Hodisalar oqimiga ishlov berish. Ba’zi IoT dasturlari juda katta ma’lumotlar oqimini hosil qiladi va bu oqimlarni real vaqtda tahlil qilish talab
etiladi. Hozirgi kunda sekundiga o’n minglab voqealarni keltirib chiqarshi odatiy holdir va ba’zi holatlarda sekundiga millionlab hodisalar ro’y berishi ham mumkin. Ushbu talablarni qondirish uchun ma’lumotlar oqimini juda yuqori tezlikda qayta ishlash va real vaqt rejimida tahlil qilish va shakllarni aniqlash kabi vazifalarni bajaradigan taqsimlangan oqimli hisoblash platformalari paydo bo’lmoqda.
15-rasm. Hodisalar oqimiga ishlov berish arxitekturasi
IoT platformalari. IoT platformalari IoT tizimining ko’plab infratuzilma komponentlarini bitta maydonda birlashtiradi. Bunday platformalar tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar uchta asosiy toifaga bo’linadi.
Aloqalarni, qurilma monitoringgi, boshqarish, xavfsizlik va antivirus dasturlarini yangilash kabi quyi darajada qurilmalar boshqaruvi va operatsiyalar;
IoT ma’lumotlarini to’plash, modifikatsiya qilish va boshqarish;
Mantiq, ilovani dasturlash, vizualizatsiya, tahlil va tashkilot tizimlariga ulanishni qo’llab quvvatlovchi adapterlarni o’z ichiga IoT ilovalari rijovlantirish.
16-rasm. IoT platformalari
IoT standartlari va ekotizimlar. Standartlar va ular bilan bog’liq dasturiy interfeyslar (API) IoT ekotizimi uchun juda muhimdir, chunki IoT qurilmalari o’zaro ishlashi va o’zaro aloqa qilishi, ko’plab IoT biznes modellari bir nechta qurilmalar va tashkilotlar o’rtasida ma’lumot almashishi talab etiladi. Ko’p IoT ekotizimlari paydo bo’lish arafasida va mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar bir nechta standartlar yoki ekotizimlarni qo’llab-quvvatlash uchun variantlarni ishlab chiqishmoqda hamda standartlarni rivojlanib borishi va yangi standartlar va API paydo bo’lishi bilan uzoq yillar davomida qurilmalarni yangilashga bo’lgan ehtiyojini ta’minlamoqda.
17-(a) rasm. IoT standartlari
17-(b) rasm. IoT ekotizimi
Bulutli texnologiya – Internet orqali turli xizmatlarni etkazib berishni izohlaydi. Bu shuningdek adabiyotlarda muqobil ravishda bulutli hisoblash nomi bilan ham keladi. Ushbu atama odatda Internet orqali ko’plab foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lgan ma’lumot markazlarini tavsiflash uchun ishlatiladi. Bugungi kunda ustunlik qilayotgan katta bulutlar (quyidagi rasmga qarang) ko’pincha taqsimlanadigan markaziy serverlardan bir nechtasidan tashkil topadi. Agar foydalanuvchi bilan aloqa nisbatan yaqin bo'lsa, u chekka server sifatida belgilanishi mumkin. Bulutli hisoblash – bu kompyuter tizimining resurslaridan, xususan ma’lumotlarni saqlash (bulutli saqlash) va hisoblash samaradorligidan foydalanuvchi tomonidan to’g’ridan-to’g’ri faol boshqarilmasdan turib foydalanish imkoniyatidir.
rasm. Umumiy bulutli texnologiya asosida tarmoqning tuzilishi Qo’yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun bulutli tarmoq faqat bitta
tashkilot uchun yoki bir nechta tashkilotlar uchun moslash ishlab chiqilishi mumkin yoki global miqyosidagi foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lishi mumkin. Shuningdek, ommaviy va gibrid bulutli tarmoq expertlari ta’kidlashicha, bulutli hisoblash kompaniyalari AT infratuzilmasining boshlang’ich narxidan qochish yoki uni kamaytirishga imkon beradi. Expertlar bulutli hisob-kitoblar korxonalarga o’zlarining dasturlarini tezroq ishga tushirish va ishlash jarayonini qo’llab quvvatlaydi, boshqaruv jarayonini yaxshilaydi va texnik xarajatlarni kamaytiradi.
Hozirgi kunda ko’plab turli yo’nalishlarda faoliyat olib borayotgan kichik tashkilotlar o’zlarining ishchi xodimlari uchun turli xizmatlar, ochiq ma’lumotlar bazasi, ko’ngil ochar dasturlar, imkoniyatlar, resurslarni taqdim etmoqda. Yoki
Internet provayderlari bugungi kunda bir necha ming yoki yuz ming dollar pul tikish evaziga faqatgina ro’yhatdan o’tgan mijozlari uchun turli xizmatlarni mutloqo bepul ko’rinishda taqdim etishmoqda. Xizmatlar bo’lishi mumkin konsertga skidga evaziga chiptalar xarid qilish yoki IPTV xizmatlaridan foydalanish, yoki yirik tashkilotlar bilan shartnoma evaziga oliy ta’lim dargohlari uchun kutubxonalardan foydalanish huquqi tadqim etish.
rasm. Bulutli texnologiya asosida tashkilot tarmog’i
Umuman olganda bulutli texnologiyadan foydalanish oddiy foydalanuvchi yoki tashkilot xotira qurilmasi, tarmoqni kengaytirish, optimizatsiya qilish, himoyalash, tarmoqni boshqarish yoki boshqa masalalar uchun bo’ladigan sarf xarajatlarni qisqatiradi. Shuningdek bulutli hisoblash har bir sohada oddiy shaxsiy kompyuterlardan foydalangan holda katta hisob kitoblarni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
So’nggi yillarda kompyuter tarmoqlari soxasida tumanli hisoblash yoki tumanli texnologiyaga asoslangan tarmoq tushunchalari tez tez uchrab turibdi. Tumanli tarmoqlar lokal tarmoqlarida chekka qurilmalardan foydalanib hisoblash, saqlash va aloqani ta’minlash jarayonlari amalga oshiriladi. Bunga sanoat kontrollerlari, kommutatorlar, marshrutizatorlar, o’tnatilgan serverlar va boshqalarini misol qilib keltirish mumkin.
rasm. Tumanli texnologiya asosidagi tarmoq
Ushbu texnologiya foydalanuvchi joylashgan o’rniga yaqin joyda bo’lib, tezkor javob qaytarish, ma’lumotlarni ishonchliligi ta’minlash, axborotlarni himoyalash va maxfiylikni nazorat qilish imkoniyatini beradi, shuningdek tumanli texnologiya – bulutli texnologiyaga ma’lumotlarni uzatish, ishlov berish, tahlil qilish va saqlash uchun ketadigan vaqt va xarajatlar miqdorini samarali tejashni taqdim etadi.
Dostları ilə paylaş: |