Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali



Yüklə 229,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix26.11.2022
ölçüsü229,33 Kb.
#119948
  1   2   3   4
Maxammadiyev Nortoy 1-amaliy ishi



 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH 
VAZIRLIGI 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
QARSHI FILIALI 
TT va KT FAKULTETI 
ATS 11-20 GURUH TALABASINING 
 
MA’LUMOTLAR BAZASINI TIKLASH 
 
FANIDAN 
1-AMALIY ISH
 
Bajardi:
 
 


Maxammadiyev N 
Qabul qildi:
 
 
 
 
Xujaqulov N 
 
QARSHI-2022 


Mavzu:
Ma’lumotlar bazasining axborot mantiqiy modelini qurish. 
Relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalash. 
Ma’lumotlar bazasini (MB) ishlab chiqish (loyihalash)ning asosiy maqsadi 
uning mantiqiy tuzilishini aniqlashdan iboratdir. MBni ishlab chiqish predmet 
sohasini tavsiflash asosida amalga oshiriladi. Bu tavsiflash MBga kiruvchi 
hamma ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi hujjatlar majmuini va predmet 
sohasini ifodalovchi ob’ekt va jarayonlar haqidagi boshqa ma’lumotlarni o‘z 
ichiga oladi.
MBni yaratishni uni loyihalashdan boshlash lozim. Loyihalash natijasida 
relyasion bazaning tuzilishi, ya’ni relyasion jadvallar tarkibi, ularning tuzilishi 
va mantiqiy aloqadorligi aniqlanadi. Relyasion jadvalning tuzilishi esa uning 
ustunlari tarkibi, ularning ketma-ketligi, ustun ma’lumotlarining turi va 
o‘lchami, shuningdek jadval kaliti bilan aniqlanadi. 
Predmet sohasini tahlil qilish 
Ixtiyoriy tipdagi MBni loyihalashtirishning birinchi bosqichi predmet sohasini 
aniqlash bo‘lib, u axborot tuzilmasini (konseptual sxemalar) tuzish bilan 
yakunlanadi. Bu bosqichda foydalanuvchining so‘rovlari tahlil qilinadi, axborot 
ob’ektlari va uning xarakteristikalari tanlanadi, hamda o‘tkazilgan tahlil asosida 
predmet sohasi tuzilmalashtiriladi. Predmet sohasini tahlil qilish umumiy 
bosqich bo‘lib, MB ishlashini amalga oshiradigan dasturiy va texnik 
vositalardan bog‘liq emas. 
Predmet sohasini tahlil qilishni uch pog‘onaga bo‘lish maqsadga muvofiq: 
1. Konseptual talablar va axborot ehtiyojlarini tahlil qilish; 
2. Axborot ob’ektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash; 
3. Predmet sohasining konseptual modelini qurish va MBni konseptual 
sxemasin loyihalashtirish. 
Konseptual talablar va axborot extiyojlarini tahlil qilishda qyidagi 
masalalarni hal qlish kerak: 
·foydalanuvchilarning MBga bo‘lgan talablarini tahlil qilish (konsepsial 
talablar); 
·MBdan o‘rin olishi lozim bo‘lgan axborotlarga ishlov berish bo‘yicha mavjud 
masalalarini aniqlash (tadbikni tahlil qilish); 
·kelajakda hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni aniqlash (perespektiv tadbiqni 
tahlil). 
·tahlil natijalarini hujjatlashtirish. 
Ishlab chiqarilayotgan MBga foydalanuvchilarning talablari so‘rovlar bilan 
ularning intensivligi ko‘rsatilgan ro‘yxat va ma’lumotlarning hajmidan iborat. 
MBni ishlab chiqaruvchilar bu ma’lumotlarni uning bo‘lajak foydalanuvchilari 
bilan suhbat o‘tkazish natijasida aniqlaydilar. SHu erda axborotlarni kiritishga, 
yangilashga va o‘zgartirishga bo‘lgan talablar ham aniqlanadi. Mavjud va 
perespektiv tadbiqlarni tahlil qilish natijasida foydalanuvchilar talablari 


aniqlashtiriladi va to‘ldiriladi. 
Turli predmet sohalarini tahlil qilishda so‘rovnomaning taxminiy tarkibini 
quramiz: 
1-misol. Institut talabalarini hisobga olish uchun MBni ishlab chiqish taklif 
qilinayapti. 
Predmet sohasining tahlil qilish: 
1.Institutda qancha talaba ta’lim oladi? 
2.Institutda qancha fakultet va kafedralar bor? 
3.Fakulьtet bo‘limlari va kurslari bo‘yicha talabalar qanday taqsimlanagan? 
4.O‘ar bir kursda har bir mutaxassislik bo‘yicha qancha fanlar o‘qitiladi? 
5.Institutda qancha o‘qituvchi bor? 
6.Boshqa shahardan kelgan qancha talaba yotoqxonada, xususiy xonadonlarda 
(ijarachi sifatida) yashaydi? 
8.Ma’ruza va amaliy mashQulotlar o‘tkazish uchun qancha auditoriyalar, hamda 
qancha laboratoriyalar bor? 
8.Va boshqa. 
Predmet sohasini tahlil qilishning ikkinchi poQonasi axborot 
ob’ektlarini tanlash, har bir ob’ekt uchun zarur xossalarini berish, ob’ektlar 
orasidagi aloqalarni aniqlash, axborot ob’ektlariga qo‘yiladigan cheklashlarni 
aniqlash, axborot ob’ektlari orasidagi aloqalarning turlarini va axborot 
ob’ektlarining tasifnomalarini aniqlashdan iborat. 
Masalan, axborot ob’ektlarini tanlayotganda quyidagi savollarga javob berish 
kerak bo‘ladi.: 
1.MBda saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni qanday sinflarga ajratish 
mumkin? 
2.O‘ar bir ma’lumotlar sinfiga qanday nom berish mumkin? 
3.O‘ar bir ma’lumotlar sinfi uchun qanday eng muhim tasifnomalarni 
(foydalanuvchining nuqtai nazaridan) ajratish mumkin? 
4.Tanlangan tasifnomalar to‘plamlariga qanday nomlarni berish mumkin? 
Axborot ob’ektlarini aniqlash itaratsion jarayon. U axborotlar oqimining tahlili 
va iste’molchilar bilan suhbat o‘tkazish asosida amalga oshiriladi. Axborot 
ob’ektlarning tavsifnomalari ham xuddi shu usullar bilan aniqlanadi. 
Predmet sohasining axborot ehtiyojini va tizimdan foydala-nuvchilarning 
axborot bilan ishlashdagi manfaatini hisobga olgan holda predmet sohasini 
tuzilmalashtirish uchun konseptual model qo‘llaniladi. 
Har bir MB miqyosida konseptual talablar konseptual modelda 
umumlashtiriladi. Konseptual model abstrak vositalar yordamida quriladi va 
predmet sohasidagi hamma axborot ob’ektlarini qurish imkoniyatini beradi. 
Bunda predmet sohasini qanchalik keng, aniq va chuqurroq qurishimiz biz 
tanlagan modelga bog‘liq bo‘ladi. Minimal imkoniyatlarga ega bo‘lgan model 
ma’lumotlar va ular orasidagi o‘zaro aloqalarni berish imkoniyatini ta’minalashi 
zarur. Konseptual modelning semantik quvvati uning yordamida aniqlanishi 
mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xarakteristikalarning sonini ortishiga mos ravishda 


ortadi. 
Ma’lumki, har bir model ma’lum bir cheklanishlarga ega bo‘lib, o‘zida faqat 
ma’lum bir xossalarni aks ettiradi. SHu sababli konseptual loyihalashtirish 
uchun model tanlashda, real dunyoni o‘zida to‘liq aks ettiradigan ideal modelni 
topish juda katta muammo ekanligini hisobga olish zarur. Avvalambor 
predmet sohasining xususiyatlari va MBga bo‘lgan foydalanuvchining talablari 
modelni tanlash uchun asos bo‘ladi. Boshqa muhim talab sifatida konseptual 
modelning MBBTdan boQliq emasligi, chunki u konseptual sxema qurilgandan 
so‘ng tanlanishi kerak. Predmet sohasini tahlil qilishda qo‘llaniladigan model 
xilma-xil bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 229,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin