Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə46/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

7.6. Tugun uchastka bekatlari

Bekatga uch va undan ortiq yo’nalish yo’llari kelib qo’shilsa tugun uchastka bekatlari yuzaga keladi.


Oddiy uchastka bekatsiga uchinchi yon tomon yo’nalishi qo’shilishida tugun uchastkasi hosil bo’lib, bunday bekatda bosh yo’llar soni ko’payadi. Yon yo’nalish yo’lining ulanishi asosiy vagonlar oqimi yo’nalishiga mos kelishiga e’tibor qaratish kerak.
Yon yo’nalishning qo’shilish tomoni va joyini tanlashda bekat bo’ylab tranzit yuk va yo’lovchi poezdlari o’z yo’nalishini o’zgartirmasdan o’tishiga erishish yoki yo’nalishini o’zgartiruvchi burchak osti poezdlar sonining kam bo’lishiga erishish kerak.
Tranzit poezd o’z yo’nalishini o’zgartirganda, lokomotiv poezdning orqa tomonidan ulanadi. Bundan tashqari poezd tarkibidagi vagonlarning joylashuvida ham (ayniqsa, yuqori darajadagi nogabarit yuklar bo’lganda) ayrim o’zgarishlar, joyini almashtirish, poezd hujjatidagi vagonlarning joylashuv tartibi o’zgarishi mumkin.
Buning uchun iqtisodiy izlanishlar asosida yangi (V yo’nalishidan A va B tomonga o’tuvchi poezdlar harakat miqdori aniqlanadi va ulardan eng kam burchak yo’nalishini ta’minlovchi variant (I yoki II)) tanlab olinadi. Rasmda ko’rsatilgan chizma uchun qulay variant I.
Ayrim hollarda burchak yo’nalishli poezdlar oqimi o’ng va chap tomondan birday taqsimlanishi mumkin. Bunday holda qulay variant texnik iqtisodiy taqqoslashda yangi yo’nalishdan kelish yo’lining qurilish harajatlarini, poezdlarning har bir kelish yo’lidan yurish harajatlarini hisobga olgan holda tanlanadi.
Yo’lovchi poezdlarida vagonlarning tartib raqami o’zgarib keyingi bekatlarda ko’tuvchilar uchun chalkashliklar yuzaga kelishi mumkin.
Tugun uchastka bekatlarining chizmalari bekatga kelib ulanadigan qo’shimcha yo’nalishlar va shu yo’nalishlardagi bosh yo’llar soniga, yo’lovchi, tranzit poezdlar va qayta ishlanadigan vagonlar oqimiga va ularning yo’nalishiga bog’liq bo’ladi.
Shu qatorda chizmalar tuzilishiga mavjud maydon uzunligi, yangi yo’l joylashganligi va boshqalar ham ta’sir ko’rsatadi.
Tugun uchastka bekatlarida kelish yo’llariga ulanishi va ularning kesishuvlari, yuk poezdlari parklarining ixtisoslanishi, bekat bo’g’izlarida barcha yo’nalishlardan poezdlarni baravariga qabul qilish yoki jo’natish xavfsizligini ta’minlash masalarini to’g’ri hal etilishining ahamiyati katta.
Parklarning bunday ixtisoslanishida IIa bosh yo’lli ko’prikli yo’l o’tkazgichi bilan dastlabki bosqichda qurish maqsadga muvofiq bo’ladi, va V, G yo’nalishi poezdlari uchun xizmat qiladi.
Ikkinchi bosh yo’l yo’lovchi poezdlarini qabul qilish va jo’natish uchun xizmat qiladi. Burchak osti trazit poezdlari (misol A dan V ga yoki B dan G ga) to’g’ridan-to’g’ri qabul qilingan yo’ldan jo’natiladi.
7.7,b rasmdagi chizmada V, G yo’nalishining kelishi o’zgarganda yuzaga keladigan ko’prikli o’tkazgich va bekat bo’g’izidagi o’zgarishlar ko’rsatilgan. IIa va IIIa bosh yo’llarining ko’prikli kesuvlari uchun maydon ajratilishi mo’ljallangan.

Rasm 7.7. Bir yo’llik liniyalarda tugun uchastka bekatsining chizmasi


Ikki yo’lning bir yoki ikki yo’l bilan kesishgan joylardagi uchastka bekatlarining tuzilishi murakkab bo’ladi. Agar bekat maydoni uzunligi chegaralangan bo’lib faqat bir yo’llik temir yo’llar kesishsa yoki faqat bir yo’nalish kelganda bekat tuzilishi soddaroq bo’ladi.


Agar bekat maydoni uzunligi bo’yicha chegaralangan bo’lsa, V G yo’nalishi ikki yo’llik qilib o’zgartiriladigan bo’lsa, bunday hollarda bo’ylama (rasm 7.8) yoki yarim bo’ylama (rasm 7.9) turdagi chizmalarni qo’llashga tavsiya etiladi 7.8,a rasmdagi bo’ylama turdagi chizmada parklar ma’lum yo’nalishdagi poezdlar bilan ishlash uchun ixtisoslashgan: jumladan park I A, V yo’nalishidan tranzit poezdlarni qabul qilib B, G ga jo’natish uchun park II tranzit B, G dan qabul qilib A, V ga jo’natish uchun ixtisoslashgan.

Rasm 7.8. Ikki yo’llik to’rt yo’nalishlik bo’ylama turdagi tugun uchastka bekatsining chizmasi

Rasm 7.9. Ikki yo’llik to’rt yo’nalishlik yarim bo’ylama turdagi tugun uchastka bekatsining chizmasi

Yagona umumiy saralash parki bo’lganda B va G yo’nalishdan qayta ishlash uchun keladigan poezdlarni I chi parkning quyi qism yo’llariga parklarning ixtisoslanishi, bekat bo’g’izlarida barcha yo’nalishlarda poezdlarni barnavariga qabul qilish yoki jo’natish xavfsizligini ta’minlash masalalari to’g’ri xal etilishining ahamiyati katta.


Bekat bo’g’izidagi bir vaqtda bajarilishi mumkin bo’lgan harakatlar soni shu bo’g’izidagi bosh yo’llar sonidan kam bo’lmasligi hamda shu bo’g’izda mavjud bo’lgan manevr tortish yo’llarida ishlash imkonini berish kerak. Tugun uchastka bekatlarini chizmalari tugun bo’lmagan oddiy uchastka bekatsi kabi barcha yo’nalishlar uchun birlashtirilgan parklarga ega bo’lmaydi (7.8 rasm).
7.9 rasmda ko’rsatilganidek ikki kesuvchi AB va VG bir yo’llik uchastkalar kesishuvida joylashgan to’rt yo’nalishli tugun uchastka bekatsining chizmasida vagonlar oqimi ikki yo’nalishga ajralishi mumkin (masalan A dan B va G ga, V dan B va G ga va hokazo). Ko’prikli yo’l o’tkazgichlari orqali keladigan IIa, IIIa qo’shimcha bosh yo’llar bekat rivojlanishining birinchi navbatda talab bo’lmaydi. Lekin kelajak uchun bu yo’llarga joy ajratish lozim.
Agar vagonlar asosan B va V, G ga bo’lsa u holda, parklarni yo’nalish bo’yicha ixtisoslash kerak. Bunday holda park 1 AB yo’nalishiga park 2 VG yo’nalishiga xizmat qiladi.
Yarim bo’ylama turdagi (7.9 rasm) chizmada ikkinchi parkdan to’g’ridan-to’g’ri birinchi park va s parkga o’tish imkoniyati yo’q. Ushbu parklar orasidagi aloqa yo’lovchi yo’llari va A tomondan tortish yo’li orqali bajarilishi mumkin. Bunday chizma bekat maydoni etarli bo’lmaganda bo’ylama turdagi bekat o’rnida qo’llanishi mumkin, yoki mahalliy sharoitlar sababli bekatni uzaytirish imkoni qiyin bo’lganda ham qo’llanilishi mumkin.
Bosh yo’llar kelishini yo’nalishlar bo’yicha echib, bo’ylama va yarim bo’ylama turdagi chizmalarga o’tish, ikki yillik uchastkalarda tugun uchastka bekatsining poezd o’tkazish qobiliyatini va harakat xavfsizligini ta’minlash imkoniyatlarini oshiradi.
7.10 rasmda keltirilgan saralash parki qabul- jo’natish parklari orasida joylashgan tugun uchastka bekatsining o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, bekat qayta ishlanuvchi poezdlar harakati katta bo’lganda qo’l keladi.

Rasm 7.10. Saralash parki oraliqda joylashgan tugun uchastka bekatsining chizmalari

7.10,a chizmadagi bekat ikki ko’rinishda qo’llanilishi mumkin. I –variant -IV a va II b yo’llari bo’lmagan holat va II - variant ushbu yo’llar bo’lgan xolat . Ikkita variantda ham B va G yo’nalishidan A va V yo’nalishida o’tkaziladigan tranzit yuk poezdlari uchun o’tkaziladigan tranzit yuk poezdlari uchun III qabul- jo’natish parkini qurish maqsadga muvofiq bo’lib, ushbu park I va II parklarga nisbatan yarim bo’ylama yoki bo’ylama turda joylashishi mumkin. Har qanday holatda ham bunday parkning qurilishi bekat ichida sodir bo’ladigan poezd harakati yo’llaridagi kesishuvlarni ancha kamaytiradi.


I variantda (IV a va IV b yo’llari yo’q) III va IV bosh yo’llar ikki tomonlama harakat uchun mo’ljallangan bo’lib: III yo’l bo’ylab faqat G dan kelayotgan yo’lovchi va tranzit poezdlari o’tib qabul qilish tavsiya etiladi. Chunki bunday qabul qiliayotgan poezdlar qisqa vaqt davomida bekatning markaziy bo’g’zini egallaydi va ushbu poezdlarni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni bajarish bekatlaridagi poezdlar harakatiga xalaqit bermaydi. Staentsiya da yangidan tuzilib A va B yo’nalishida jo’natish lozim bo’lgan poezdlarni I chi park yo’lidan, yoki to’g’ridan-to’g’ri (s) saralash parki yo’lidan jo’natish mumkin.
Ushbu bo’ylama turddagi bekat bo’g’izlari barcha to’rt yo’nalishdan bir vaqtda poezd qabul-qilish yoki ularga poezd jo’natish imkonini beradi. Bundan tashqari burchak osti yo’nalish tranzit poezdlarini to’g’ridan-to’g’ri qabul parki yo’llaridan jo’natish ham mumkin (7.9 rasm)
Ushbu tizimda bo’ylama turdagi tugunsiz uchastka bekatsi kabi juft yo’nalishdagi tranzit poezdlarni qabul qilish va jo’natish yo’llari bosh yo’llar bo’ylab toq yo’nalishdagi yo’lovchi poezdlari harakati bilan kesishmaydi, ammo ushbu chizma o’zaro kesishuvchi bracha harakat yo’llarini bartaraf etmaydi. Masalan V dan yo’lovchi poezdlarini 3 chi bosh yo’l bo’ylab qabul qilish A dan yuk poezdlar qabul yo’lini kesib o’tadi.
Bekatda tranzit poezdlarida almashadigan lokomotivlar soni juda ko’p bo’lsa, markaziy bo’g’izning poezd va lokomotiv harakatlari bilan bandligi ko’payib ketadi va harakatlar to’tilishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda markaziy bo’g’izning o’tkazish qobiliyatini tekshirish xisoblarini bajarish lozim bo’ladi. Ushbu markaziy bo’g’izni engillashtirish uchun I a aylanma bosh yo’l B yo’nalishida poezdlarni jo’natish uchun qurilishi mumkin. Ayrim hollarda IVa qo’shimcha bosh yo’l qurilib park II dan A, V yo’nalishida poezdlar jo’natish uchun xizmat qilishi mumkin.
IVa va IVb yo’llari qurilganda III va IV bosh yo’llarida faqat bir tomonlama harakat saqlanib qolib IVa va IVb yo’llariga B-G yo’nalishidagi yo’lovchi poezdlar harakati va G dan I park yo’llariga qayta ishlash uchun qayuul qilinadigan yuk poezdlari o’tkaziladi. IVa va IVb yo’llarini qurish V, G yo’nalishida yo’lovchi poezdlari harakati ko’payganda va II boshyo’l qurilganda tavsiya etiladi.
Saralash parkining oraliq joylashuvi ushbu parkning I va II qabul- jo’natish yo’llari parklari bilan bog’lashni engillashtirida va A dan yuk poezdlarini qabul qilish uchun II a qo’shimcha yo’l qirilishni, hamda B ga jo’natish uchun II b yo’l qurilishini talab etadi. II parkdan poezd lokomotivlarininng o’ytish yo’li uzayadi. Saralash parkidan mahalliy vagonlarni yuk xovlisiga olib borish va olib kelish yo’llari, yuk poezdlarini jo’natish yo’llarini kesib o’tadi.
Yo’lovchi yo’llari va inshootlari shuningdek qabul-jo’natish yo’llari orasida joylashgan saralash parki o’zaro ketma-ket joylashgan (7.10,b rasm) chizmada poezdlar harakatidagi kesishuvlar eng kam bo’ladi bunda punktlar bilan ko’rsatilagan ikiinchi bosh yo’l tez yurar yo’lovchi poezdlari harakati yoki A-B yo’nalishida bekatdan to’xtamay o’tuvchi tez yurar poezdlar ko’p bo’lganda punktlar bilan ko’rsatilagan qo’shimcha parklarning tashqi tomonidan qurish mumkin bo’ladi: IV park A va V yo’nalishidagi tranzit poezdlari uchun III park G va B yo’nalishidagi tranzit poezdlari uchun mo’ljallanadi. Ushbu chizmada lokomotiv xo’jaligi mahalliy sharoitlarga qarab 1 chi park va yo’lovchi inshootlari orasida ham joylashishi mumkin.
G-V yo’nalishida yo’lovchi va tranzit yuk poezdlari harakati ko’p bo’lganda IV b yo’l bilan ko’prikli kesishuvlarni qurish mumkin bo’ladi.
Inshootlari ketma-ket joylashgan bunday bekatlarni qullash asosan mahalliy sharoitlarga qarab shaharni rejalashtrishda katta miqdorda vagonlar qayta ishlanganda qo’llanilishi mumkin. Ayrim holatlarda 7.8 – 7.10 rasmlarda keltirilgan tugun uchastka bekatlariningg xizmatlari to’g’ri poezdlar oqimi bilan birga burchak osti yo’nalish tranzit poezdlarini ham o’tkazish kerak bo’ladi. 7.8-7.9 rasmdagi chizmalarda barcha burchak osti proezdlari, hamda boshqa chizmalardagi burchak osti pozdlarining ko’pchiligi o’z yo’nalishi bo’yicha qabul qilinib shu erdan jo’natiladi. 7.9 rasmdagi chizmada esa B-G yo’nalishidagi burchak osti poezdlarini quyi qismiga qabul qilish tavsiya etiladi. 7.10 a rasmdagi chizmalarda esa V-A yo’nalishdagi burchak osti poezdlari I park yo’llariga qabul qilinadi. 7.10 b rasmdagi chizmada esa B-G va G-V yo’nalishdagi burchak osti tranzit poezdlariga III park yo’llari xizmat qiladi. burchak osti tranzit poezdari bunday poezdlarining yo’nalishini o’zgartirmay o’tkazish uchun bekatga kelish oldida maxsus bog’lovchi yo’llar qurilishi mumkin.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin