1. Interfaol ta’lim usullarining nazariy asoslari


Otlaning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanilishini o‘rganish usuli



Yüklə 489,65 Kb.
səhifə10/15
tarix01.12.2023
ölçüsü489,65 Kb.
#136837
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2-sinf ot

2.3 Otlaning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanilishini o‘rganish usuli.
2-sinfda ot ustida ishlashning asosiy vazifasi fikr bayon qilishda otning kelishik formalaridan ongli foydalanish va kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri yozishga o‘rgatish hisoblanadi.
Bu sinfda ot quyidagi izchillikda o‘rganiladi. 1. Otlarning kelishiklar bilan turlanishi haqida ma’lumot berish; 2. Ko‘plikdagi otlarning turlanishini o‘rgatish; 3. Har bir kelishikning xususiyatlarini aloxida o‘rganish va u bilan bog‘liq holda kelishik qo‘shimchalarini yozilishi haqida ko‘nikma hosil qilish.
Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi turlanishi haqida tushuncha berish bilan o‘quvchilarga kelishik qo‘shimchalari gapda so‘zlarni bog‘lash uchun xizmat qilishi, o‘zbek tilidagi 6 kelishik, ularning nomi, so‘roqlari, qo‘shimchalari va joylanish tartibi tushuntiriladi.
O‘quvchilar o‘zlashtirgan grammatik bilimlarini imloni o‘zlashtirishda foydalana olishlari uchun ishni bajarishda izchillikka katta ahamiyat beriladi. Bajarilgan ish yozib boriladi. O‘quvchilar avval gapda ot bog‘langan so‘zdan shu otga savol beradilar va savolni qavs ichiga yozadilar: keyin so‘roqqa qarab kelishikni aniqlaydilar, masalan, yashaydi (qayerda?)- qishloqda (o‘rin payt kelishigi) ular buni yaxshi o‘zlashtirgandan so‘ng mashq tez bajariladi, yozish talab etilmaydi.
Ko‘plikdagi otlarning turlanishini o‘rganishda nutqda tko‘plikdagi otlardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini takomillashtirish maqsadi ko‘zda tutiladi. O‘quvchilar suxbat yordamida bosh kelishikdagi otning so‘rog‘ini va batta predmetni bildirishini aytadilar. (nima? – kitob, kim? - o‘quvchi). O‘qituvchi agar shu ot 2 va undan ortiq predmetni bildirsa, qanday so‘roqqa javob bo‘lishini, qaysi kelishikni bildirishini so‘raydi, ular qiynalmay javob beradi (nimalar? - kitoblar, kimlar? - o‘quvchilar). Xulosa chiqariladi: ko‘plikdagi otlar bosh kelishikda kimlar? yoki nimalar? So‘rog‘iga javob bo‘ladi. O‘quvchilar otlarning kelishiklar bilan turlanishi jadvalidan foydalanib, shu otlarni ko‘plikda turlaydilar va ko‘plik qo‘shimchasi doim kelishik qo‘shimchasidan oldin qo‘shilishini, so‘roqlarini bilib oladilar.
Har bir kelishikning alohida o‘rganishning vazifasi kelishikni o‘rganish bilan bog‘liq holda kelishik qo‘shimchalarining yozilishi haqidagi malakani shakllantirish va o‘quvchilarning kelishiklar bilan turlangan otlardan ongli foydalanishlariga erishish hisoblanadi.
Kelishiklarni bilib olish maqsadida so‘roqlardan foydalaniladi. Buning uchun o‘quvchilar, birinchidan, so‘roqni otning yakka o‘ziga emas, balki gapda ot ma’no tomondan bog‘langan so‘zdan shu otga berishni o‘rganishlari, ikkinchidan, kelishiklarning so‘roqlarini yaxshi bilishlari zarur.
Kelishiklarning xususiyatlarini o‘rganishga qulaylik yaratish uchun har bir kelishikni quyidagi umumiy reja asosida o‘rganish maqsadga muvofiq: 1. Kelishiklarning grammatik asosi. 2. So‘roqlari. 3. Qo‘shimchasi. 4. Gapdagi vazifasi. Kelishiklarni shu tarzda o‘rganish ularni o‘zaro taqqoslashni yengillashtiradi va ongli o‘zlashtirishni ta’minlaydi.
Bir kelishik o‘zining muhim belgilari bilan boshqa kelishikldardan farqlanadi. Muayayn bir kelishikdagi otdar ongli foydalanish va kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri yozish uchun o‘quvchilar kelishiklarning muhim belgilarini puxta o‘zlashtirishi talab etiladi. Shuning uchun ham kelishiklarning muhim belgilarini o‘zlashtirib, bir kelishikni ikkinchisidan farqlash ko‘nikmasini shakllantirishga katta o‘rin beriladi.
O‘quvchilar qaratqich va tushum kelishigini farqlashga qiynaladilar, bir qo‘shimcha o‘rniga ikkinchisini ishlatadi. Buning oldini olish uchun ikki kelishikning ma’nosi, qo‘shimchasi, so‘roqlari va gapdagi vazifasi taqqoslanadi, suxbat asosida xulosa chiqariladi.
Boshlang‘ich sinf dasturiga ko‘ra o‘quvchilarni qaratqich va tushum kelishigida otning belgisiz qo‘llanishi bilan tanishtirish tavsiya etilmaydi.
O‘quvchilar jo‘nalish kelishigining xususiyatlari bilan tanishtirilgach, jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasining yozilishi tushuntiriladi: a) oxiri jarangsiz undosh bilan so‘zlarga jo‘nalish kelishik qo‘shimchasi –ga qo‘shilganda talaffuzda –ka eshitilishi, ammo aslicha yozilishi tovush harf tomonidan taxlil qilish bilan tushuntiriladi. b) jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi oxiri k undosh bilan tugagan otlarga –ka shaklida qo‘shiladi, oxiri q undosh bilan tugagan -qa tarzida qo‘shiladi.
O‘quvchilar o‘rin-payt kelishigining xususiyatlari bilan tanishtirilgach, kelishik qo‘shimchasida –da ning –ta bo‘lib eshitilsa ham da shaklida yoziladi.
O‘quvchilar chiqish kelishigining xususiyatlar bilan ham reja asosida tanishtirilib, ularga kelishik qo‘shimchasining yozilishi tushuntiriladi.
Kelishiklar haqidagi malakani shakllantirish ustida ishlashning samaradorliligini ta’minlaydigan shartlar maqsadga muvofiq mashq tanlash, mashq materialini asta murakkablashtira borish bilan o‘quvchilarning mustaqilligini oshirish, imloni grammatik bilimni takomillashtira borish, o‘quvchilarning nutqini o‘stirish bilan bog‘lab o‘rgatishdir.
Shunday qilib, boshlang‘ich sinflarda ot kompleks ravishda o‘rganiladi va uni o‘rganish o‘quvchilar shu so‘z turkumining belgilarini, funktsiyasini o‘zlashtirishiga, shuningdek ularda kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri yozish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratiladi.
So‘zning leksik-grammatik ma’nosi deganda, so‘z anglatadigan aniq ma’no emas, balki uning umumlashgan ma’nosi nazarda tutiladi. Masalan, uy, mars, yalpiz, hor, do‘stlik, quyon so‘zlarining muayyan aniq ma’nolari bor. Ya’ni, birinchi so‘z qurilish turi-yashash uchun qurilgan binoni, ikkinchisi, quyosh sistemasiga kiruvchi sayyorani, uchinchisi-iste’mol qilinadigan o‘simlik turini, to‘rtinchisi-tabiat hodisasining turini,beshinchisi-mavhum tushunchasi va oltinchisi – hayvon turini anglatadi.
So‘zlarning leksik-grammatik ma’nosi deganda ularning anglatadigan ma’nolari emas, balki shu so‘zlarga xos bo‘lgan umumiy ma’no-narsa yoki hodisa ma’nosi nazarda tutiladi. Narsa yoki hodisa nomini anglatuvchi so‘zlar ot deb nom olgan so‘z turkumiga kiradi. So‘zning grammatik yoki morfologik xususiyati deganda, u yoki bu so‘zga xos bo‘lgan grammatik kategoriyalar, forma yasovchi, so‘z o‘zgartuvchi affiksal morfemalar tushuniladi. Masalan, qizil, katta, ishlamoq, yotmoq, uy, daraxt so‘zlarining morfologik xususiyatlarini aniqlash lozim bo‘lsa, avval bu so‘zlar bilan ishlatiladigan forma yasovchi va so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarni aniqlash lozim bo‘ladi. Birinchi va ikkinchi so‘z-roq morfemasini olishi mumkin, lekin keyingi so‘zlar bu morfemani olmaydi. Uchinchi va to‘rtinchi so‘z –di, -ib, -gan morfemalarini olishi mumkin, birinchi, ikkinchi, beshinchi, oltinchi so‘zlar esa bu qo‘shimchalar bilan uchrashmaydi. Beshinchi va oltinchi so‘zlar kelishik qo‘shimchalarini olishi mumkin, lekin uchinchi va to‘rtinchi so‘zlar bunday morfemalar bilan uchrashmaydi. Birinchi va ikkinchi so‘z kelishik qo‘shimchalarini olishi mumkin. Lekin u holda ular otlashib ot vazifasini o‘tay boshlaydilar. Umuman olganda, so‘z o‘zgartiruvchi va forma yasovchi affiksal morfemalar ham so‘zlarni turkumlarga ajratishda katta ahamiyatga egadir.
Ma’lumki, so‘z turkumlarining gapda bajaradigan vazifasi turlicha. Ot gaplarda hamma vazifada kelishi mumkin, lekin sifatlarning sintaktik vazifalari chegaralangan. Shuni ham aytish kerakki, so‘z turkumlarining gapda bajaradigan vazifasi tillarda bir xil emas. Masalan. Ingliz tilida ot o‘zbek tilidagi singari hamma vazifalarda ishlatilavermaydi. Sifat esa ingliz tilida faqat aniqlovchi va qo‘shma ot kesimning qismi vazifalarida ishlatilishi mumkin.
So‘z yasovchi morfemalar deganda, u yoki bu so‘z turkumiga xos bo‘lgan so‘z yasovchi qo‘shimchalar nazarda tutiladi. Har bir so‘z turkumining o‘ziga xos so‘z yasovchi morfemalari bor. Biz -li morfemasini olgan so‘zni uchratsak, ikkilanmasdan uni sifat deymiz, -zo, -kor, -chi qo‘shimchalarini olgan so‘zni uchratsak, uni ikkilanmasdan ot deymiz va hokazo. Har bir tildagi so‘z turkumlarining ana shularga o‘xshagan so‘z yasovchi morfemalari bor. Masalan, ingliz tilida -ize, yoki -fy morfemalari faqat fe’lga –ment, -dom –ship, -er otga; -ous, -ful;, -less sifatga xos va hokazo.
Tabiiyki, so‘zlarning ma’nolari ularning boshqa so‘zlar bilan birikishini ta’minlaydi, masalan, ot narsa yoki hodisani anglatadi. Narsa, hodisalar ma’lum belgi va xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda ular sifatlar bilan birikadi; narsalarning ish-harakati va holati tasvirlanishi mumkin. U holda ular fe’llar bilan birikadi. Ana shunday so‘z birikmalariga qarab, biz so‘z turkumini ajratishimiz mumkin. Masalan, ingliz nemis va fransuz tillarida artikllar bilan birikkan so‘zni ko‘rsam, uni albatta ot, deyman, chunki artikllar faqat otlar bilan birikadi. so‘zlarning distribusiyasi o‘zbek tilida ham katta ahamiyatga egadir. Bu tilda ham so‘zning qaysi so‘z turkumiga taalluqligini ba’zan ularning birikmasiga qarab farqlanadi:4
Boshlang‘ich sinflarda so‘z turkumlarini o‘rganishdagi asosiy vazifa o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, lug‘atini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish, o‘quvchilarning shu vaqtgacha foydalanib kelgan so‘zlarining ma’nosini aniq tushunishiga erishish, bog‘lanishli nutqda so‘zlardan to‘g‘ri foydalanish malakasini o‘stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida ma’nodosh, turli ma’noni bildirgan so‘zlar ustida muntazam ishlab boriladi. O‘quvchilar ko‘p ma’noli so‘zlar, ularning o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta’limni o‘quvchilarning shaxsiy tajribalari, bevosita ko‘rganlari, eshitganlari, kitobdan o‘qiganlari bilan bog‘lash muhim ahamiyatga ega. Kichik yoshdagi bolalarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko‘nikmalarini shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir qatorda, ularning nutqini o‘stirish vazifasi ham amalga oshiriladi.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili fanida o‘quvchilarni og‘zaki va yozma nutqini har jihatdan shakllantirish ta`lim sohasidagi barcha pedagogik fanlar bilan bog‘langan holda amalga oshiriladi va ana shu fanlarni to‘liq o‘rganishga tayyorlaydi. Bu jarayonda o‘quvchilarga ta`lim-tarbiya berish bilan birga barkamol shaxsni shakllantirishga zamin hozirlanadi. Barkamol shaxsni shakllantirishda albatta, o‘quvchilarni tanqidiy fikrlashga o‘rgatish katta samara beradi.
Ona tili darslarida so‘z turkumlarini o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishga zamin yaratuvchi, quyidagi berilgan didaktik topshiriqlar fan bo‘yicha bilimlarni mustahkamlaydi, shu bilan birga pedagogikadagi fanlararo bog‘liqlik masalasini ham ijobiy hal qiladi:
1-topshiriq: berilgan beshta so‘zdan to‘rttasi bitta umumiy belgiga ega. Beshinchi so‘z ularga mazmunan mos kelmaydi. Uni topib belgilang. Tanlangan so‘zingiz raqamini javob varaqasiga yozing. Faqat bitta so‘zni va raqamni belgilang.
1.a) yurmoq; b) sakramoq; v) raqs tushmoq; d) o‘tirmoq; g) yugurmoq.
Bu yerda to‘rtta so‘z harakatni, faqat bittasi – o‘tirmoq harakatsizlikni bildiradi. Shuning uchun u ortiqcha.
2-topshiriq: juft so‘zlar berilgan. Ular uchun umumiy xususiyatni ifodalaydigan so‘zni toping. Bunda mavjud barcha umumiy xususiyatlardan imkon qadar shu ikki narsaga eng yaqin va xos xususiyatni topib yozish kerak. javobingizni so‘zlar juftligining yoniga yozing.
Misol: Archa-qarag‘ay; to‘g‘ri javoblar: “daraxtlar”, “doimiy yashil o‘simliklar”, “ninabargli daraxtlar”. Eng to‘g‘ri javob: “ninabargli daraxtlar”.
Otni o‘rgatish metodikasi. Boshlang‘ich sinflarda “OT” so‘z turkumini o‘rganish tizimi aniq izchillikda, bir-birini to‘ldirgan holda, berilayotgan bilim va mashqlar asta soddadan-murakkabga qarab maqsad tomon yo‘naltiriladi. Bu jarayonda o‘quvchilar otdan to‘g‘ri foydalanish va to‘g‘ri yozish malakasini shakllantiriladi.
Otning til hodisasi sifatidagi xususiyatlari, uni o‘rganish vazifalari, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun beriladigan material hajmi, ularni o‘rganish izchilligi belgilangan.



Yüklə 489,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin