Burchak o'lchash asboblari Reja



Yüklə 5,8 Mb.
səhifə62/65
tarix26.11.2023
ölçüsü5,8 Mb.
#135079
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Burchak o\'lchash asboblari

Tuzilishi

H1

eng aniq

1 klass ni
velirlashda

±0,5 mm 1 km da
(to‘g‘ri va teskari
yurishda)

adilakli






















N2

«

II «

±1 mm «

«

NS2

«

«

« «

o‘zicha o‘rnashuvchi

N3

aniq

III «

±4 «

adilakli

NS3

«

« «

« «

o‘zicha o‘rnashuvchi

NS4

«

IV «

±8 bir yurishda

« «

NT

texnikaviy

texnikada

±15 «

adilakli

NTS

«

«

« « «

o‘zicha o‘rnashuvchi

NLS

«

«

±30 »

qiya nurli

Kompensatorli nivelir shifriga K harfi qo‘shiladi. Masalan, N—05K, N—3K, N—10K kabi. N—3, N—10 va N—10K nivelirlari ham gorizontal burchak o‘lchash uchun limbli qilib ishlangan, ularning shifriga L harfi qo‘shiladi. Masalan, N—10KL (N—10 nivelirli kompensatorli, limbli). GOST 10528-76 ga binoan, nivelirdagi iplar to‘ri 16.5-shakldagicha ishlanib, N—3 va N—10 da gorizontal ip uchlari aylanadan radiusning kamida to‘rtdan bir qismicha qochib turadi.


Rossiyada chiqadigan nivelirlar bilan bir qatorda, boshqa davlatlarda chiqariladigan Ni025, Ni050, Ni—007 (Germaniyadagi «Karl—seyse» firmasi), Ni—A3, Ni—B3, Ni—V4, NiV6 (Vengriyadagi MOM zavodi), Aga firmasi chiqargan kompensatorli lazeraviy «Geoplan 300» kabi nivelirlar ham ishlatiladi.
Keyingi vaqtda nivelirlash ishlarida LN—56 shifr-li (lazeriy nivelir) va LV—5 shifrli (lazeriy vizir) asboblar ham ishlatilmoqda.

15.5-shakl.
Nivelir asosan taglik, silindrik adilak va ko‘rish trubasidan iborat bo‘lib, ilgari bu bo‘laklarning bir-biriga bo‘lgan munosabatiga qarab: quyma, adilak va trubasi taglikdan olinadigan, trubasi olinib, adilagi taglikda turadigan nivelirlarga bo‘lingan. Hozirgi nivelirlar quyma qilib chiqariladi. Bularda adilak, truba va taglik bir-biridan ajralmas qilib ishlangan bo‘ladi. Nivelirlar yordamida sanoq maxsus ishlangan nivelir reykalaridan olinadi.
Nivelir reykalari va sanoq olish. GOST 11158-76 ga binoan nivelir reykalarn RN-05, RN-3 va RN-10 kabi belgilar bilan chiqariladi. Bu belgilashdagi oxirgi, raqam—1 km dagi nivelirlash xatosining qiymati. RN-05 bir tomonli shtrixli bo‘lib, I, II klass nivelirlashda ishlatiladi. RN-3 ikki tomonli, shkalali bo‘lib, III va IV klass nivelirlashda ishlatiladi. RN-10 texnikaviy nivelirlashda qo‘llaniladi. GOST 15095-69 ga ko‘ra PH1, PH2, RN3, RN4 va RNT belgili reykalar ham chiqariladi. Reykalar 1500, 3000 va 4000 mm li bo‘ladi. RN-10 da 4000 mm li reyka ishlatiladi. Reykalar yig‘ma (16.6-shakl, e) va butun (16.6-shakl, a) qilib ishlanadi. Yig‘ma reyka belgisida S harfi qo‘shib yoziladi. YOzuvlar to‘g‘ri va teskari bo‘ladi. To‘g‘ri reyka belgisiga P harfi qo‘shiladi. Masalan, RN-3P 4000 S, ya’ni (III) klass nivelirlashda ishlatiladigan, to‘g‘ri, 4000 mm li nivelir reykasi, yig‘ma. Markaga osiladigan reyka 1200 mm li bo‘lib, u osma reyka deyiladi (16.6-shakl, g).

15.6-shakl. Nivelir reykalari, bashmaklar, temir qoziq;
a—reykaning qora tomoni, b— va v—qizil tomoni, g—osma reyka, d—va e—bir tomonlama qo‘shaloq reykalar, j, z—bashmaklar, i—temir qoziq (kostil).
Texnik nivelirlarda butun va yig‘ma reykalar ishlatiladi; ularning bo‘yi 2—4 m, eni 8—10 sm, qalinligi 2—3 sm bo‘ladi va quruq qarag‘aydan yasaladi. Reyka bir tomonli yoki ikki tomonli bo‘ladi. Bir tomonli reykada yozuv va bo‘laklar bir tomonda bo‘lib, har metr oralatib qizil va qora rangda yoziladi. Ikki tomonli reykaga bir tomonga yolg‘iz qora rangda, ikkinchi tomoniga esa qizil rangda yoziladi. SHunga ko‘ra, bu tomonlar reykaning qora va qizil tomonlari deb yuritiladi. Qora tomonda reyka tagidan boshlab, santimetrli oq va qora bo‘laklarga bo‘linadi. 3 m li reykada yozuvlar 0 dan boshlanib, 3000 da tugaydi. Bo‘laklarning har detsimetri E shaklidagi belgidan boshlanadi va qiymati dm birlikda yoziladi. Har metr 10 detsimetrga, detsimetr 10 sm ga bo‘lingan. Bir bo‘lak (shashka) qiymati 1 sm. Qizil tomonda yozuvlar 0 dan boshlanmay, balki boshqa bir katta sondan, masalan, 4687 mm dan (butun reykada) yoki 4468 mm dan (yig‘ma reykada) boshlanadi. 15.6-shaklda 4800 va 4700 dan boshlangan. Bu reykalar juft reykalar deyiladi. Truba teskari tasvir berganidan reyka yozuvlari teskari bo‘ladi. Qora va qizil tomon sanog‘i 100 mm ga farq qiladigan reykalar ham ishlatiladi. Ba’zan qora va qizil yozuvlar reykaning bir tomonida bo‘ladi. Ba’zi reykalarda qora va qizil tomon yozuvlari 0 dan boshlanadi, lekin qizil tomon bo‘laklarining qiymati 1 sm emas, balki 1,1 sm bo‘ladi. Sanoqlar tekshirilganda qizil tomon sanog‘i 1,1 ga ko‘paytiriladi.
Reykadan sanoq olish. Nivelirlashda reykalar ezilmaydigan qattiq joy yoki erga mustahkam qoqilgan yog‘och yoki temir qoziqlar ustiga vertikal holda qo‘yiladi. Nivelir yo‘lini punktlarga bog‘lashda erga qoziq qoqilmay, ko‘tarib yurib kerakli joyga qo‘yiladigan maxsus moslama (bashmak) (16.6-shakl, j, z) ustidagi bo‘rtmaga qo‘yiladi. YUmshoq joylarda nivelirlashda erga kostil deyiladigan muvaqqat temir qoziq qoqiladi (15.6-shakl, i).
Texnikaviy nivelirlashda reyka bo‘laklaridan sanoq to‘rning o‘rta ipidan millimetr aniqligida olinadi. Bunda ko‘rish maydonining tepasidan pastga tomon o‘rta ipgacha avval yozuvli metr va detsimetr, keyin yozuvsiz santimetr bo‘laklarining soni aniqlanadi, oxirda santimetrning o‘ndan biri ko‘zda chamalab olinadi. Shakl bo‘yicha tt1 dagi sanoq 1770 mm.

Yüklə 5,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin