Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

10. IKKI UCHRASHUV 
Yusufxonadan yo‘lga chiqqan Safarqul Xadicha bilan ko‘rishganida nimalar 
der ekan? Haqiqatni bilgan Yo‘lchivoy qay ahvolga tushadi? Komlevning 
Jahongir bilan uchrashuvi qay holda kechadi? Endi so‘z shu haqda. 
Darvozani ochgan Yo‘lchivoy Sanjar Solihovning yonida Safarqulni ko‘rib, rangi quv 
o‘chdi. Mehmonlarga «kelinglar», deyishga ham tili aylanmadi. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
83
— Safarqul aka yangi uylaringni bilmas ekanlar, boshlab keldim, — dedi Solihov 
undagi o‘zgarishni sezmaganday. 
Safarqul ostona hatlab yo‘lakka o‘tdi-da, hanuz nest bo‘lib turgan Yo‘lchivoyni 
bag‘riga bosdi. «Bandalik ekan, inim, dadangizni berib qo‘yibsiz», degandan keyingina 
Yo‘lchivoy esini yig‘ishtirib olib, «Ollohning irodasi», deyishga kuch topdi. 
Solihov ichkari kirmadi. Yo‘lchivoyning savol nazariga sirli jilmayib: «Ertaga soat o‘n 
birda onangiz bilan birga boring, kutaman», dedi. 
Mayor Solihov bugungi uchrashuvdan mamnun edi. U marhumning uyida nima gaplar 
bo‘lishini taxminan bilardi. Ertagi uchrashuvda ko‘p tugunlar yechilishiga amin edi. 
Idorada esa uni kapitan Ramziddin Ramazonov kutardi. Komlevning erta-indin tashrif 
buyurishini bilib, Solihov iyagini silab o‘ylandi. 
— Ularni qaerda uchrashtiramiz, turmaning shifoxonasidami? 
— Yana qaerda uchrashishlari mumkin? — dedi kapitan Solihovning maqsadini 
anglamay. 
— Men Muhammadrizaevni hibsdan ozod qilmoqchiman, — dedi mayor, — qotillikka 
uning daxli yo‘q, bu — bir, marhum uning akasi ekani aniqlandi, bu — ikki, qotilni yo 
Muhammadrizaev biladi, yo marhumning oilasi. Muhammadrizaevni hibsda tutib 
turishimiz samara bermaydi, bu — uch. Qotilning iziga tushish uchun 
Muhammadrizaevni ozod qo‘yishimiz shart. Agar u qotilni bilsa, albatta uchrashadi. 
— Qotil uchrashishni istamasa-chi? 
— Muhammadrizaevning atrofidagi odamlar bilan qiziqib ko‘ramiz. Gumoningiz to‘g‘ri 
chiqsa, uchrashishdan bo‘yin tovlaganlar orasidan qidirish kerak bo‘ladi. 
— Komlevning bu ishimizda ko‘magi tegishiga ishonasizmi? — deb so‘radi kapitan. — 
Muhammadrizaev qamoqda ham, undan keyin ham akasi haqida gapirmagan ekan. 
— Gapirgan bo‘lsa ham Komlev unutgandir? 
— Yo‘q, cholning xotirasi o‘tkirga o‘xshaydi. 
— U holda... akasi haqida gapirmagani g‘alati emasmi? Nima uchun gapirmagan? 
Hatto «akam chet elga o‘tib ketgan» demaganmi, a? Menimcha, bunda bir sir bor. U 
sirni Daydidarada yechishi lozim bo‘lgan. 
— Oilasiga oid sir, deb o‘ylasizmi? 
— Yo‘q Muhammadrizaev xotini, o‘g‘li taqdirini bilmagan. Yuzma-yuz uchrashuvda 
Yo‘lchivoy Siddiqov farzandlaridan birining ismini «Jahongir» leganidan keyin u hushidan 
ketdi. Yo‘lchivoy akasining emas, o‘zining pushtikamari ekanini yurakdan his qilib 
yurgan. «Bir o‘g‘limning ismi Jahongir», deyilgach, gumon haqiqatga aylanib, bu 
yangilikni yuragi ko‘tara olmagan. Oilasi taqdirini oldindan bilganida Daydidara voqeasi 
yuz bermasligi mumkin edi. 
— Akasi qishloqqa o‘t qo‘yib, xotinini olib qochgan bo‘lsa-chi? 
— Menda ham shunday gumon bor, — dedi Solihov. — «Alqasosu minal Haq» bekorga 
yozilmagan peshonasiga. Lekin u bor haqiqatni aytmaydi. Akasi mal’unlarning mal’uni 
bo‘lgan taqdirda ham, marhumni endi yomon, demas. Balki Komlev bilan uchrashsa, 
xotiralari insofga keltirib, ko‘nglini yumshatar, keyin dardini aytar? 
Ramazonov bu gapni eshitib, miyig‘ida kuldi. 
Bu bechoraning hayotida eslab, ko‘nglini yumshatadigan voqea bo‘lganmikin? 
— Bo‘lmagan, deb o‘ylaysizmi? Har qanday fojiali damda ham odamning ko‘nglida 
chiroq o‘rnida yoqiluvchi yaxshi bir gap, voqea mavjud bo‘ladi. Siz urushda yurib, faqat 
oh-vohni, nolalarni tinglaganmisiz? Odam kulgisini eshitmaganmisiz? 
Kapitan Ramazonov «Odamlarning fe’li har xil bo‘ladi», deb yelka qisib qo‘ydi. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin