Baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmalarining boshqaruv organlari
Baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmasi a’zolarining umumiy yig‘ilishi ushbu jamoat birlashmasining yuqori organidir va bu yig‘ilish besh yilda kamida bir marta chaqiriladi.
Ijro etuvchi organ baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmasining yuqori organi tomonidan uning a’zolari orasidan saylanadi va jamoat birlashmasining faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi.
8
Baholash obyektlari
Baholash obyektlari
jumlasiga quyidagilar kiradi:
alohida moddiy obyektlar (ashyolar);
shaxsning mol-mulkini tashkil etuvchi ashyolar majmui, shu jumladan muayyan turdagi (ko‘char yoki ko‘chmas) mol-mulk;
mol-mulkka yoki mol-mulk tarkibidagi ayrim ashyolarga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;
talab qilish huquqlari, majburiyatlari (qarzlar);
ishlar, xizmatlar, axborot;
9
Baholash obyekti qiymatining turlari
Baholash maqsadlariga qarab baholash obyekti xususida bozor qiymati yoki bozornikidan farqlanuvchi qiymat qo‘yiladi.
Baholash obyekti qiymati turlarining qo‘llanish sohasi va ularning farqlanuvchi xususiyatlari baholash standartlari bilan belgilanadi.
Baholash obyektini baholash pul shaklida amalga oshiriladi.
10
Baholash obyektining bozornikidan farqlanuvchi qiymati
Baholash obyektining bozornikidan farqlanuvchi qiymati deganda mazkur baholash obyektining baholash ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilganidan farqli shartlarida o‘tkazilgan eng ehtimol tutilgan baho tushuniladi.
11
Baholovchi tashkilot tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘shimcha professional xizmatlar
Baholovchi tashkilot quyidagi qo‘shimcha professional xizmatlar ko‘rsatishi mumkin:
baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning ishonchliligini ekspertiza qilish;
investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va tahlil qilish, biznes-rejalar tuzish;