Zino bobi hadislari
529-hadis. Muttafaqun alayh.
530-hadis. Muttafaqun alayh.
531-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.
532-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.
533-hadis. Sahih. Ahmad rivoyat qilgan.
534-hadis. Muttafaqun alayh.
535-hadis. Izohi yo‘q.
536-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.
537-hadis. Sahih. Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
538-hadis. Mavzu’. Ibn Javziy “Mavzu’ot”da keltirgan.
539-hadis. Zaif. Termiziy uning isnodini zaif degan.
QIRQ OLTINCHI BOB RIBO YEYISH HAQIDA
540. Abu Lays Samarqandiy aytadilar: Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambardan sollallohu alayhi vasallam rivoyat qiladilar: "Isro kechasi yettinchi osmonda boshim ustida momaqaldiroq bilan qichqiriqni eshitdim. Chaqmoqni va qorinlari oldilarida uy kabi katta bo‘lib osilib yotgan kishilarni ko‘rdim. Ichlarida ilonlar bo‘lib, tashqarisidan ko‘rinadi. Shunda: "Ey Jabroil, ular kimlar?" deb so‘radim. "Ular ribo yeydigan sudxo‘r kishilardir", dedi u".
Ato Xurosoniydan rivoyat qilinadi: Abdulloh ibn Salom (r.a.) aytdilar: "Sudxo‘rlik yetmish ikki gunohdir. Gunohning eng kichigi onasi bilan zino qilganga barobar. Bir ribodan topilgan bir dirham o‘ttiz olti marta zino qilishdan yomon. Alloh taolo qiyomat kunida yaxshiga ham, fojirga ham turishga ruxsat beradi. Ribo yeganga ruxsat berilmaydi. Ular shayton chalgan kabi turadi", ya’ni, jinni kabi, qachon tursa, yiqilaveradi.
Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Qur’on oyatlarining oxirgi tushgani ribo oyati edi. So‘ngra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam vafot etdilar, bizlarga uning tafsirini aytmadilar. Sizlar ribo va rabiyani tashlanglar", ya’ni, katta va kichik gunohlarni tark qilinglar.
541. Ali (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ribo yeyuvchini, unga vakil bo‘lganni, guvohlarni va uni yozganni, bezovchi xotinni, unga da’vat qiluvchini, bosh-qaning badaniga iz yoki surat soluvchini, surat soldiruvchini, uch taloq qilingan ayolni halol qilib borish maqsadida nikohiga oluvchini, uni o‘zi uchun halol qildiruvchini (ya’ni, uch taloq qilingan ayolning erini), zakotni bermaydigan kishilarni la’natladilar".
Ribo yeyuvchi – molning egasi, foyda oluvchi, vakil qilingan kishi esa, unga ribo beruvchi. Shuningdek, guvohlar – o‘shaning ustidagi va uni yozgan kishilar. Chunki ular bu ishda yordam qilyaptilar. Bezovchi xotin boshqa xotinlarning badanlariga naqsh soladi, ularni igna bilan yorib, yoriqning ostiga ko‘k bo‘yoq qo‘yadi, unga da’vat qiluvchi xotin boshqalarni ham bu gunohga tortadi.
542. Abu Juhayfa (r.a.) rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ribo yeyuvchini, unga vakil qilingan kishini, badanga surat soluvchini, unga boshqalarni ham chaqiruvchilarni va musavvirlarni la’natladilar".
543. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Banda molni haromdan topsa, so‘ngra uni sadaqa etsa, unga ajr olmaydi, nafaqa qilsa, barakasi bo‘lmaydi, o‘zidan keyin qoldirgani esa do‘zaxdagi azobini ziyoda qiladi. Albatta, Alloh taolo yomonlikni yomonlik bilan o‘chirmaydi, balki yaxshilik bilan yomonlikni o‘chiradi. Chunki nopok narsa nopoklikni ketkazmaydi".
Alloh taolo aytadi:
"Ey mo‘minlar, kasb qilib topgan narsalaringizning halol-pokizalaridan va Biz sizlar uchun yerdan chiqargan narsalardan infoq qilingizlar" (Baqara, 267).
544. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Hech kim peshona teri bilan topib yegan taomidan yaxshiroq taom yemaydi. Allohning payg‘ambari Dovud o‘zi mehnat qilib, topib yer edi. Alloh pokdir va pok narsani qabul qiladi. Alloh taolo payg‘ambarlarga buyurgan narsalarni mo‘minlarga ham buyurdi. Aytdiki:
Dostları ilə paylaş: |