panelidagi Pusk tugmasi bosiladi;
-
bosh menyudan Pusk - Programmo’- WinRAR- WinRAR ketma-ketligi
tanlanadi.
Ekranda WinRAR dasturining ishchi oynasi ochiladi.
Oynaning yuqori qismida dastur oynasining standart atributlari - oyna
sarlavxasi va menyu satri joylashgan. Sarlavxada dastur nomi va oyna holatini
o’zgartiradigan tugmalar joylashgan.
14
Quyida menyu satri ostida joylashgan dasturning asosiy tugmalari izohi
berilgan:
Tugmalar qatori ostida murojaat qilingan papka nomi yozilgan bo’ladi.
Bizning misolimizda Windows ishchi stoli tasvirlangan. Oynada tanlangan
papka tarkibi haqida turt ustunda
ya’ni, 1-ustun: fayl nomi; ustun: fayl xajmi; ustun: fayl tipi;
2-
ustun: faylga
kachon
o’zgartirish kiritilganligi haqida axborot
beriladi.Oynaning pastki qismidagi «Holat satri» da oynada belgilab olingan fayl
miqdori va xajmi haqidagi axborot yoziladi.
Fayllarni arxivga joylashtirish
Arxiv faylni ochish
Arxivdagi fayllarni tekshirish
Faylni ko’rib chiqish
Faylni o’chirish
Tanlangan fayl haqida axborot berish
Zarar etgan arxivni qayta tiklash.