10-bob. Mayyitni o‘ng a’zolaridan boshlab yuviladir Ummu Atiyya rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlari
Zaynabning jasadini yuvayotganimizda bizga: «Avval o‘ng a’zolaridan va tahoratda
yuviladirgan joylaridan boshlab yuvingiz!» - deganlar».
11-bob. Erkak kishining izoriga ayol kishini kafanlab bo‘ladirmi? Ummu Atiyya rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlari vafot
etganda bizga: «Uni uch marta yokim besh marta yokim lozim topsangiz, undan ham
ko‘proq yuvingiz, yuvib bo‘lganingizda menga xabar qilingiz!» - dedilar. Biz mayyitni
yuvib bo‘lib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga xabar qildik, Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam izorlarini bizga uzatib: «Uni (Zaynabni) avval shunga o‘rangiz!» -
dedilar»,
12-bob. Eng oxirida suvga kofur qo‘shib yuviladir Ummu Atiyya rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizlaridan biri
vafot etdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oldimizga kirib: «Uni suvga sidr
qo‘shib uch marta yokim besh marta yokim yetti marta, zarur bo‘lsa, undan ham
ko‘proq yuvingiz, eng oxiri kofur qo‘shib yuvingiz! Yuvib bo‘lganingizdan keyin menga
xabar qilingiz!» - dedilar. Yuvib bo‘lgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni
chaqirdik. Rasululloh sallallOhu alayhi va sallam izorlarini bizga uzatib: «Avval shunga
o‘rangiz!» -dedilar».
Hafsa raziyallohu anho Ummu Atiyyaning mazkur rivoyatini eslab: «Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam: «Uch marta yokim besh marta yokim yetti marta, zarur deb
hisoblasangiz, undan ham ko‘proq yuvingiz!» - deganlar. Ummu Atiyya ersa: «Sochini
uch o‘rim qilib qo‘ydik, deb aytgandi»,- deydilar.
13-bob. Vafot etgan xotinning sochini tarab qo‘ymoq Ibn Sirin: «O’likning sochini tarab qo‘ymoqning zarari yo‘qdir»,- deydilar.
Ummu Atiyya raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Yuvg‘uchi ayollar Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam qizlarining sochini tarab, uch o‘rim qildilar, so‘ng yuvdilar, so‘ng yana
tarab uch o‘rim qildilar».