Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
etganimdan so‘ng otamning yonidan joy beradi. Yuragimda bundan bo‘lak armon yo‘q. 
Men uyimdan uzoqdaman. Siz yaqinsiz. Siz Rusiyadasiz. Bu yerlar sizning yurtingiz. 
Mendan ko‘ra sizga osonrq... 
Jahongir «otamning yoniga qaytaman», deganda ko‘z oldidagi oppoq muzlar, muzlar 
ustida uchib yurgan oppoq qor uchqunlari avval qip-qizarib ketdi. So‘ng asta qoraydi. 
So‘ng muzlar yashil tus oldi. qor uchqunlari to‘zigan shaftoli guliday ucha ketdilar. 
Jahongir entikib to‘xtadi. Ana — Qirqbel! Ana — bog‘lari! Ana... do‘nglik — qabriston... 
Teparoqda ajdarqoya... 
— Singa nima bulgan? 
To‘zigan shaftoli barglari yana qor uchqunlariga, yashil bog‘lar muzliklarga aylandi. 
— Singa nima bulgan? 
— Ko‘zim tindi. 
— Tizrok yurganimiz kirak. Poshli. 
Tez yurishga majol yo‘q edi. 
— Sen uzingni maxkam tut. Uzing aytgan-ku «ulishim mumkin emas». Znachit, 
maxkam tut. Maxkam tutmagan — ulgan. 
Qorayib turgan yog‘och uyga yetib borib ichkari kirishgach, jonlari biroz orom oldi, 
ammo badanlariga issiq o‘tmadi. Mahbuslar ishda, xona bo‘sh edi. Bunday paytlarda 
pech yoqilmasdi. Pech tunda, mahbuslar muzlab o‘lib qolmasliklari uchungina yoqilardi. 
— Men mulla Zakirxodjaga achingan, — dedi Sergey. — U yalgiz. Bolasi yuk. Juda 
achingan. Kim eslaydi uni? Senda bola bor? 
— Bor... 
Jahongir shunday deyishga deb, seskanib ketdi. 
— Nechta ugil-kiz? 
— Bilmayman... hali tug‘ilmagan edi. 
— Kechir meni... Singa ogir. Juda ogir. Minga ham ogir. Minda bitta ugil, bitta kiz. 
Ular Samarkand kolgan. Men bilmagan, ularga nima bulgan. Sen eslaysan, vokzalda 
yamon yurgan bolalar eslaysan? Men ularni kurgan, bolalarimni eslagan. Men chet 
mamlakat ulgurmagan. Karindoshlar ketgan. 
— Chet mamlakatga? — Jahongirning ko‘z oldiga otasi keldi. — Nima bor chet elda? 
— Chet mamlakat yakshi. Uzbeklar ham ketgan. 
— Ketgan, bilaman. Vatanni tashlab ketish — xoinlik. Ular xoin! Ular qorin qullari. Bu 
yerda ham bir kosa ovqatga qorin to‘yadi, chet elda ham. Xorijda ikki kosa icholmaysan 
baribir. Dadam rahmatli shunday derdilar. Hovlingizdagi itga suyak tashlamasangiz ketib 
qolmaydi-ku? Ular esa ketishdi... Ko‘rarga ko‘zim yo‘q ularni... — Jahongir shunday deb 
tishlarini g‘ijirlatdi. Ko‘ziga Ajdarqoya, undagi odamlar ko‘rindi. Agar ular hozir shu 
yerda paydo bo‘lib qolishsa, yoinki aksincha, Jahongir umri bir necha oy iziga qaytib 
o‘sha yerda bo‘lib qolsa, ularni g‘ajib tashlashga tayyor edi. Vatandan uzoqlarga olib 
ketayotgan oyoqlarni chopib tashlar edi. Vatanga ola qaragan ko‘zlarni o‘yar edi, 
noshukr so‘zlarni aytgan tillarni sug‘urib olar edi, o‘t qo‘ygan qo‘llarni sindirar edi... 
— Sen notugri gapirgan... Mujiklar bizni kiynagan. Biz kitgan, ular xarob bulgan. Sung 
biz kaytgan. Rossiyaga biz kerak. Judda kirak. Ayt, sen, pul, uy bizniki yo mujikniki? 
— Hammasi Ollohniki. Olloh bizni sinash uchun birimizga oz, birimizga ko‘p bergan. 
Yo‘ldan ozganlar boriga shukr qilishmadi. Bu qiliqlari bilan qiyomatni chaqirishdi. Subhi 
mahsharda gunohlariga yarasha mukofotlarini olarlar, inshoolloh. Mening rahmatli otam 
topganlarini berdilar faqirlarga. Olloh shuni istagan ekan, berdilar. U dunyoga imonlari 
pok ketdilar. Olloh istasa bizga yana beradi. Mol-dunyoga hirs qo‘ygan inson boylikka 
ega bo‘ladi, ammo ruhidan ajraladi. Mol achchig‘ida yurtdan yuz o‘girish shaytanatdur. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin