Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
95
Ofitser javob bermadi. 
— Hoy, o‘rtoq, qaerga keldik, deb so‘rayapman? 
— Men senga o‘rtoq emasman, jim bo‘l, gapirish mumkin emas. 
— «O‘rtoq», deb bo‘lmasa, «janob», deb bo‘lmasa, «taqsir», deb bo‘lmasa... Menga 
qarang... bizni qachon tushunasizlar, axir bitga yem bo‘lib ketdik-ku? 
— Battar bo‘llaring! Ovozingni o‘chir! — dedi ofitser g‘azab bilan. 
— Bizni xalq dushmani deyapsiz, — dedi yigit ofitserning dag‘dag‘asini 
eshitmaganday, — unda bitlar nima bo‘ladi? Bizning qonimizni so‘rib ular ham 
dushmanga aylanib qoladi-ku? Ularni qanday ushlab, qaerga qamaysizlar? 
Asablari tarang tortilib turgan mahbuslar bu gapdan kula boshladilar. Bu kulgida 
shodlikdan asar ham yo‘q, balki zahar zohir edi. Achchiq, ayanchli kulgi ofitserning 
badan-badaniga sanchilib, vagonga yaqinlashdi. 
— Qani, bitliqi, bu yoqqa tush-chi! — deb dag‘dag‘a qildi. 
Gapirgan yigit o‘zini vagon ichkarisiga oldi. Aytilgan piching gapdan so‘ng boshlangan 
kulgining adog‘i yo‘qday edi. Mahbuslar xuddi kelishib olishganday, ofitserga qarab kular 
edilar. Ularning bundan bo‘lak choralari yo‘q: bu sharoitda yo kulishlari, yo yig‘lashlari, 
yo nafratlarini ichlariga yutib taqdir o‘yiniga bo‘yin berishlari mumkin. Gapirishga 
qo‘rqadilar. Tish hatlagan birgina nojo‘ya so‘z ularni qamoqqa tiqdi. Ikkinchi nojo‘ya so‘z 
go‘rga tiqishi aniqligini biladilar. Shu uchun tillari tish hatlamaydi. Hozir butun 
g‘azablarini shu zo‘raki kulgi bilan izhor etardilar. Ofitser do‘q-po‘pisa bilan ish 
bitirolmasligini bilgach, soqchilarga «eshikni yop!» deb buyurdi. Bahaybat eshik yana 
g‘aldir-g‘uldir bilan urilib yopildi. Shu bilan kulgi ham o‘chdi. Dam o‘tmay eshik yana 
ochildi. Bu safar ofitser yonida o‘n beshga yaqin mahbus turar edi. Ofitser ro‘yxatni yana 
qo‘lchiroq yorug‘iga tutib mahbuslarni nomma-non chaqirdi. Shu zayl-da pastdagi 
mahbuslar bir-bir vagonga chiqa boshladilar. 
Poezd yana ikki joyda to‘xtab, mahbuslar «ayir-bosh qilindilar». Uchinchi to‘xtaganda 
barchani tushirdilar. O‘rmon yoqasidagi yalanglikda, qor ustida, izg‘irin qurshovida uzoq 
turib qoldilar. Qayta-qayta tekshiruvdan o‘tishgach, turnaqator tizilib, o‘rmon oralab 
yurdilar. Bir zum to‘xtab, nafas rostlashga ham imkon bermadilar. Mahbuslarning ham, 
soqchilarning ham sillasi qurib, adoyi tamom bo‘lishsa-da, to‘xtashga ruxsat berilmadi. 
Nihoyat, shom qorong‘usida o‘rmon bag‘ridan qutulib chiqishdi. Chiqishdi-yu, yalanglikda 
jinniligi tutib, bevoshlik qilayotgan shamolga yo‘liqishdi. Bir chaqirim narida uylar 
qorayib turardi. Uylar atrofida qaqqaygan yog‘och minoralar bu yer odam yashaydigan 
qishloq emas, balki qamoqxona ekanidan dalolat berar edi. Kun bo‘yi o‘rmon oralab 
yurganlari holva ekan, yalanglikda, izg‘irin hukmida bir chaqirim yo‘l bosgunlaricha 
tamoman holdan toydilar. Ayrim nimjonroq mahbuslar tikonli simdevorlarga yetib 
borolmay yiqildilar. Jahongirning oldida chayqalib borayotgan mahbus ham xuddi o‘roq 
bilan o‘rilganday yuztuban tushdi. Jahongir yonidagi yigit bilan uni ko‘tarib, qo‘ltig‘iga 
kirdi-da, yuzlaridagi qorni sidirib tushirdi. 
Mahbuslar ro‘yxat bo‘yicha yog‘och uylarga bo‘lingunlaricha yana allaqancha fursat 
o‘tdi. Jahongir yiqilgan yigitning yuzlarini qor bilan ishqaladi. Yigit avvaliga og‘riqni 
sezmadi, so‘ng ojiz ingradi. Yuzlariga sal jon kirdi. 
Jahongir safda yonma-yon kelayotgan odamlar bilan bir uyga tushdi. Yiqilib qolgan 
yigitni pechga yaqinroq yog‘och karavotga yotqizishdi. Pech yoqilmagan edi, shunday 
bo‘lsa-da, izg‘irindan qutulgan mahbuslarga uy ichi jonga rohat beruvchi issiqday 
tuyuldi. Jahongir yigitning qo‘l-oyoqlarini ishqalayotganda soqchi kirib uni chaqirdi. 
Xonadagilar ham, Jahongirning o‘zi ham bundan ajablanishdi. Soqchi uni darvoza 
yonidagi kichikroq uyga boshlab bordi. Uy ichi nihoyatda issiq, cho‘yan pech ustidagi 
choynakda suv qaynab turardi. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin