Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
keragi bo‘lmay qolgan? Ilm nima bo‘lgan, diyonat nima bo‘lgan, insof, vijdon nima 
bo‘lgan?» 
— Talabalarimizdan bir qanchalari meni bu yerdan olib ketmoqchi edilar. Yo‘q, dedim. 
Ketsam, madrasamiz yetimlikdan faryod urib qolayotganga o‘xshaydi. Bir qancha 
idoralardan xizmatga ham chorladilar. Rad etdim. Madrasasiz dunyo ko‘zimga qorong‘i. 
Madrasa shu holida ham quyosh men uchun. Men qorin g‘amida, shuhrat ilinjida 
quyoshga xiyonat etsam, do‘zax azobiga shu dunyodayoq giriftor bo‘la qolmaymanmi? 
Mudarris Nizom qorovul gapdan to‘xtadi. Darchadan yopirilib kirayotgan yorug‘lik 
uning ko‘zidagi namda akslandi. 
Mudarrisning dardini tasvirlashga so‘z ojiz. Yolg‘iz farzandini qabrga qo‘yganlarda 
shunday kulfat bo‘ladi, Vatanni behad suygani uchun bu tuproqdan xorlab quvilgan 
odamda shunday alam bo‘ladi. Ota-onasidan bevaqt ayrilgan, tuhmat bilan zindonga 
bandi etilgan odamlar dardi bu qadar ulug‘ bo‘lmaydi. 
Mudarrisining qaddini nima bukdi: dardmi yo qarilikmi? Nima uchun eti ustixonga 
yopishdi: darddanmi yo ochlikdanmi? 
Jahongir mudarrisga qarab Zokirxo‘jani esladi. Zokirxo‘ja ham gapira turib birdan 
jimib qolardi. G‘amli xotiralar panjasi bo‘g‘ziga chang solib gapirtirmay qo‘yardi. O‘lim 
oldida taqdirga tan berib, bir gap aytgan edi, hozir Jahongir ko‘zlari kirtaygan mudarris 
— Nizom qorovulga qarab, shuni esladi: «Osmonlar — kamon, yer — kamon ipi, 
hodisalar, ofatu kulfatlar — o‘q bo‘lsa, insonlar ul o‘q-yoylarga nishon bo‘lsa, otg‘uchi 
Xudoyi taolo bo‘lsa, odamlar qaerga ham qocharlar? Tangrining oldig‘a qochishdan o‘zga 
chora yo‘q...» 
«Tangri bu yurtga shuncha kulfat yubordi, odamlar nima qilsinlar, — deb o‘yladi 
Jahongir. — Qayga qochsinlar? Akam qochdi. To‘g‘ri qildimi? Ammo bu odam nimaga 
qochmadi? Akam tillalarining kuchi bilan yurgandir, bu odam ilmi bilan davr surardi-ku, 
shunga aqli yetmadimi? Yo‘-o‘q... donolar Vatanni xorlikda tashlab qochmaydilar...» 
— Ha, bo‘tam, yana menga tikilib qoldingiz? 
Jahongir darrov javob bera olmadi. Tikilishi boisini yashirib, o‘zgacha javob qildi: 
— Ochlik sillangizni quritibdi... 
— Shunga shukr qilib yotibman. Birodarlarim ochlikda qaqshab, men yog‘li palovga 
to‘ysam, u dunyo-bu dunyo o‘zimdan rozi bo‘lolmas edim. Menga berilayotgan non jon 
saqlashimga yetadi. Biroq ko‘chada sulayib yotganlarni ko‘rsam, — mudarris istiholaga 
borib «o‘lib yotganlarni» demadi, — shu bir tishlam non ham tomog‘imdan o‘tmaydi. 
Egamning qahri ham marhamatiga yarasha. Shu qahrga loyiq ekanmiz, shukr qilishdan 
o‘zga choramiz yo‘q. 
— Taqsirim, o‘ylab o‘yimning tagiga yetolmayapman. Bu ne hol o‘zi? Iblis har 
birimizning yuragimizdan joy olvoldimi, ko‘zlarimizni ko‘r qildimi? 
Mudarris — Nizom qorovul darrov javob bermadi. Yorug‘lik yopirilib tushayotgan 
darchaga qaradi. Keyin xuddi o‘ziga-o‘zi dars berayotganday ohista so‘z boshladi. 
Jahongir dong qotdi. Ilm tolibi ekanida eshitgan o‘sha ovoz, o‘sha ohang... 
— Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, aytibdilar: «Mening ummatimga ham ilgari 
o‘tganlarning kasali yetib keladi». «Ilgari o‘tganlarning kasali ne edi?» deb so‘radilar. 
Rasululloh javob qildilar: «Kibr-havo, manmanlik, mol-dunyo orttirishdagi raqobat, bir-
biridan chetlanish va zulmga, so‘ngra esa bosh-boshdoqlikka olib boradigan 
hasadgo‘ylik». Payg‘ambar oalayhissalom yana shunday deganlar: «Ummatim ustida 
eng ko‘p qo‘rqadigan narsam, ularning mol-dunyolari ko‘payishi natijasida bir-birlariga 
hasad qilib, o‘zaro nizolar chiqishidir... Olov o‘tinni yegani kabi hasad yaxshi amallarni 
yeydi». Qilingan birinchi gunoh — hasad bo‘lgan edi. Iblis Odam alayhissalomning 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin