Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
62
Ishq tarkigakim, irshod etaram ushshoqin,
Mast bergandek erur volai paymonag‘a pand. 
Labi jonbaxshg‘a man’ etkucha, ey soda raqib,
Qatl man’ida ber ul g‘amzai mastonag‘a pand. 
Dayr aro mug‘bacha chun qildi Navoiyni halok,
Chiq debon nofi’ emas foniyi butxonag‘a pand. 
117
Ne murodu ne umid aylar ul oydin bizni shod,
Ohkim, ishq ichra ham novmidbiz, ham nomurod. 
Orazi hajrida bo‘lmish tiyra ko‘nglum kishvari,
Muddate bo‘ldiki, ko‘rmaydur yorug‘lug‘ bu savod. 
Xol erur yo sun’ kilki safhai ruxsor uza 
Xat raqam aylar zamonda, xomadin tommish midod. 
Gul jabinin ko‘zga ko‘p surtar esam, ayb etmangiz,
Negakim, bir guljabinlikdin berur har lahza yod. 
Ko‘zuma ashk evrulub, tan dasht aro sargashtadur,
Ishq bahru dashtida girdob ulu bu girdbod. 
Tark etib har qaydni, qo‘ydum qadam dayr ichra, lek
Dayr piri har nekim der, chora yo‘q juz inqiyod. 
Ishqida mendin asar yo‘q, kimga bo‘lsa multafit,
Toki isnayniyat o‘lmas, mumkin ermas ittihod. 
Charxdin ne kelsa, juz taslim yo‘qtur chorae
Kim, qaviy ollida xo‘b ermas zabunlardin inod. 
Ey Navoiy, g‘unchadek ko‘nglung tutulsa hajrdin,
Noumid o‘lma: nasimi vaslidin yetkay kushod. 
118
Ko‘ngluma tig‘ urg‘ach, ohimdin huvaydo bo‘ldi dud,
Shu’laning ustiga chun qunding su — paydo bo‘ldi dud. 
Yuzu zulfi hasratidin buki chektim o‘tlug‘ oh,
Shu’la xurshidu g‘ubori mushki soro bo‘ldi dud. 
Xonumonim kuygannn hajr o‘tidin g‘am dashtida,
Bildilar ovoralar, chun oshkora bo‘ldi dud. 
G‘am tuni ermaski, ohimdin qorong‘udur sipehr,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
63
Bu ko‘han dayr ichra behad vahshatafzo bo‘ldi dud. 
Kuydurub ko‘nglum, ko‘zumni tiyra qildi, to anga
Yuz o‘ti bargi suman, zulfi sumanso bo‘ldi dud. 
Hajr o‘ti ul oy havosida meni chun o‘rtadi, 
Har taraf shabgun bulutdek charxpaymo bo‘ldi dud. 
Soqiyo, obi hayoti may bila kulbam yorut
Kim, firoq o‘tndin anda zulmatoso bo‘ldi dud. 
Rost ul yanglng‘ki zulmat ichra Xizr o‘lg‘ay nihon,
Xayli mazlum ohidin bu toqi xazro bo‘ldi dud. 
Ul uzoru xat uchun har dam Navoiy chekkach oh,
Kulbai ehzonig‘a yo tushti o‘t, yo bo‘ldi dud. 
119
Ey, qilib zulfung kamandi vahshiyi sahroni sayd,
Yuz menu Farhod ila Majnun kebi shaydoni sayd. 
Yo‘q ajab Farhod ila Majnunni xud sayd etmaking,
Turfa budurkim, qilib Shirin bila Layloni sayd. 
Vah, bu ne sayyodlig‘durkim, biravkim dahr aro,
Husn ila olamni sayd aylab, sen aylab ani sayd. 
Ko‘rguzub chun domi zulfu donai xol aylabon,
Bulbulu qumri demonkim, pashsha to anqoni sayd, 
Domi zulfinin bir ochib, tortmoq birla qilib
Yuz tuman qudsi tuyuri gulshani xazroni sayd. 
Bilmon, ey sayyod, qaysi dom ila qilmaq bulur,
Ul tazarvi dilkash, ul tovusi bazmoroni sayd. 
Gar Navoiy xo‘blar saydidur, ammo qilmamish
Sendin o‘zga kimsa ul oshuftai rasvoni sayd. 
120
Yo‘q manga yuz yilda ul mahvashqa bir so‘z derga had,
Bo‘lsa bir so‘z derga had, ul ham bo‘lur yuz qatla rad. 
Mehri xud yo‘q, lek amdo zohir aylar iltifot
Kim, xaloyiq jonima qasd aylagaylar yeb hasad. 
Turfaroq bukim, qilib olamni jonim dushmani,
Do‘stlug‘ izhori har majlisda aylar beadad. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin