Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə40/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

5.4. Yo’lovchi inshootlari


Yo’lovchi haraktiga xizmat ko’rsatish uchun yo’lovchi binolari, platformalari va ularni o’zaro bog’lovchi o’tish yo’laklari, hamda qo’shimcha inshootlar (bagaj omborxonalari va boshqalar) quriladi. Yo’lovchi binolari odatda 25, 50 100 va 200 yo’lovchi sig’adigan qilib namunaviy loyiha asosida quriladi. Yo’lovchilar uchun xonalar, bekat boshlig’i, bekat navbatchisi (strelka va signallarni boshqarish pultlari bilan) va boshqa maishiy va xizmat xonalari joylashadi. Bekat navbatchisi xonasini joylashtirishda bekat yo’llarining va manevr harakatlarining yaxshi ko’rinib turishi va xonadan to’g’ridan-to’g’ri platformaga chiqish imkoniyati bo’lishi kerak. Yangi qurilayotgan raz’ezd, quvib o’tish punkti va oraliq bekatlarida bekat binolari bosh yo’l o’qidan kamida 20m, tez yurar harakat yo’llarida esa 25m dan kam bo’lmasligi kerak. Ushbu talablar bajarilganda yo’lovchi binosi tomonidan qo’shimcha yo’l qurish va zaruriy platforma kengligini ta’minlash imkoniyati saqlanib qoladi.
Kichik bekatlarda odatda iz sathidan balandligi 0,2m past platformalar quriladi.
Zinasiz (bez podnojek) motorvagon harakat tarkibi yuradigan joylarda balandligi 1,1 m platformalar qurilishi kerak. Oraliq bekatsidagi platformalar uzunligi muomaladagi yo’lovchi poezdlar uzunligidan kam bo’lmasligi kerak.
Uzaytirilgan yo’lovchi poezdlari yuradigan bekatlarda yo’lovchi platformalar tegishli ravishda uzaytirilishi kerak. Uzaytirilgan yoki qo’shma yo’lovchi poezdlari yuradigan yo’llarda boshlang’ich davrlarda shu poezdlar o’tadigan yo’llarda platformalar qurilishi, yoki yo’l oralig’i asfaltlanishi mumkin. Asosiy yo’lovchi platformasining yo’lovchi binosi oldidan kengligi 6 m (qiyin sharoitlarda 5 m), qolgan uzunligida esa 3-4 m. dan kam bo’lmasligi kerak. I va II darajali yo’llarda past platformalar kengligi kamida 4 m , poezga chiquvchi yo’lovchilar 25 dan oshmasa, hamda III va IV darajali yo’llarda kamida 3 m olinadi. Baland platformalar odatda 6-8 m. kenglikda, yo’lovchi ko’priklaridan tushish yoki tonellarga kirish hisobini olib quriladi.
Yo’lovchilarning binodan past platformalarga o’tishi uchun va bagajlarni oraliq platformalarga o’tkazish uchun iz sathi balandligida o’tish yo’llari (nastil) quriladi. O’tish yo’llarining soni kamida 2 ta va kengligi 3 m dan kam bo’lmasligi kerak.
Yo’lovchilar oqimi katta bo’lgan oraliq bekatlarida oraliq platformalari yo’lovchi binosidan uzoqda, yuk poezdlari yo’llaridan keyin joylashgan bo’lsa, u holda piyoda ko’priklari yoki tonnellar quriladi.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin