Usul – biror narsa, hodisa, jarayonni o’rganish yoki amalga oshirish tartibi.
Faollik – biror maqsad yo’lida aqliy, jismoniy va boshqa harakatlarni tez va unumli amalga oshirishga intilish.
Faoliyat – 1) ongli maqsad bilan boshqariladigan kishining ichki (ruhiy), tashqi (jismoniy) faolligi; 2) atrof-muhitning kishilar tomonidan maqsadga muvofiq qayta bunyod etilishi.
Fasilitator– dars samaradorligini oshirish maqsadida guruh ishini tashkil etuvchi, ko’makchi, yo’naltiruvchi, mashg’ulot uchun qulay sharoit va samarali ishlash muhitini yaratuvchi, jarayonga javob bermaydi, xulosa chiqarmaydi.
Fasilitatsiya – shaxslarning ta’siri, ishtirokida mehnat unumdorligini oshirish, natijaga erishishga yordam berish, yangiliklarni qo’llash orqali sifat va samaradorlikka erishish.
Shakl– dars jarayonini amalga oshirishning eng qulay usullari, vositalari, ketma-ketligi, ta’lim oluvchilar soni, sarflangan vaqt, joy qulayliklarini o’z ichiga oladi.
Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, foydali faoliyat turi bilan shug’ullanadigan, atrof-muhitga ongli munosabatda bo’la oladigan, o’ziga xos shaxsiy xususiyatlar, muayyan xulq-atvor, mustaqil fikr va dunyoqarashga ega bo’lgan inson.
Evristik – yo’naltiruvchi savollarni berib borishga asoslangan o’qitishtizimi, topqirlik, faollikni rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim, o’quvizlanishli, optimallashtirilgan (qulaylashtirilgan) tafakkurni rivojlantiradi.
Eksperiment– yaratilgan yangilik, gipoteza, g’oyalarni sinov- tajribadan o’tkazish metodi.
Ekspert – kuzatuvchi, tahlil qiluvchi, tekshiruvchi, xulosa chiqaruvchi, tavsiya beruvchi, taklif va mulohaza bildiruvchi shaxs.
Yangi axborot texnologiyalari – kommunikatsiya texnologiyalari asosida turli metod, vositalar asosida olingan axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash asosida ta’lim jarayoniga yo’naltirish.
O’zlashtirish– tushunish, o’rganish orqali axborotning mazmuni, undan foydalanish yoki harakatlarni bajarish tartibi to’g’risida bilim va ko’nikmalar hosil qilish, muayyan xatti-harakat va xulq-atvor usullarini egallash jarayoni.
O’rganish – axborotdan foydalanish va turli harakatlarni ko’rsatilgan tartibda mustaqil bajarish ko’nikmalarini egallash, takrorlay olish, faoliyatidan iborat jarayon.
O’rgatish – o’quvchilarda axborotdan foydalanish, xulq- atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantirish maqsadida amalga oshiriladigan harakat, turli vosita va usullarni qo’llab tushuntirish, amaliy mashqlar orqali ko’rsatish jarayoni.