Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
martabalariga hasad qilib, u zotga sajda qilishdan bosh tortdi — hasad uni gunohga 
yetakladi. Tangri bergan ne’matlar orasida nafs degan bir lafz borki, bunda insondagi 
barcha mazmum sifatlarni o‘zida jamlagan zo‘ravon kuchni nazarda tutadilar va shu bois 
deydilar: «doimo nafsga qarshi kurashish va mudom uni sindirish lozim, zero 
payg‘ambar alayhissalom: «Eng qattol dushmaning o‘z ichingdagi nafsingdur», deganlar. 
Mudarris Nizom qorovul «javobim shu» deganday Jahongirga qaradi. Jahongir Abu 
Homid G‘azzoliyning asarini esladi. 
Shu zaylda boshlangan suhbatning chek-chegarasi yo‘qdek edi. Tokchadagi kitoblar 
qo‘lga olindi, varaqlandi, o‘ziga hikmatlarni yashirgan satrlar tilga kirdi. Shu kun, shu 
tun Jahongir boshiga tushgan savdolarni oz bo‘lsa-da, unutdi. Olma qoqidan damlangan 
choydan ichib tunni tongga uladilar. Saharda Jahongir yo‘lga otlandi. 
— Sizni Ollohning o‘zi panohida asrasin, — dedi mudarris — Nizom qorovul, — ehtiyot 
bo‘ling, bo‘tam. Sizga yaxshilik qilganlarga yaxshilik qiling, yomonlik qilganlarga 
yomonlik qilmang. 
Yarim yo‘lni aravada, yarim yo‘lni piyoda bosib, Qirqbelga yetib keldi. Qishloq o‘sha-
o‘sha — o‘zgarmagan. Uylar ham, daraxtlar ham birdek. Oradan shuncha yil o‘tib 
ketmagandek. 
Yo‘lda uchragan yosh-yalang salom berib, uni tanimay qolaverishdi. Taniganlarning 
ayrimlari qo‘shqo‘llab, ba’zilari qo‘l uchida omonlashib «omon-eson keldingizmi», deb hol 
so‘rashdi. Jahongir ularga qisqa javob qilib uyiga shoshilardi... 
...Hovlisiga qadam qo‘yishi bilan tiz cho‘kadi, so‘ng peshonasini ota-onasining oyog‘i 
tekkan yerga qo‘yib tavof qiladi, tuproqni ko‘ziga surtadi. So‘ng ichkaridan «Dadajon!» 
degan qo‘ng‘iroqdek ovoz keladi. Keyin... ayvonda Xadicha paydo bo‘ladi. 
— Xayriyat, ketib qolmagan ekansizlar, akamga qo‘shilib ketganmikinsizlar, deb jonim 
halakda edi. 
— Sizni tashlab qayoqqa ketamiz, yo‘lingizga ko‘z tikib kutdik. Xudoning marhamatiga 
ishondik, shu kunga yetkazganiga shukr. Ana, o‘g‘lingiz ham katta bo‘lib qoldi... 
Ko‘chasiga burildiyu hayron qoldi: devor boshqa, darvoza boshqa. Eshik oldida ikkita 
ot qo‘shilgan arava. Jahongir qadamini tezlatib yurib keldi-da, darvoza ro‘baro‘sida 
to‘xtadi. Miyasi lo‘qillay boshladi. Kimdir boshiga bir me’yorda bolg‘a urayotgandek 
bo‘ldi. U o‘pqon sari yurgandek ichkariga asta qadam bosib kirdi. Ko‘zi ayvon ustunidagi 
qizil bayroqqa tushdi. 
U tiz cho‘kmoqchi edi, tavof etmoqchi edi, kim toptadi ekan bu hovlini? Jahongir 
devordagi lavhani ko‘rib, o‘qidi: «Qizil omoch» kolxozi». «Bu yerga ham yetib kelibdi-da, 
bu kolxoz, — deb o‘yladi u. — Xudo urgani rost ekan». Qamoqdagi kunlari oxiriga yetay 
deganda bir qancha yangi mahbuslar — «yangi hayot dushmanlari» kelgan, «kolxoz», 
«quloq» degan so‘zlarni o‘shalardan eshitgan edi. 
Jahongir nima qilishini bilmay turganida ichkaridan oyog‘iga xrom etik, boshiga qora 
shapka kiygan shop mo‘ylovli kishi chiqib, unga o‘qrayib qaradi-da: 
— Mahkam, begona odam nima qilib yuribdi bu yerda? — deb baqirdi. Shu zahoti 
hovlida past bo‘yli yigit paydo bo‘ldi. 
— Ha, og‘ayni, nima bor bu yerda sizga? — dedi u Jahongirning yo‘lini to‘sib. 
Jahongir shopmo‘ylovni tanidi. Uni hukm qilishganda chiranib ayblagan odam shu edi. 
— Sen, nari tur, — dedi Jahongir past bo‘yli yigitga, — men manavi lakang bilan 
gaplashaman. Sotvoldi aka, tushunmayroq turibman, sizga nima bor bu uyda? 
Shopmo‘ylov unga qarab turib: 
— Ha, senmisan, — dedi to‘ng‘illab, — o‘lmabsanda. Ammo bu yerga kelib, chakki 
qilibsan. Uying musodara bo‘lgan. 
— Kim musodara qildi? 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin