Mualliflar: I. A. Nosirov, G. M. Xojayeva Kirish



Yüklə 161,27 Kb.
səhifə6/23
tarix31.12.2021
ölçüsü161,27 Kb.
#112268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Ma`naviyat soatlari

OSOYISHTALIK QADRI

Podshoh tajribasiz xizmatkori bilan kemaga tushdi. Xizmatkor umrida dengiz ko’rmagan bo’lib, uning mashaqqatini bilmasdi. Bir payt u yig’lay boshladi. Uni ovutishga harakat qildilar, ammo dir-dir titrayotgan xizmatkor yig’idan o’zini to’xtatolmasdi. Podshohning jahli chiqdi. Hamma noiloj qolgai bir paytda kemada ketayotgan bir qariya podshoh huzuriga kelib shunday dedi:

- Podshohi olam, siz izn bering, men uni yig’idan to’xtatishga urinay.

- Menga katta yordam qilgan bo’lardingiz, - dedi podshoh.

Qariya xizmatkorni dengizga uloqtirishlarini buyurdi.Xizmatkor bir necha bor suvga sho’ng’idi. Keyin sochidan ushlab, kemaga tortdilar. Uch-to’rt bor suvda cho’ktirib olingan xizmatkor bir mahal kemaga yaqinlashib, ichkariga kirib oldi va bir chetda jimgina o’tirdi. Qariya qo’llagan tadbiri sultonni lol qoldirdi va:

- Bunda qanday hikmat bor? - deya so’radi podshoh.

Qariya javob berdi:

- Xizmatkor umrida suvda cho’kmagap. SHuning uchun unga kemadagi osudalik qiymati bilinmadi. Huzur-halovat, saodat va xotirjamlik shunday ne’matki, bir falokatta yo’liqmaguncha inson uning qadrini bila olmaydi.




Yüklə 161,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin