Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
98
bo‘lmasa bir martagina jizilladimi ekan? Xudodan kechdilar, iymondan yuz o‘girdilar, 
vijdonga tupurdilar, nomusni bulg‘adilar... Shunday zamonda bu odamning qamoqda 
o‘tirib olib, nomusdan gapirishi... Qiziq... Men ham o‘zimni nomusli deyman. Lekin meni 
oqsoqol qilib tayinlashsa... inkor eta olmasdim. Bu nomussizlikka kirmaydi. Nomardlarga 
qarshi ularning o‘z qurollari bilan kurashish kerak!». 
Tolibjon shu qarorga keldi, ammo fikrini ochiq aytmadi. 
Ularni tong qorong‘usida uyg‘otdilar. Jahongir boshliq yana chaqirarmikin, deb o‘yladi. 
Ammo uni yo‘qlashmadi. Nonushtadan keyin labi tirtiq bir davangirni oqsoqol deb 
tanishtirishdi. Oqsoqol «turinglar!» deb qichqirdi. Barcha o‘rnidan turgach, hiringlab 
turib dedi: 
— Qani, ziyolivachcha safsatabozlar, bir ter to‘klaring-chi endi! 
Bu gapni eshitib Jahongir beixtiyor Tolibjonga qaradi. «Ana ko‘rdingizmi, kunimiz 
kimga qoldi», derdi Tolibjonning ko‘zlari. Tuni bilan yo‘talib chiqqan, ozg‘in yigitning 
ko‘zida ham afsus bor edi. 
Oqsoqolning buyrug‘i bilan tashqariga chiqib bolta, arra olishdi. Vazifa daraxt kesish 
ekan. 
— Omadlaring bor ekan, — dedi Jahongir yigitlarga, — muz chopib yer 
o‘ymaganlaringga shukr qilaveringlar. 
Ozg‘in yigitni yana yo‘tal tutib, bukchayib qoldi. Tomog‘ini qirib tupurgan edi, qor 
qizardi. Jahongir Tolibjonga qarab bosh chayqadi-da, oqsoqol tomon yurdi. 
— Qon tupuryapti, ahvoli chatoq, — dedi ozg‘in yigitni ko‘rsatib. 
Oqsoqol qo‘l siltadi: 
— Ajali yetsa o‘ladi, yetmasa o‘lmaydi, ishing bo‘lmasin. 
Jahongir unga tushuntirish ortiqchaligini anglab, afsus bilan iziga qaytdi. Ozg‘in yigit 
yuzini oq qayinga qo‘yib jim turardi. Mahbuslar buyruqni ikki qilmay ishga kirishishgach, 
dastlabki daraxtlar qarsillab yiqilib, qorni to‘zita boshlagan edi. 
— Islomxon inim, kechgacha chidang, barakka qaytsak, boshliqqa kiramiz. Sizga 
yengilroq ish berishadi. 
Ozg‘in yigit — Islomxon yuzini daraxtdan olib, Jahongirga qaradi. Uning ko‘zlari 
yoshlanib borar edi. Jahongir «yigit o‘z taqdiriga kuyib ketyapti», deb o‘yladi. 
— Taqdirga tan bermay ilojimiz yo‘q. Bu kunlar ham o‘tar-ketar, — deb tasalli 
bermoqchi bo‘ldi. 
— Taqdir deysizmi?.. — Islomxon shunday deb xo‘rsindi. 
«Kim o‘lar holatga yetsa, ul bilur jon qadrini» deganlaridek, Islomxon ozodlik qadriga 
qamoqqa tushib yetgan edi. Sassiq vagonda kela kelguncha erkinlikni, baxtni, 
muhabbatni ulug‘lab yozgan she’rlarini eslab, avvaliga o‘zidan o‘zi uyaldi. Keyin o‘ziga 
nisbatan bo‘lgan nafrati orta bordi. Hozir kesilayotgan daraxtlarga qarab, yuragi ezildi. 
Kokillarini tarab, ma’yus turgan oq badan kelinchakni eslatuvchi oq qayin uning ko‘ziga 
go‘zallik ramzi bo‘lib ko‘rindi. Mahbuslar uning nazarida daraxtga emas, olam go‘zalligiga 
bolta urar edilar, daraxt emas, go‘zallik oh urib yiqilardi. Nazarida ozodlikda odamlara 
boshiga ham shunday kun tushgan. Kesilgan daraxtlar o‘rniga nihol ekilsa o‘rmon o‘rni 
to‘lar, ammo bevaqt, nojo‘ya qirqilgan odamlar o‘rni qachon to‘larkin? 
Islomxon yo‘lda kela turib xayolida tug‘ilgan satrlarni tiliga ko‘chirdi: 
Qo‘nma bulbul, qo‘nma bulbul, 
Mozor toshiga. 
Nalar keldi, nalar keldi, 
Yurtim boshiga... 
Pichirlab aytilgan bu satrlarni Jahongir eshitdi. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin