Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi


Bekatlarda shoxobcha yo’llarning ulanishi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə49/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

8.3. Bekatlarda shoxobcha yo’llarning ulanishi

Uchastka bekatlarining atrof hududlarida ko’pincha o’z boshobcha yo’llariga ega bo’lgan har xil korxonalar va omborxonalar joylashgan bo’ladi. 8.2 rasmda yarim bo’ylama turdagi uchastka bekatsiga boshobcha yo’llarining ulanish variantlari ko’rsatilgan. Ulanish variantini tanlash asosan korxona maydonchasining yoki omborxonasining bekatga nisbatan joylashuviga, ushbu bekatda yo’lovchi va yuk poezdlari harakat miqdoriga hamda boshobcha yo’l bo’ylab vagon aylanmasiga bog’liq bajariladi. Agar korxona jo’natuvchi marshrutlarini (to’liq yoki qisman) qabul qilsa yoki yuklaydigan bo’lsa, uning shoxobcha yo’lidan bekatning qabul-jo’natish yo’llariga to’g’ridan-to’g’ri chiqish imkoniyati bo’lishi kerak, shu bilan birga poezdlarni shoxobcha yo’lidan qabul qilish yoki unga jo’natish, bekatda yo’lovchi va yuk poezdlarini o’tkazish, hamda poezdlar tarkibini tarqatish va qayta tuzish bilan bog’liq bo’lgan manevr harakatlariga xalaqit bermasligi kerak.Ushbu shartlarga shoxobcha yo’llar ulanishining chizmadagi 1 va 4 variantlari mos keladi. Agar bekatda guruhlovchi (gruppirovochno’y) park mavjud bo’lsa, ushbu parkdan shoxobcha yo’lga uzatilsa poezdlar uchun imkon bo’lishi lozim.



Rasm 8.2. Uchatska bekatsida korxona shoxobcha yo’llarining ulanishi

Bekatga yirik zavod, kombinat yoki katta vagon aylanmali sanoat nohiyasi shoxobcha yo’lining ulanishini bekatga alohida yo’nalish kelib ulanishidek ko’rib, unga tugun uchastka bekatsining tegishli chizmasini qo’llash tavsiya etiladi.




8.4. Uchastka bekatlarini qayta qurish
Aksariyat uchastka bekatlar etarlicha yo’l tarmoqlari va texnik jihozlashiga ega bo’lmasligi uning ish ko’rsatkichlarida o’z aksini topadi. Ayrim yo’llar etishmaslik holatlarida saralash ishlarini bajarish uchun bekatning qabul-jo’natish yo’llaridan foydalanishga to’g’ri keladi, saralash vositasi sifatida esa uzunligi etarli bo’lmagan manevr tortish yo’llaridan foydalaniladiva boshqa hollarda balandligi etarli bo’lmagan kichik quvvatli mavjud saralash tepaliklardan foydalaniladi.
Ko’p hollarda liniyada ikkinchi bosh yo’l qurilishida yoki Yangi yo’nalishlarni kelib qo’shilishida bekat chizmasi o’zgaradi yo’llar soni ko’payadi bo’g’izlar qayta ishlanadi, mavjud kamchiliklar bartaraf etiladi. 8.3 rasmda ko’ndalang turdagi uchastka bekatsini qo’shimcha yo’llar qurilishini va bekatni bo’ylama turga aylantirilishi sababli qayta qurilishi ko’rsatilgan. Yo’llarni uzaytirganda hamda bekatni qisman qayta qurganda (yo’lovchi platformalarni uzaytirish, yuk noxiyasini kengaytirish, yangi boshobcha yo’lini ulash va boshqa) bekat chizmasi odatda o’zgarmaydi. Bunda V yo’nalishidan yuk va yo’lovchi ponzdlari harakati sezilarli ko’paygan. A-B yo’nalishida ikkinchi bosh yo’l qurilishida va Vdan kelish uchun ko’prikli kesishuv qurilishi ko’zda to’tilgan.

Rasm 8.3. Uchastka bekatsining qayta qurish chizmasi

Yo’llarni uzaytirish va yangi parklar qurish bosh yo’l profiliga bog’lab loyihalanadi. Ko’p hollarda bekatni rivojlanishida bosh yo’llar profilini, ayniqsa qabul-jo’natish yo’llarini peregon tomonga uzaytirishda, bo’ylama va yarimbo’ylama turlarda yangi park qurishda va boshqalarda to’g’ri keladi. Profilni o’zgartirganda imkon qadar bosh yo’l va jadal harakat parklari yo’llarni kamaytirmaslikka intilish kerak, chunki mavjud er polotnosini va ballast qavatini kesib pasaytirish yo’llarning murakkab ulanishini va qimmatbaxo ishlarni bajarishni keltirib chiqaradi va harakatlarda ko’pdan-ko’p to’xto’vlarga olib keladi.


Uchastka bekatni qayta qurishni loyihalash odatda yangi bekatlar loyihalanishiga qaraganda murakkab. Chunki qayta qurishda mavjud inshootlarni ko’proq saqlab qolish va ulardan foydalanishga harakal qilinadi. Shu bilan birga qayta qurishda iqtisodiy maqbullik va texnik talablarni xisobga olgan holda bekat chizmalarini zamonaviy namunaviy chizmalarga yaqinlashtirib mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilish kerak. Ushbu ikki talablarni qondirish odatda bir-biriga teskari bo’lib, shuning uchun ijobiy echimlar topish maqsadida bir necha variantlarni ishlab chiqish va taqqoslash, shu jumladan namunaviy bo’lmagan ammo qulay variantlarni ham ko’rib chiqib taqqoslashga to’g’ri keladi.
Uchastka va boshqa katta siantsiyalarning rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan murakkab hollarda avval bekatlarni kelajaka mo’ljallab to’liq rivojlanish (generalno’y) loyihasi tuzilib, unda ishlarni ishlarni bajarish navbatchi har hil ranglar bilan belgilanadi.
Katta hajmda qayta qurishni bog’liq bo’lgan barcha holatlarda bekatni ishlatish ishlariga imkon qadar kam xalaqit berish nazarda tutilib, yo’llarni alohida elementlari bo’yicha vaqtincha qayta ulash chizmalari tuziladi. Har bir bosqichda yopilishi mumkin bo’lgan yo’llar soni bosh yo’llardagi ishlar «okno» deb ataluvchi harakatdagi rejaviy tannafuslar davomida olib boriladi.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin