OLIMNING AITGANLARI
Mashhur olimga ikkita savol berishdi. Birinchisi:
- Insoniyatning qaysi harakati seni hayratga solgan?
Olim birma-bir sanay boshladi:
- Bolalikdan zerikadilar va tezroq ulg’ayishga shoshiladilar. Vakti kelib esa bolalikni sog’inadilar.
- Pul topaman deb sog’liqni yo’qotadilar, ammo sog’liqni qaytarish uchun yana pul sarflaydilar.
- Ertangi kunni o’ylab xavotir oladilar-u, bugunni unutadilar. SHuning uchun ham na bugunni, na ertani yashaydilar. Dunyodan yashamagandek o’tib ketadilar...
Gal ikkinchi savolga keldi:
- Siz ularga nimani tavsiya qilasiz? Olim javob berdi:
- Hech kimni o’zingizni yaxshi ko’rishga majburlamang!
- Muhimi, hayotda ko’p narsaga ega bo’lish emas, kam narsaga ehtiyoj sezishdir.
- Sizni yaxshi ko’radigan insonlar ko’pchilik. Ammo ular tuyg’ularini qanday ifoda etishni bilmayotgan bo’lishlari mumkin.
- Ba’zan boshqalar tomonidan kechirilibgina qolmay, o’zingizni ham kechira
olishingiz kerak.
Dostları ilə paylaş: |