XASOSAT
Xasosat deb tama’ va zillatni bo’yniga yuklab, ortuqcha hirsini dunyoga qo’ymakni aytilur. Hirs va
tama’ga ifrot darajada yuz tuban ketgan baxil, qancha sha’nu sharaf sohibi bo’lsa ham, nafsining
yoqasini faqirona bir mazallatdan va xorliqdan qutqarolmas.
Faqir va muhtojlikdan saqlanmak fikri ila baxil va xasislik yo’lini tutgan kishilar aql va irfon sohibi
sanalmaslar. Zeroki, xasislik soyasida janobi Haqning Razzoq va Xalloqi olam o’ldig’ini yodlaridan
chiqarub, zo’r xatolarga duchor o’lurlar. Xasis o’lan inson qancha zillat ila jam qilgan sarvatindan
zakot va ushrini ado qilmakdan ojiz, saodati insoniyadan mahrum bo’lub, jazoyi abadiyga mahkum
bo’lur. Ipak qurti pilla ichida o’ralib, hayotini mahv qilur. Qancha mehnat va mashaqqat ila hosil
qilgan ipagidan boshqalar foydalanurlar. Shunga o’xshash xasis inson mol va dunyo jam qilmak ila
o’ralub, ovora va sargardon bo’lub, aziz jonini boshqalar uchun fido qilur . Dunyo izzatidan, hayot
lazzatidan bebahra ketgani kabi vafot vaqtidagi nadomatidan ham foyda yo’qdur. Rasuli akram
nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «Bor davlati ila ahl-u ayoliga torlik qilgan
kishilar yomon kishilardur», – demishlar.
Xasislik birla yig’gan mulk-u moling,
Turkiy Guliston yoxud axloq. Abdulla Avloniy
www.ziyouz.com кутубхонаси
31
Hamachdek to’plagan ashyo, manoling,
Lahad kirsang, qolur vorislaringg’a,
Nechuk kechgay seni ul kunda holing?
Kitobingdan hisobni san berursan,
Halos o’lmak baid ehtimoling.
Dostları ilə paylaş: |