2. Gidrometeorologik hodisalar xavfi yuqori bo‘lgan zonalar (“O‘zgidromet” markazi): xavfli zonalarning nomi;
O‘rnashgan joyi (viloyat, tuman);
gidrometeorologik hodisalarning ustunlik qiluvchi turi;
xavfli gidrometeorologik hodisalarning yuzaga chiqish zonalarining va zaralanishning mumkin bo‘lgan maydonining o‘lchamlari;
kadastr kartalari (xavfli gidrometeorologik hodisalar vujudga kelishi mumkin bo‘lgan zonalar hisobga olingan);
xavfli gidrometeorologik hodisalarning ta’sir qilish zonasida joylashgan ob’ektlar ro‘yxati;
3. Seysmik xavf yuqori bo‘lgan zonalar (Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti): seysmik xavf mavjud bo‘lgan zonaning nomi;
seysmik xavf mavjud bo‘lgan zonaning makoniy joylashuvi va tavsifiy o‘lchovlari;
seysmik xavf turining ustunlik qiluvchi turi (vujudga kelgan zonasi, tebranish zonasi, turli xildagi seysmik dislokatsiyalarning holatlari);
zilzilalar katalogi;
kuchli zilzilalarning manbaviy (pleystoseystli) mintaqasi; seysmogen zonalarning va seysmik tebranishlar ta’sir qilish zonalarining 1:1 000 000 masshtabdagi joylashish kartasi, va alohida hududlar uchun 1:500 000, 1:200 000 masshtablarda.
26-Ma’ruza: Texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastrini yuritish tartibi
NORMATIV HUQUQIY BAZASI
1. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonuni (15.12.2000 yil № 171-II)
2. O‘zbekiston Respublikasining "Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida"gi Qonuni
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT)ni yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”
4. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida Nizomi”ni tasdiqlash haqidagi 2005 yil 30 iyundagi 152-son qaroriga 7-ilova.