So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik
www.ziyouz.com kutubxonasi
40
Mayor Solihov Qirqbelda ko‘rgan-eshitganlarini eslab, o‘zicha mulohaza qilib
o‘tirganida Ramziddin Ramazonov bir dasta qog‘oz ko‘tarib kirib keldi.
— Rizaevingizning boshidan o‘tganlarni o‘rgangandan ko‘ra
qadimgi dunyo tarixini
o‘rganib chiqish osonroq bo‘lib qoldi. Rahmingiz kelganicha bor ekan.
— Rahmim kelgani yo‘q, kim aytdi bu gapni sizga?
— Menga shunday tuyuldi.
— Men rahm-shafqatga emas...
Mayorning gapi og‘zida qoldi.
— Odillikka suyanib ish ko‘rasiz, eshitganman bu gaplarni, — dedi kapitan kulimsirab.
— Xullas, ko‘rmagan dardu jafosi yo‘q ekana. Uch marta qamalgan. 1922 yilda
aksilinqilobiy harakati uchun. Faollarni o‘ldirib, qishloqqa o‘t qo‘yishda ayblangan.
— Guvohlar bormi?
— Guvohlarni gapirasiz, umuman hujjatlar yo‘q darajada.
Yigirma ikkinchi yillarning
ahvoli ma’lum-ku?
— Men bir odam bilan suhbatlashdim. Muhammadrizaev tuhmat bilan ketgan edi,
deyapti.
— Bu gapni o‘shanda aytishi kerak edi. Endi nima foyda? O‘n ikki yil o‘tirgan.
Qo‘ng‘iroqdan qo‘ng‘iroqqacha. Keyin 1938 yilda yana qamalgan.
— Aybi nima ekan?
— Aksilinqilobiy harakat, xalq dushmanlari bilan til biriktirish.
—
Xalq dushmanlari kim ekan, aytilganmi?
— Aytilgan: Sergey Komlev. Sharqshunos olim.
— Komlev haqida yana qanday ma’lumot bor?
— Chor armiyasining ofitseri. Dvoryanlardan. Aksilinqilobiy harakati uchun 1922 yilda
Samarqandda qamoqqa olingan. Qamoqda Rizaev bilan birga bo‘lgan.
— Ilmiy ishining mavzusi aniqmi?
— Aniqladim: «Amir Temur zamoni madaniyati» degan mavzuda dissertatsiya
yoqlagan ekan.
— Masala ravshan. Muhammadrizaev uchlik qarori bilan qamalganmi?
— Ha. Komlev ham. Rizaev uchinchi marta qirq sakkizinchi yilda qamalgan. Asirga
tushganligi va xoinligi uchun.
— Asirga
tushgani va xoinligi uchun, dedingizmi? Urushda bo‘lgan ekanmi?
— Ha, partizanlar otryadida. Lekin bu haqda batafsil ma’lumot yo‘q. 1955 yil aprel
oyida avfi umumiy tufayli ozodlikka chiqqan.
— Xo‘sh, qanda xulosaga kelamiz?
— O‘tmishning hozirgi jinoyatiga aloqasi bor, deb o‘ylaysizmi?
Avvalgi ishlarida odam
o‘ldirgani haqida aniq bir gap yo‘q. Keyingi ikki ishi o‘rmonga o‘t ketgan paytda bo‘lgan,
ho‘lu quruqqa aralashib yongan. Birinchisini aniqlash kerak. O‘shanda faollarni rost-
danam otgan bo‘lsa...
— Shunday deb faraz qilaylik. Agar u sovet hokimiyatiga qarshi ekan,
nima uchun
partizanlar otryadida jang qildi, nima uchun asir tushdi, nima uchun o‘sha
yoqda qolib
ketmay, qaytdi?
— Biron maqsadi bordir?
— Ana endi o‘zingizga keldingiz. O‘sha «biron maqsad nima?» — Solihov shunday deb
kapitanga savol nazari bilan tikildi. — Ana shular bilan qiziqib ko‘ring, azizim. Yana
Komlevning taqdirini ham aniqlang. O‘zi tirikmi, oilasi omonmi? Muhammadrizaev qotil
bo‘lganda ham uni bu yo‘lga nima boshlaganini bilishimiz kerak.
Peshonasiga bejiz yozib
olmagandir, axir?
— Ishni cho‘zadigan bo‘lsak rahmat eshitarmikinmiz?
So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik
Dostları ilə paylaş: