Maxalliy o`g`itlar. Bunga go`ng kiradi. Uning tarkibida azot, fosfor, kaliy, kaltsiy, oltingugurt, magniy va boshqa elementlar bo`ladi. U tuproq g`ovakligini oshiradi, suv o`tkazuvchanligini yaxshilaydi va namni uzoq saqlanishiga olib keladi. Shuning bilan birgalikda go`ng mineral o`g`itlarning samaradorligini oshiradi. U kuzgi shudgorlash oldidan 1 ga yerga o`rtacha 20-25 tonna miqdorida solinadi. Parranda axlati, ipak kurti chiqindisi va g`umbagi eng kuchli o`g`itdir. Mahalliy o`g`itlarni g`o`zaga mineral o`g`itlar bilan aralashtirib berish yoki suv bilan aralashtirilib «sharbat» qilib oqizish tavsiya qilinadi.
Ko`kat o`g`itlar.Ular ham yerni unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ko`kat o`g`it sifatida ko`k no`xot, no`xot, inosh, qizil sebarga kabi dukkakli o`simliklar, shuningdek kuzgi javdar, raps, gorchitsa, kabilar ekiladi va mart-aprel oylarida yerga qo`shib haydab tashlanib keyin chigit ekiladi. Ushbu usul g`o`zaning o`sishi va rivojlanishiga ijobiy ta`sir etadi. O`simliklarning mineral oziqlanishida o`g`itlarni berish muddatlari alohida o`rin tutadi. Qishloq xo`jaligida o`g`itlarni ekishdan oldin, ekish bilan birga va ekishdan keyin berish usullari qo`llaniladi.
Odatda ekishgacha o`g`itlarning 2/3-3/4 qismi beriladi. Bu hol o`simlikni butun vegetasiyasi davomida oziq elementlari bilan tanlanishiga olib keladi. Chunki bu holda tuproq mahsuldorligi va biologik faolligi ortadi hamda fizik va fizik-kimyoviy xossalari yaxshilanadi.
Bizning respublikamizda o`g`itlarni ekishdan oldin ya`ni kuzgi va bahorgi shudgorlashdan oldin beriladi. Shudgorlash bilan birgalikda ohak, azotli, fosforli va kalsiyli o`g`itlar beriladi. O`g`itlarni ekish bilan birga berilganda yosh o`simliklarning mineral oziqlanishi birmuncha yaxshilanadi. Bunday o`g`itlashda odatda yaxshi eriydigan va yengil o`zlashtiriladigan o`g`itlar qo`llaniladi. Masalan, urug` unganidan keyingi ikki hafta mobaynida maysalar fosforga nisbatan o`ta talabchan bo`ladi. Shuning uchun ekish bilan birga 5-20 kg/ga miqdorda superfosfat yoki ammofos solinadi.
O`g`itlarni ekishdan so`ng berish o`simliklar mineral oziqlanishini uning vegetatsiyasining nisbatan muhim fazalarida o`sish va rivojlanishini yaxshilash uchun qo’llaniladi. Masalan g`o`za uchun azotli o`g`itlar besh xil muddatda beriladi, ya`ni ekishdan oldin, 3-4 haqiqiy barglar fazasida, shonalash, gullashdan oldin va ommaviy gullash fazasida. Azotli o`g`itlarni ommaviy gullagdan so`ng berish g`o`zani g`ovlab ketishiga va hosilning pishishini kechikishiga sabab bo`ladi.
Qishloq xo`jaligida o`simliklarni ildizdan tashqari-barglar orqali oziqlantirish ham keng qo`llaniladi. Masalan kuzgi bug`doylar sutli urug` fazasida azot (mochevina) bilan oziqlantirilsa donlar tarkibidagi oqsil miqdori 0,5-1,0% ortadi. Qand lavlagi barglariga fosforli-kaliyli o`g`itlarni sepish qandlarning barglardan ildizlarga harakatini jadallashtiradi va buning natijasida ildizmevadagi qand miqdori 1-2% va hosildorligi ortadi.
Qishloq xo`jaligi o`simliklarini doimiy ravishda mineral oziq bilan ta’minlash uchun fosforli va kaliyli o`g`itlarning 2-3 yillik miqdorini birdaniga shudgorlashdan oldin solish mumkin. Masalan fosforit unini birdaniga 1,5-3 t/ga miqdorida berish tavsiya qilinadi.
Mineral o`g`itlarni berish usullari ob-havo va tuproq sharoitlari, tuproqning hosildorligi va ekinning agrotexnikasi bilan bog`liq.
Shuni alohida ta’kidlab o`tish lozimki, ekinlarni faqat ilmiy asoslangan holda o`g`itlashgina o`simliklardan ularning biologik normasi darajasi miqdorida hosil olishga yordam beradi.
O`simliklarni ularning talabidan ortiqcha miqdorda o`g`itlash nafaqat hosildorlikning oshmasligiga balkim hosilning sifatiga ham salbiy ta`sir qiladi. Masalan, o`g`itlarning yuqori miqdori urug`larning boshlang`ich o`sish jarayonlarini sekinlashtiradi va ildizning hosil bo`lishini kechiktiradi. Karam o`simligini ortiqcha azot bilan oziqlantirish uning barglarida qand miqdorining pasayib ketishiga olib kelishiga hamda saqlanish muddatlari va sifatiga salbiy ta`sir qiladi.
Sabzavotlar tarkibida nitratlarning eng ko`p miqdori suvli og`irlikga nisbatan quyidagicha bo`lishi mumkin: kartoshkada 86 mgG`kg, karamda, bodring va pomidorda 150 mg/kg. Shuni aytib o`tish zarurki insonlarning oziq-ovqat ratsionida nitratlarning bir kunlik miqdori 405 mg dan oshmasligi zarur. Ayrim hollarda qishloq xo`jaligi sabzavot ekinlarini, xususan tarvuz va qovunlarni azotli oziqlantirishda o`simliklarga gullashdan so`ng ham nitratlar beriladi. Bu esa ularning bevosita poliz ekinlari mevasida ko`plab to`planishiga olib keladi va insonlar salomatligiga salbiy ta`sir qiladi.
Ekinlarni oziqlantirish uchun zarur bo`lgan mineral o`g`itlarning miqdori har yili ularni o`simliklar bilan olib chiqib ketilganini va tuproqdagi miqdorini olgan holda matematik uslublar va EHM yordamida hisoblab boriladi.
O`simliklar quruq og`irligining 95% organogen elementlar (C, H, O, N) hissasiga to`g`ri keladi. Qolgan 5% esa ko`l elementlar (P, S, K, Ca, Mg, Fe va boshq.) bo`lib ular makroelementlar deb qabul qilingan. O`simlik to`qimalarida 0,001% miqdordan kam darajada uchrovchi elementlar mikroelementlar (Mn, Cu, Zn, B va boshq.) deb yuritiladi.
O`simliklar azotli oziq sifatida NO3- birikmasini qanday o`zlashtirsa, NH4+ birikmasini ham shunday o`zlashtirishi mumkin. Bunda, hujayralardagi NO3- birikmasi nitrairuduktazalar ishtirokida NH4+ birikmasigacha qaytarilishi mumkin. Atmosfera azotining qabul qilinishi va uning nitrogenaza ishtirokida NH3 moddasigacha qaytarilishi dukkakdoshlar oilasi vakillari ildizlarida tuganak bakteriyalar hosil qiluvchi bakteriyalar avlodiga mansub Rhizobium bakteriyalari va erkin yashovchi mikroorganizmlar tufayli bo`ladi. Ammoniyning organik birikmalar tarkibiga kirishining asosiy yo`li bu glutaminsintetaza va glutaminsintazalar ishtirokida boruvchi a-ketoglutaratdan glutamin hamda glutamin kislotalarining sintezlanishidir. Fosfor esa o`simlikga PO43- ioni holida kirib xuddi shu holda ya`ni qaytarilmasdan hujayradagi organik birikmalar tarkibiga kiradi. Ammo SO2- ionlari hujayrada qaytarilganidan so`ngina organik birikmalar tarkibiga kiradi. O`simlik hujayralarida eng ko`p to`planadigan ion K+ -ionlari bo `lib uning hujayradagi miqdori 0,1 mol/l atrofida bo`lishi mumkin.
lonlarning birlamchi yig`ilishi va almashuvchi adsorbtsiyalanishi ildizlar hujayralari devorlaridagi erkin bo`shliq deb tasavvur qilinuvchi bo`shliqlarda yuz berib, so`ngra lipid faza va plazmalemmaning ionlar kanallari orqali sitoplazmaga o`tadi.
Moddalarning hujayraga kirishi passiv yoki faol ya`ni ikkilamchi faol tashiluv tufayli ro`y beradi. O`simlik hujayralariga moddalarning kirishida eng muhim o `rinni N+-pompalarining ishi tutadi. Mana shu nasoslarning ishi tufayligina hujayraga ionlarning kirishi va Chiqishi doimiy ravishda ro`y berib to`radi ya`ni boshqacha qilib aytganda hujayralarda boradigan deyarli barcha ion almashuvchi jarayonlarning asosida shu hol yotadi.
Xulosa Mikroelementlar - organizm, oʻgʻit, rudalarda kam miqdorda (odatda, Eng muhim mikroelementlarning asosiy fiziologik va gigiyenik xususnyatlariga taʼsir etadi, immunitet reaksiyalari, qon hosil qilish va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi, hayvonlarda yetishmasa ozadi, boʻyi oʻsmaydi, skeleti rivojlanmaydi. Boʻy oʻsishi va organizm rivojlanishiga yordam beradi, qon hosil qilish, immun reaksiyalar va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi. Fermentlar tarkibiga kiradi, kushlar va hayvonlarning oʻsishini tezlashtiradi, qoramollarda koʻpayib ketsa, molibdenoz kasalligi paydo boʻladi. Tishni baquvvat qiladi, qon hosil qilish va immunitet reaksiyalariga, skeletning rivojlanishiga yordam beradi, koʻpayib ketganda flyuoroz paydo boʻladi. Qon hosil qilish jarayoni, ichki sekretsiya bezlari faoliyatida ishtirok etadi; yetishmaganida hayvonlarning boʻyi oʻsmaydi va bolalashi kamayadi massasi 0,001% gacha) uchraydigan ki-myoviy elementlar. Tuproq va togʻ jinslari, suv tarkibidagi ayrim makroele-mentlar koʻpchilik hayvonlar, oʻsimliklar va odam uchun M. hisoblanadi. Organizmda M. xilma-xil biologik faol birikmalar: fermentlar, vitaminlar, gormonlar va boshqa tarkibiga kiradi. Bu M. taʼsiri, asosan, organizmda moddalar almashinuvi jarayonlari faolligining oʻzgarishida namoyon boʻladi. Baʼzan M. organizmlarning oʻsishi, qon hosil qilishi, toʻqimalar orqali nafas olish jarayonlari, hujayralar ichi moddalar almashinuvi va h.k.ga taʼsir koʻrsatadi. Tuproqda M. kam yoki koʻp boʻlsa, oʻsimlik va hayvonlar organizmida M. yetishmovchiligi yoki ortiqligi payqaladi.
Chorva mollarining mahsuldorligini oshirish uchun mol ozigʻiga M. qoʻshib beriladi. Oʻsimlik va hayvon mahsulotlaridan iborat oziq-ovqat odam organizmiga kiradigan M.ning asosiy manbaidir. Ichiladigan suv odam organizmining yod, mis, rux, marganets, kobalt kabi M.ga boʻlgan sutkalik ehtiyojining faqat 1 — 10% ini taʼminlaydi.