Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc


-bob. Ishlab chiqarishni boshqarish



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/106
tarix03.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#138008
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   106
ishlab chiqarish iqtisodiyoti

5-bob. Ishlab chiqarishni boshqarish 
 
5.1 Iqtisodiyotni tartibga solish tahlili 
 
Boshqaruvning ilk bosqichlari qadimgi zamonlarga borib taqaladi. 
Boshqaruvning tamoyillari va vazifalari turli ko’rinishda bo’lib, ularning 
ildizlari eng qadimgi davlatlarning vujudga kelish davrlari bilan bog’langan. 
Ilk davlatlarning tashkil bo’lishiga jamiyat rivojining ichki qonuniyatlari 
(ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning yuqori darajasi, xunarmandchilik, tovar 
ayirboshlash va savdoning tez rivojlanishi, sug’orma dehqonchilik va 
boshqalar) bilan birga, tashqi omillar - kuchayib borayotgan siyosiy 
qarama-qarshiliklar va harbiy to’qnashuvlar ham ta`sir qilgan. 
Jahon tarixidan ilk davlatlar dehqonchilik va chorvachilik kabi ishlab 
chiqaruvchi xo’jaliklar paydo bo’lgan joylarda shakllanadi. Boshqaruvning 
paydo bo’lish asoslari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarish va ijtimoiy 
mehnat taqsimoti; tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish zaruriyati; 
jamoadagi urf-odatlarni bajarish; jamiyatning ijtimoiy-amaliy vazifalar 
jihatdan bo’linishi. 
Eng qadimgi davrlardan boshlab quyidagi boshqarish funksiyalari 
ustuvor bo’lib kelmoqda: tashkil qilish; tartibga solish; nazorat; 
-jamoatning ichki va tashqi munosabatlarini boshqarib turish. 
Qadimgi boshqaruv tizimi tubandagi funksiyalar bilan bog’langan 
holda amalga oshirilgan: iqtisodiy; ijtimoiy; harbiy-siyosiy. 
Ishlab chiqarish rivojlanishining proporsionallik tamoyilini bilmaslik 
oqibatida bir xildagi buyumlar haddan tashqari ko’p ishlab chiqariladi, 
ikkinchi bir turdagi buyum esa kam ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishdagi 
balans buziladi, bir turdagi buyumlar taqchilligi kuzatilganda, boshqa turdagi 
buyumlar omborlarda taxlanib yotadi. Oqibatda mehnat qiymatining yalpi 
pasayishi vujudga keladi. Korxonalar va aholi ehtiyoji qondirilmay qoladi. 
Balansning tiklanishi qaytarilib bo’lmas xarajatlarni, jamlanma buyumlarning 
yo’qotilishi, maqsadsiz sarflangan mehnat evaziga amalga oshiriladi. 
Korxonalarda boshqaruvni tashkil qilishning barcha sub`yektlar uchun 
umumiy xususiyatga ega bo’lgan asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 
- boshqaruvni demokratik tamoyillar asosida shakllantirish. Korxonadagi 
har bir boshqaruv bo’g’inining aniq qoida va uslublarga asoslanib 
taqsimlanishi; 
- boshqaruvda ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish tamoyili. Korxona 
faoliyati bilan bog’liq bo’lgan har bir jarayon ma`lum bir qonunlarga 
asoslanadi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish qonunlarining buzilishiga 
yo’l qo’yib bo’lmaydi, aksincha ularni chuqur o’rganish va ishlab chiqarish 
jarayonida qo’llash zarur; 
- boshqaruv samaradorligi tamoyili. Erkin bozor munosabatlari sharoitida 
korxona rahbari o’z raqobatchilaridan orqada qolib ketmaslik uchun doimiy 
izlanishda va boshqaruv qarorlari samarasini oshirish poyida bo’ladi; 
- ketma-ketlik va uzluksizlik tamoyili. Bu tamoyil shunday tashkiliy ishlab 
chiqarish va texnologik shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutadiki, bunda 
ishlab chiqarish jarayonining ketma-ketlikda va uzluksiz barqaror ishlashi 
ta`minlanadi. 


116
Bozor munosabatlari tobora erkinlashib, o’z yo’nalishini tanlab 
olayotgan kichik va o’rta biznes korxonalari uchun raqobat muhiti tobora 
kuchayib borayotgan bugungi kunda korxonalarga xorijiy investisiyalarni 
jalb qilish va ularning jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulot olib chiqishi 
uchun boshqaruvning zikr etilgan asosiy tamoyillariga suyanish lozim. 
Ma`lumki Abdurazzoq Samarqandiy Xirotdagi temuriylar saroyida 26 
yil davomida mulozim (kotib) lavozimida xizmat qilgan. Uning zamondoshlari 
fikricha Abdurazzoq domla bir necha asarlarining muallifidir, ammo bizgacha 
faqat mazkur kitob yetib kelgan, holos. 
Bu nodir kitobning to’liq nomi "Matlai sa`dayi va majmai bahrayn". 
Asarni to’rt nuqtai nazardan o’rganish samarali bo’ladi, ya`ni: kitobda davlat 
va jamiyat boshqaruvining umumiy qonun qoidalarini aks ettirilishi; markaziy 
va joylardagi xokimiyatning o’zaro muvofiqligi; ma’muriy boshqaruvning 
ayrim usullari; rahbarlik mahorati. 
Davlat va jamiyat boshqaruvining umumiy qonun-qoidalari: “Agar 
ba`zi amirlar masofa yiroqligi va fitna-yu ofat qo’rqinchi sababli biz 
yo’qligimizda ittifoqqa kelgan bo’lsalar, endi maslahat shuki, sen to’la 
ziyraklik yuzasidan ish tutib, huzurimizga kelgin, toki biz nimaki maqul 
topsak, shunga ittifoq tuzib amal qilaylik”. 
Bu fikrdan biz shunday xulosa chiqarishimiz kerakki, davlatni 
boshqarishda, eng avvalo, inoqlik va ittifoq darkor, chunki mamlakat 
yaxlitligicha qarshi chiqadigan fitnachilar doimo topiladi. 
Markaziy va joylardagi hokimiyat muvofiqligi. Hirotdagi markaziy 
xokimiyat joylardagi rahbarlarga o’z vaqtida kerakli axborotni yetkazib 
turgan va shu usul orqali ularning samarali faoliyatini ta`minlagan. Amir, 
Mirzo va sultonlar o’rtalarida adolatli boshqaruv masalasida turli kelishuv, 
ahdnoma, bitimlar tuzilgan. 
Davlat boshqaruvining bevosita usullari. Davlat boshqaruvi, albatta, 
nafaqat harbiy kuchlarga suyangan holda, balki undan ko’ra ko’proq 
ma’muriy choralar, jumladan, ommaviy kommunikasiya orqali amalga 
oshirilgan. Bunday ma’muriy bog’lanishlar sirasiga biz turli xatlar, buyruqlar, 
nizomlar, farmonlar, yorliqlarni va boshqa shu kabi hujjatlarni kiritamiz. 
Rahbar xususiyatlari. Azaldan ma`lumki, agar rahbar muayyan 
qobiliyatga ega bo’lmasa, boshqaruv tartib-qoidalarni bilmasa va o’zi ularga 
rioya qilmasa, uning rahbarligi uzoqqa bormaydi. 
Davlatni boshqarishda bevosita birinchi shaxsning o’zi dono va adolatli 
bo’lishi yetarli emas, shu bilan birga, uning atrofidagi rahbarlar ham o’z 
lavozimlariga loyiq bo’lishlari kerak edi. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, bu va shunga o’xshagan kitoblar bilan 
zamondoshlarimiz, ayniqsa, ma’suliyatli lavozimlarda ishlayotgan 
rahbarlarimiz tanishib tursalar foydadan holi emas edi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin