Dermografizm
- bu teri yuzasida biron-bir narsa bilan harakat qilinganda, uning izini
tushib qolishini anglatadi. Nevrosteniyaning ikkinchi bosqichida, sportchi umumiy
holsizlik, toliqish, kunduzgi uyquchanlik va kechasi uyqusizlik, mashqlarga qatnashishni
xohlamaslik, lanjlik, fikrini bir joyga to`play olmaslik, sustlashganlikka shikoyat qiladi.
Unda adinamiya va apatiya holatlari rivoj topadi.
Adinamiya
- quvvatsizlik,
bedarmonlik boiib, nerv-ruhiy kasalliklarda ro`y beradi.
Apatiya
- irodaning susayishi
oqibatida hayotga, voqeliklarga beparvo boiish, yuzaki qarashni anglatadi. Kasallik
manzarasida asabiy shikastlovchi omillar va o`ta toliqishlar mavjud boiadi. Isterik
nevroz sportchilarda ko`pincha, asabni shikastlovchi sharoitlarda vujudga keladi. Uning
alomatlari turlicha bo`lishikuzatiladi: ularda yo harakatni izdan chiqishi, yo sensor, yo
vegetativ, yo asabiy o‘zgarishlar ustuvorlik qilishi mumkin. Harakatning izdan
chiqishida bemorlar qaltirab, yerda dumalab, oyoq va qo6llarini harakatga keltirib,
yoyib, yoy boMib egilib, oh-voh qilib, o‘z qoMlarini tishlaydi va boshqalar. Sensorni
izdan chiqishi, sezgi tuyg‘usining va ogcriqlarni sezishning pasayishi bilan kechadi.
Vegetativ izdan chiqishlarda kekirdakning ustki bo`lagi bo‘lgan hiqildoqni bocgich
sezgisi, go‘yoki havoning yetishmasligi, xushdan ketish va boshqa alomatlar namoyon
bo`ladi. Asabning izdan chiqishi-depressiya, xushning kechki qorongu1ashuvi, ko`zga
tashlanadigan stupor holati va boshqa belgilarga ega boladi.
Depressiya -
bu ruhiy
tushkunlik, harakatning susayishidir.
Stupor
- bu bosh miya po‘stlog‘idagi harakat
bo‘limlarining susayishi bo‘lib, bu holatga tushgan kishi serrayib, qotib qolgandek
baqrayib turaveradi. Isterik huruj bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etishi
va to‘satdan eshitilgan tovush, yengil shapatilash, sovuq suv purkash va boshqa tashqi
omillar yordamida barham topishi mumkin. Vasvasa ko‘rinishidagi nevroz, turli xildagi
belgilar bilan ifodala- nadi. U - noxush fikrlar, tasavvurlar, yoqimsiz hayollar, shubhalar,
vahimalar bemor hayolidan ketmasligi, ularga nisbatan tanqidiy qarashning yo‘qligidir.
Sportchi uni muntazam ravishda turli og‘riqlar taqib qilayotgani, texnikaning kerakli
zarrachalarini - ko‘nikmalarini bajara olmasligi, qandaydir kasallik oldida qo‘rquvni his
qilish va boshqa shikoyatlarni izhor qiladi. Vaholanki, sportchining o‘zi shikoyatlarini
asossizligini biladi.
Psixosteniya
- vahimali tuyg‘ular bilan ifodalanadi. Psixosteniya -
odamlaming ifodasiga oid holat bo‘lib, bolalikda somatik kasallik bilan og‘rish va
boshqa bir muncha shu kabi sabablar oqibatida vujudga kelgan ruhiy zaiflik. Glinushkin
ta’rifiga binoan, psixosteniyaga xulq-atvorning mujmalligi, biron-bir masalani hal
qilishda ikkilanish, tortinish, arzimagan hodisalarga doimo vahima qilish xillari
kiradi.Psixosteniyani sportchilarda kelib chiqishida, asabiy jarohatlar - shikastlanishlar
muhim ahamiyat kasb etadi. Spfcrtchilar bo‘lishi mum- kin bo‘lgan ko‘ngilsizliklardan
xavsiraydilar, qilgan harakatlarini to‘grilashga shubha qilishadi, doimo yomonlikni
kutishadi, uyatchan, passiv boclishadi. Tekshiruv chog‘ida vegetativ izdan chiqishlar
aniqlaniladi.
|