Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali “Amaliy matematika” fakulteti



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə4/4
tarix14.09.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#117760
1   2   3   4
kamol fiziologiya

Eozinofillar



Bazofillar

Limfositlar

Monositlar

Neytrofillar


7.”Qon guruxlari” jadvalini to‘ldiring.


Qon guruhlari



Plazmada
(agllyutinin)
α va β



Eritrositlarda
(agglyutinogen)
A va B



Kishilarda qon gruppalari qaysi gruppaga mansubligi (%)da



I

α,β

-

40%

II

β

A

39%

III

α

B

15%

IV

α,β

-

6%


8.Quyidagi atamalarni sharhlang.


Gipotonik eritma

biolda osmotik bosimi oʻsimlik va hayvonlar toʻqimalari hujayralaridagiga nisbatan past boʻlgan har xil eritmalar. G. e.da hujayralar suvni soʻrib olib, hajmi oshadi va osmotik faol organik va mineral moddalarning bir qismini yoʻqotadi. Odam va hayvonlar qonidagi eritrotsitlar G. e.da juda shishib ketishi tufayli hujayra qobigʻi yorilib, yemiriladi. Bu hodisa gemoliz deyiladi.

Gomeostaz

Gomeostazning vazifasi tirik organizmlarning avtonom himoya mexanizmlaridan foydalangan holda tashqi muhit o'zgarishiga qarshi turish qobiliyatiga asoslangan. Ichki muhit barqarorligini saqlash ko'p hujayrali organizmlar mavjud bo'lishining zaruriy shartidir. Qayta tiklashga qodir bo'lmagan tizim oxir-oqibat o'z faoliyatini to'xtatadi. O'zlarining mavjudligi barqarorligi uchun murakkab tizimlar, shu jumladan inson tanasi gomeostazga ega bo'lishi kerak, ular nafaqat yashashga intilishadi, balki tashqi muhit sharoitlariga moslashadi, rivojlanadi. Eng kuchli o'zgarishlarni hisobga olgan holda ham, moslashish mexanizmlari organizmning kimyoviy va fiziologik xususiyatlarini barqarorlik holatida saqlaydi, jiddiy og'ishlarning oldini oladi.
Gomeostaz tizimlari bir nechta xususiyatlarga ega. Masalan, ular muvozanatga intilishadi, beqaror (tashqi omillar ta'sirida o'zgarishga qodir), shuningdek, ularga nisbatan amalga oshirilgan harakatga javoban oldindan aytib bo'lmaydi. Sutemizuvchilar tanasida bir nechta gomeostatik tizim mavjud. Bular ekskretator tizimlar (deyarli, ter bezlari), tana harorati, qon glyukoza va organizmdagi minerallar miqdorini tartibga solish.
O'simliklardagi gomeostazning misoli stomalarni ochish va yopish orqali doimiy barg namligini saqlab turish, tuproqdan suvning ildizga singishi va ularning o'simlik organlari bo'yicha tarqalishi paytida kationlar va anionlarni etkazib berishdagi selektivlikdir.
Ijtimoiy, iqtisodiy xarakterdagi tizimlar ham ichki nazoratni va muvozanatni saqlashni talab qiladi, shuning uchun "gomeostaz" atamasi uzoq vaqt biologiya doirasidan chiqib ketgan. Bundan tashqari, u ekologiya, kibernetika va boshqa fan sohalarida qo'llaniladi. Jamiyat - bu gomeostatik jarayonlar tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan ijtimoiy-madaniy organizm. Shunday qilib, bitta sohadagi mutaxassislarning ortiqcha bo'lishi o'zini o'zi boshqarish jarayonlariga olib keladi, bu kasb vakillari soni kamayadi

Immunitet

tirik mavjudotlarning oʻz butunligi va biologik noyobligini buzuvchi "yot" omillardan himoyalani-shi, qarshilik koʻrsatishi, rezistentligi. "Yot" omillarga bakteriya va ularning toksinlari, viruslar, zamburugʻlar, sodda jonivorlar, gelmintlar, koʻchirib oʻtkazilgan aʼzo va toʻqimalar, organizmning oʻzgargan oʻz xujayralari (mas, oʻsmasimon hujayralar) va b. kiradi. Bu omillar organizm uchun irsiy begona boʻlgan kimyoviy agentlar — antigenlar tutadi.

Granulosit




Fagotsitoz

bir hujayrali organizmlar yoki koʻp hujayralilarning ayrim hujayralari tomonidan begona mikroskopik tirik organizmlar (bakteriyalar, hujayra parchalari), qattiqzarrachalarningfaol qamrab olinishi va yutilishi (Pinotsitoz bilan solishtiring). Zarrachalarni qamrab olib hazm qilish xususiyati tuban organizmlar oziklanishining asosini tashkil etadi. Bu xususiyat evolyutsiya davomida biriktiruvchi toʻqimaning muhofaza funksiyasini bajaradigan ixtisoslashgan hujayralar — fagotsitlarga oʻtgan. Fagotsitoz hodisasini dastlab I. I. Mechnikov aniklagan (1882). Ayrim hayvonlar ootsitlari, yoʻldosh hujayralari, tana boʻshligʻi devorini qoplab turadigan hujayralar va koʻz epiteliysi pigmenta ham faol Fagotsitoz qilish xususiyatiga ega. Fagotsitoz ketmaket keladigan bir necha jarayonlar: Fagotsitoz qilinayotgan obʼyektga yaqinlashuv, obʼyektning fagotsit hujayra sirtiga oʻrnashib olishi, yutilishi va hazm qilinishidan iborat. Fagotsitozda hujayra membranasi yot zarrachalarni oʻrab oladi va sitoplazma ichiga soʻrib olib, fagosomalar hosil qiladi. [[Lizosomadan fagosomaga gidrolitik fermentlar kelib quyiladi, yutilgan obʼyektni hazm qiladi. Hazm qilinmagan oziq qoldigʻi uzoq vaqt hujayra ichida qolishi mumkin. Fagotsitoz, asosan, yalligʻlanish jarayonlarida, jarohatning bitib ketishida nospetsifik immunitet sifatida muhim ahamiyatga ega. Baʼzan "Fagotsitoz" va "pinotsitoz" terminlari endotsitoz nomi bilan yagona tushunchaga birlashtiriladi

Gemofiliya

toʻxtamasdan qon oqishi — qon oqishiga moyillik bilan ifodalanadigan irsiy kasallik. Qon plazmasida qonning ivishi uchun zarur boʻlgan omillar yetishmasligi sabab boʻladi. Gemofiliya asosan erkaklarda uchrasa ham onadan oʻtadi, yaʼni buvadan nabiraga sogʻlom qizi orqali oʻtadi. Gemofiliya belgilari yoshlikdanoq paydo boʻlib, bola ulgʻaygan sari kamayib boradi. Bemor lat yeganida terisi ostiga, muskuli orasiga va boʻgʻimiga koʻp qon quyiladi; tilini tishlab olganida, tishini oldirganida va b. hollarda ham juda koʻp qon oqib, hayoti xavf ostida qoladi. Yirik boʻgʻimlar (tizza, boldirpanja boʻgʻimi)ga qon quyilib, ularda kuchli oʻzgarishlar sodir boʻladi. Qon ivishining buzilishi Gemofiliyani boshqa xil qon oqishlardan ajratib turadigan asosiy belgidir: bemorning venasidan qon olib probirkaga solib qoʻyilsa, soatlab ivimaydi. Bunga bemor qonida oqsil modda, yaʼni antigemofil globulin yetishmasligi sabab boʻladi. Gemofiliyaning A, V yoki Kristmas kasalligi va S (haqiqiy Gemofiliya deb hisoblanmaydi) xillari bor. Bemor oʻzini har xil shikastlardan ehtiyot qilishi kerak. Davosi: yangi olingan qon yoki plazma quyiladi; bemorga toʻgʻridantoʻgʻri donordan qon quyish, sogʻlom odam plazmasidan tayyorlangan konsentratlarni qoʻllash yaxshi naf beradi. Zarur hollarda jarrohlik usuli qoʻllaniladi.

Donor

bemor (retsipiyent) ga kuyish uchun qonini, koʻchirib oʻtkazish uchun koʻmik, teri yoki biror aʼzosini beruvchi kishi. Qon berish boʻyicha D.lik koʻproq tarqalgan. D.lik — ixtiyoriy hisoblanadi. Hoz. boshqa mamlakatlardagi kabi Oʻzbekistonda ham asosan qon oʻrniga uning komponentlari — eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar konsentratlari, plazma va preparatlari ishlatiladi. Shuning uchun D.likka qoni bemorga irsiyat boʻyicha mos keladigan, qavmqarin-doshlarda qon preparatlariga boʻlgan ehtiyojni qoplash uchun esa ixtiyoriy (badalsiz) kon beruvchi barcha sogʻlom kishilar jalb etiladi.

Retsepient

qabul qilayapman, olayapman) — vrachning dorixonaga maʼlum shakddagi yozma murojaati, unda dorini tayyorlash va berish, shuningdek, undan qanday foydalanish haqidagi koʻrsatmalar boʻladi. Retsept siyoh b-n yozilishi shart. Unda bemorning ismsharifi, yoshi koʻrsatilib, tashkilot va vrachning muhri boʻlishi lozim. Retsept yuridik hujjat boʻlib, dorilarning toʻgʻri tayyorlanganligi, muddati va b. ni tekshirish imkonini beradi.

Antitelo

immunitet hosil qiladigan moddalar. Antitelolar teri ostiga yoki tomirga oqsil tabiatli modda (antigen) kiritilganda, unga qarshi hosil boʻladi. Antitelolar, asosan, qon zardobida toʻplanadi. Bunday qon zardobiga kasallik qoʻzgʻatuvchi mikrob toksinidan aralashtirilsa, Antitelolar toksinni neytrallaydi (antitoksinli zardob). A. bor qon zardobiga mikrobning oʻzi aralashtirilsa, zardobdagi Antitelolar mikrobni bir-biriga yopishtirib, gʻuj qiladi (agglyutinatsiya), baʼzan eritib yuboradi (lizis), ayrim hollarda antigenni choʻktiradi (pretsipitatsiya). Antiteloli qon zardoblari, xususan, gamma-globulinlar difteriya, qizamiq, qoqshol, gazli gangrena, gripp va b. kasalliklarning oldini olish hamda davolash maqsadida keng qoʻllaniladi, sud tibbiyotida ham ishlatiladi.

Antitoksin

yuqumli kasallik davrida bemor organizmida hosil boʻladigan immun moddalar. A. patogen mikroblar zaharini zararsizlantiradi. A. hayvonlar organizmida sun’iy yoʻl bilan hosil qilinadi, buning uchun avval mikrob zaharidan anatoksin tayyorlab, keyin u, mas, ot terisi ostiga bir necha marta yuboriladi. Natijada ot organiz-mida A. hosil boʻladi. Bunday otning qon zardobi difteriya, botulizm, qoqshol va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi; 2) oʻsimliklar hosil qiladigan va fito-patogen mikroorganizmlar ajratadigan zaharli moddalar ta’sirini susaytirish va neytrallash qobiliyatiga ega kimyoviy moddalar. Mas, gʻoʻzada A. xinonlar ti-pidagi fenolli birikmalarning fer-mentativ oksidlanishi, fitoaleksinlar va ularning xinonlari mahsuli boʻlib, oʻsimliklarda infeksiyaga javoban pay-do boʻladi. Bu moddalar ta’sirida mas, vilt toksinlaridan biri pektintran-seliminaza fermentining faolligi pasayadi. A. oʻsimliklarning kasalli-klarga tabiiy chidamli boʻlishida muhim ahamiyatga ega.

Emlash

Emlash yoki vaksinatsiya, odam va hayvonlarda infeksion kasalliklar yuqishining oldini olish usuli, bunda organizmga vaksinalar, immun zardoblar yoki gammaglobulin yuborib, sunʼiy faol yoki passiv immunitet hosil qilinadi. Sunʼiy faol immunitet hosil qilish uchun odam vaksinalar bilan emlanadi, bunda organizmda yuborilgan vaksina tarkibidagi antigenlarga qarshi faol immunitet rivojlanadi.

Zardob

yuqumli kasalliklarning yoki mikroblar va hayvonlar zaharidan zaharlanishning oldini olish va davolash maqsadida organizmga yuboriladigan modda. Z.ni ilon, qoraqurt, chayon, shuningdek, boshqa zaharli hayvonlar zahariga qarshi qoʻllash muhim ahamiyatga ega. Bunday hollarda 3. birdanbir shifobaxsh vosita hisoblanadi. Viruslar va bakteriyalar keltirib chiqaradigan infeksion kasalliklar diagnostikasida 3. keng qoʻllaniladi

Gipertonik

qon bosimining to’satdan keskin ko’tarilishi bilan kechadigan holat bo’lib, unning fonida neyrovegetativ buzilishlar, miya yarimsharlarida gemodinamik buzilishlar va o’tkir yurak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin. Gipertenziv kriz bosh og’rig’i, quloq va boshda shovqin , ko’ngil aynishi va qayt qilish, ko’rish qobiliyati buzilishi, terlash, sustlik, sezgirlik va termoregulyatsiya buzilishi, taxikardiya, yurak yetishmovchiligi va boshqalar bilan yuzaga keladi. Gipertonik kriz diagnostikasi qon bosimi ko’rsatkichlariga, klinik ko’rinishga, auskultatsiya ma’lumotlariga, EKGga asoslangan. Gipertonik krizni bartaraf etish choralariga yotoqda dam olish, dorilar yordamida qon bosimini asta-sekin nazorat ostida pasaytirish (kaltsiy antagonistlari, AAF ingibitorlari, vazodilatatorlar, diuretiklar va boshqalar) kiradi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin