Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
86
Yo‘lchivoy bolalik chog‘larida eshitgan «sen yo‘lda tug‘ilgansan, shuning uchun 
Yo‘lchivoy qo‘yganmiz ismingni», degan gaplarni eslab, ko‘zlari kosasidan chiqib ketay 
dedi. 
— Men... Men-chi? — dedi duduqlanib. 
Xadicha o‘g‘lining bu ahvolini ko‘rib, qo‘rqib ketdi. Unga yaqinlashib, bag‘riga bosib 
oldi. 
Jon bolam, o‘zingni bos. 
— Ayting, to‘g‘risini ayting... 
— Aytaman, jon bolam, aytaman, bu sirni o‘zim bilan olib ketolmayman. Qasam ich, 
deyishganda ko‘nmaganman, orada qasam yo‘q, bir kunmas bir kun aytaman, deb 
o‘ylardim. Mayli, endi aytay, zora bag‘rimdagi qoralar yuvilsa... — Xadicha chuqur nafas 
olib, uzoq yillar asragan sirni ochishga quvvat to‘plaganday bo‘ldi. — O‘sha suratdagi 
odam... otang... Sen yo‘lda tug‘ilgansan. Qashqarga borganimizdan keyin ovsinimning 
qazosi yetdi. Bolasi ham o‘lik tug‘ildi, o‘zi ham uzoq yasholmadi. O‘shandan keyin... 
Amaking senga ota bo‘ldilar... 
Yaqindagina otasining jismini yerga qo‘ygan Yo‘lchivoy bu gapdan keyin uning ruhidan 
ham ajraganday bo‘ldi. Haqiqat yuz ochgach, ona-bola o‘ylaganday, olam ostin-ustin 
bo‘lib ketmadi. Necha kundan beri yer yuzini isitmay qo‘ygan quyosh o‘sha-o‘sha 
bezbetlarcha boqadi. Barglarini to‘kib bo‘lgan daraxtlar qorayib, xunugi chiqib turibdi. 
Olam o‘sha-o‘sha, qiyomat esa ona-bolaning yuragida boshlangan edi. 
Derazadan yopirilib kirayotgan quyosh nuri tokchadagi kaftdek ko‘zguga urilib, shiftga 
sapchigancha qotgan. Xontaxta ustida ichilmay sovub qolgan yarim piyola choyga 
tushgan quyosh nuri esa shiftda beorom yurakdek titraydi. Diqqat bilan qaralsa, 
piyoladagi choydan jon olgan quyosh nuri shiftga turli suratlar chizadi: tog‘lar o‘rnini 
tuyaga bo‘shatadi, tuya bir gala bo‘rilarga, bo‘rilar chiroyli qasrga, qasr iblislarga... 
Ona-bola quyoshning bu hunaridan bexabar. Bu onda, hayotning tomchiday bir 
qismida, ularning qalblari o‘ttiz uch yillik voqealar po‘rtanasiga bandi bo‘lgan. Bu 
bandilikdan qutulish uchun yuraklar qattiq-qattiq tepadi, ko‘krak qafasini sindirib, otilib 
chiqib ketmoqchi bo‘ladi. 
Xadicha farzandini bag‘riga bosganicha ko‘zlarini yumib olgan. U hech narsani eslagisi 
kelmaydi. Garchi yomon yo‘lga yurmagan, to‘g‘ri yashagan bo‘lsa-da, o‘tgan hayoti 
ko‘ziga jirkanch ko‘rinadi. 
U o‘g‘lining boshiga yuzini qo‘yib, yuragi o‘rtanadi: Yo‘lchivoydan kap-katta yigitning 
emas, beshikdan endigina yechib olingan go‘dakning isi keldi. Xadicha bolasini 
beshikdan yechib olib bag‘riga bosganida, suyib erkalaganida, to‘yib-to‘yib o‘pganida 
dimog‘iga shunday beg‘ubor hid urilardi. Endi bu hid qaerdan keldi? O‘g‘li go‘daklik 
chog‘iga qaytdimi? «Qo‘lbog‘idan qutulib, ozodlikka chiqqan bolacha tipirchilaydi
onasining qo‘lidan yulqinib chiqib, go‘yo yugurib ketmoqchi bo‘ladi. Ie, ana, yulqinib 
chiqa oldi. Yugurib ketdi. Og‘qyalang yuguryapti, axir yo‘llarda tikonlar bor-ku?! Tikon 
ham mayli, ufqda yer yonyapti! Bolasi esa to‘ppa-to‘g‘ri o‘tga qarab chopyapti. O‘zi-chi, 
o‘zi nimaga qarab o‘tiribdi? Nimaga bolasini asrashga harakat qilmayapti? Xadicha 
turmoqchi bo‘ladi — oyoqlari o‘ziga bo‘ysinmaydi. Ufqdagi olovning tafti shu yerga ham 
yetib kelib, tutuni nafasini bo‘g‘adi... 
Onasining ko‘ksiga bosh qo‘ygan Yo‘lchivoy hushidan ayrilgan odam ahvolida o‘tiribdi. 
Ona yuragining tepishi unga «taq-dir», «taq-dir» kabi eshitilardi. Kuch bilan urayotgan 
yurak zarbi avval sustlashdi. So‘ng... siyraklashdi... Yo‘lchivoy sergak tortib, boshini 
ko‘tarib onasiga qaradi: ko‘zlari yumuq Xadichaning yuzidan rang qochgan edi. 
— Aya, ayajon! — dedi Yo‘lchivoy titroq ovozda. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin