Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
— Bunaqa rahmatlarni ko‘p eshitganmiz. Shoshilib, begunoh bir odamning qarg‘ishiga 
qolib ketmaylik. Aytmoqchi, o‘ttiz sakkizinchi yilda kim tergov qilgan ekan? 
— Muhammedshin, nima edi? 
— Nazarimda, xuddi kapitan Jabborov tergov qilganga o‘xshaydi. Qirqbeldan 
qaytayotib u bilan aytishib oldik, — Solihov shunday deb bo‘lgan gaplarni qisqacha 
bayon qildi. — U yana davri kelishiga ishonyapti. 
— Ishonishiga asos bor, — dedi Ramazonov vazminlik bilan. — Ular ko‘pchilik. Hozir 
pana-pana joylarda jon saqlashyapti. Ob-havo ularga sal moslansa, yashnab ketishadi. 
Ob-havo o‘zgaruvchan, har narsani kutish mumkin. Bu toifa Stalinga qanday sadoqat 
bilan xizmat qilgan bo‘lsa, Gitlerga ham shunday xizmat qilishi mumkin edi. Siz shunaqa 
odamlardan nafratlanasiz, to‘g‘rimi? 
— Nima qilish kerak bo‘lmasa? Birovni pichoqlagan yoki otgan odamni kechirsa 
bo‘ladi. Bularni-chi? 
— Men nafratlanmayman, achinaman bularga. Bu sohada bir umr ishlashmaydi-ku
to‘g‘rimi? Erta-indin qarigan chog‘ida o‘zi qamab yuborgan bir odamni ko‘chada 
tasodifan uchratib qolsa nima qiladi? Men dekabrchilar haqida o‘qigan edim. So‘zidan 
qaytmaganlar surgun qilingani holda tonganlar, sotganlar, xoinlar bazmu jamshidda 
yuraverganlar. Oxir-oqibat surgundagilar afv etilib Peterburgga qaytishganida xalq ularni 
olqishlab qarshi olgan. Tonganlar, sotganlar esa ko‘chaga ham chiqolmay qolgan. Ana 
endi o‘ylang: jazoga tortilganlar kimlar edi? Surgun azobini tortganlarmi yo issiq o‘rinda 
qolganlarmi? Jabborovlarning taqdiri shularga o‘xshamaydimi? Borib-borib 
ko‘rshapalakka o‘xshab yashab, o‘lib ketmaydilarmi? 
— Sizning o‘xshatishingiz menga ma’qul kelmadi, — dedi Solihov, — Dekabrchilarning 
o‘sha xoinlarida ham avval maslak bo‘lgan. Faqat so‘nggi daqiqada qo‘rqoqlik qilib 
do‘stlarini sotishgan. Agar ko‘chaga chiqolmay qolishgan bo‘lsa, demak, ozgina insoflari 
bor ekan. Jabborovlarda insof, uyat borligiga ishonmayman. Mana, kecha o‘zim ko‘rdim 
shunday uchrashuvni. To‘g‘ri, Daminni u qamamagan. Lekin baribir hamkasblarining 
qilmishi uchun ham uyalishi kerak-ku? Minglab xonadonlarda onalarning, xotinlarning, 
farzandlarning qarg‘ishlarini eshitib ham yuragi titramas bularning. Shularni eslasam, 
iste’foga chiqib ketgim keladi. Men o‘g‘rilaru qotillar bilan olishib keldim. Lekin 
qaerdadir, qaysi ishdadir chalg‘igan bo‘lishim mumkin. Kimningdir taqdiriga dog‘ 
tekkizgandirman. Xo‘sh, bu gunohlarimga nima deyman? 
Sanjar bu savolni o‘ziga-o‘zi bergandi. Ramziddindan javob olish niyati yo‘q edi. 
Shuning uchun unga tikilib qaramadi. Nigohini notayin bir nuqtaga qadadi. Ish yuzasidan 
boshlangan savol-javobning ruhiyatga ta’sir etuvchi ohangga burilishi Ramziddin 
Ramazonovga ham ta’sir etdi. U javob berishga majbur emasligini bilsa-da, biroz o‘yga 
cho‘mib, so‘ng so‘z boshladi: 
— Gunohdan hech kim forig‘ emas. Gap qanday sharoitda gunoh qilinganida. Agar 
bilib turib qilingan bo‘lsa «Ular — jabborovlar, biz — bu bizmiz!» deb ko‘krakka 
mushtlashga hojat yo‘q. Jabborovlarni muhokama qilib ayblashga ham haqqimiz yo‘q. 
Solihov savolni o‘ziga-o‘zi bergani kabi, Ramazonov ham javobini xuddi o‘ziga-o‘zi 
aytayotganday og‘ir-bosiqlik bilan gapirdi. Gap ohangida kesatiq ham, o‘pka-gina ham, 
ayblash ham yo‘q edi. U ana shu vazminligi bilan nogahoniy bu suhbatga nuqta qo‘ydi. 
Kapitan qog‘ozlarini olib chiqib ketgach, biroz urinib, charm qoplamasi titilib qolgan 
o‘rindiqqa o‘tib o‘tirdi. «Bu ishlarga yaramay qolyapman shekilli. Ramazonov bopladi 
meni. Jizzaki bo‘lib boryapsiz, demasdan turib jizzakiligimni aytdi, — deb o‘yladi u. — 
Qoyil qolish kerak unga. O‘zi turgan-bitgani shumi yo urushda o‘lim ko‘raverib, qon 
ko‘raverib, dahshat ko‘raverib, sovuqqon bo‘lib qolganmi? Yo‘q, palagi toza buning. 
Urush ko‘rganlarning aksari asabiy, mendan battar jizzaki. Balki Ramazanovning shu aqli 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin