1. Interfaol ta’lim usullarining nazariy asoslari


Mashg’ulotda foydalaniladigan vositalarga tegishli omillar



Yüklə 489,65 Kb.
səhifə8/15
tarix01.12.2023
ölçüsü489,65 Kb.
#136837
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
2-sinf ot

Mashg’ulotda foydalaniladigan vositalarga tegishli omillar:
-ta’lim vositalarining etishmasligi, ta’mirtalab yoki yaroqsiz holda bo’lishi, sifatli va zamonaviy vositalarning kamligi;
-mashg’ulot mavzusini o’zlashtirish uchun maqsadga muvofiq vositalar turlarini va sonini to’g’ri tanlamaslik;
-vositalarni mashg’ulot boshlanmasidan oldin ishga tayyorlab qo’ymaslik;
-vositalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik va boshqalar.
Xulosa qilib aytganda, interfaol mashg’ulotlarni yuqorida qisqacha bayon qilingan omillarni hisobga olgan holda tashkil qilish va olib borish bu mashg’ulotlarning sifati va samaradorligini yanada oshirishga yordam beradi.
Interfaol ta’lim va tarbiya jarayoni ishtirokchilari
Interfaol mashg’ulotlar o’ziga xos tashkiliy tuzilishga ega bo’lib, uni tashkil qilish va olib borish bo’yicha faoliyat turlari alohida ajratilgan va har biri bo’yicha alohida vazifalar shaklida nomlar berilgan. Bunda bir mashg’ulot jarayonida shu mashg’ulotni olib boruvchi bir vaqtda ushbu turli vazifalarni bajarishi ko’zda tutiladi. Shu bilan birga bir mashg’ulotni ikki yoki uch pedagog yoki yordamchilar birgalikda olib borishi ham qo’llaniladi. 3
2. Ot so'z turkumini o'rgatishda interfaol usullar
2.1 Otlarda son mavzusini o‘rganish usuli
Boshlang‘ich sinflarda grammatik tushunchani o‘zlashtirish uzoq davom etadigan va kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun ancha murakkab jarayondir. Shunga ko‘ra, o‘qituvchi boshlang‘ich sinflarda tushunchani o‘zlashtirishga oid ishlarni tashkil etishda o‘rganiladigan tushunchaning lingvistik mohiyatini, bilimlarni o‘zlashtirish jarayoning psixologik-didaktik xususiyatlarini, o‘quvchilarning nutqiy va aqliy faoliyatini rivojlanish darajasini aniq bilib olishi zarur.
Grammatik tushunchalardan so‘z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe’l) boshlang‘ich sinflarda soddadan murakkabga qarab, izchillik tizimida o‘rgatiladi. So‘z turkumlari ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqiy malakalari, kishilarning aloqa vositasi bo‘lmish tilning hususiyatlari, to‘g‘ri nutqning ahamiyati haqidagi bilimlari takomillashib boradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe`lning quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar va shu o‘rgangan belgilari asosida so‘z turkumlarini taqqoslaydilar:
Shaxs, narsa, belgi, miqdor va tartib, harakat yoki holatni bildiradigan so‘zlar;
Bu so‘zlarning qanday so‘roqlarga javob bo‘lishi;
So‘zlarni o‘zgarish-o‘zgarmasligi va doimiyligi;
Gapda qanday bo‘lak vazifasida kelishi.
O‘quvchilarni o‘rganganlariga qarab, har bir so‘z turkumining grammatik belgilari haqidagi bilimlari kengaya boradi. Boshlang‘ich sinf ona tili dasturiga ko‘ra, o‘quvchilarda so‘zlarni dastlab, javob bo‘ladigan so‘roqlariga qarab guruhlab, o‘rgatiladi. 3-sinfda ”So‘z turkumi” tushunchasi shakllantiriladi. Bunda o‘quvchilar har bir so‘z turkumiga xos ayrim belgilar: so‘z turkumining umumlashtirilgan leksik ma’nolari, otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar, ot, sifat, son va fe`lning gapdagi vazifasi bilan tanishtiriladi. 4-sinfda so‘z turkumlarining morfologik-sintaktik xususiyatlari haqidagi bilim chuqurlashtiriladi: o‘quvchilar otlarning egalik va kelishiklar bilan o‘zgarishini, sifat va sonning gapdagi vazifasini, shaxs-son va zamonni o‘rganadilar.
2-sinfda “Otlar son” mavzusi, ya’ni otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarda;
1)birlik va ko‘plikda qo‘llanilgan otlani ma’nosi va qo‘shimcha orqali farqlash.
2)birlikdagi otdan ko‘plik sondagi ot va aksincha, ko‘plikdagi otdan birlik sondagi ot hosil qilish.
3)gapda so‘zlarning bog‘lanishini hisobga olgan holda, otlardan nutqda to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi. Buning uchun bir predmetni va shunday bir necha predmetni bildiradigan otlar taqqoslanadi: Qalam-qalamlar, nok-noklar kabi. Suxbat asosida nok so‘zi nechta (1 ta) predmetni va noklar so‘zi nechta (2 va undan ortiq) predmetni bildirishni aniqlanadi. (boshqa so‘zlar bilan ham shunday ashlanadi) Oddiygina xulosa chiqariladi va umumlashtiriladi; agar otlar bir predmetni bildirsa birlikda, 2 va undan ortiq predmetni bidirsa ko‘plikda qo‘llaniladi. Ko‘plikdagi otni yasash uchun birlikdagi otga -lar qo‘shimchasi qo‘llaniladi. Birlikdagi otlar kim? Yoki nima? So‘rog‘iga, ko‘plikdagi otlar esa kimlar? Yoki nimalar? So‘rog‘iga javob bo‘ladi.
Bu sinf o‘quvchilariga faqat birlikda qo‘laniladigan otlar, birlik shaklida qo‘llangan armiya, qo‘shin, xalq kabi otlar ko‘plik ma’nosini anglatadigan ma’nosi maxsus tushuntirilmaydi. Agar o‘quvchilar bu haqda savol bersalar, sodda shaklda tushuntirish mumkin.
Otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanilishini kuzatish aslida so‘z formasi ustida ishlashning boshlang‘ich bosqich hisoblanadi. Bunda o‘quvchilar otlarni ko‘plik qo‘shimchasi bilan o‘zgartirish, ya’ni otga forma yasovchi qo‘shimcha qo‘shish bilan so‘zning leksik ma’nosi o‘zgarmasligiga ishonch hosil qiladilar.


Yüklə 489,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin