Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə53/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

9.4. Yuk inshootlari

Uchastka bekatlarining yuk nohiyalarida o’zlarining shoxobcha yo’llari bo’lmagan sanoat korxonalari va tashkilotlar, hamda aholi uchun yuk ortish-tushirish yo’llari, omborxona inshootlari (donali, g’ilofli yuklar va mayda jo’natmalar uchun yopiq omborlar, konteyner, yog’och- taxta va to’kma yuklar maydonchalari), yuklarni ortish-tushirish mexanizmlari, yuk avtomobillari uchun takomillashgan kelish yo’laklari va boshqa inshootlar joylashadi. Ayrim yuk nohiyalarida g’ildirakli va o’zi yurar yuklarni ortish va tushirish uchun platformalar, yuklarni to’g’ridan–to’g’ri vagondan avtomobillarga yoki aksincha ortish uchun platformalar, mayda jo’natmalarni saralash platformalari ham bor bo’ladi. Yuk nohiyasi yaqinida zaruriyat bo’lgan hollarda vagon tarozisi va gabarit darvozasi ham joylashadi. Bekatda sutka davomida 20 dan ortiq vagonlarga to’kma yuklar ortilsa, u holda vagon tarozisi o’rnatiladi.


Yuk nohiyasining tarkibi va o’lchamlari hisobiy yillarga mo’ljallangan yuk ishlarining hajmi va (xarakteriga) xususiyatlariga qarab hal etiladi. Yuk nohiyasi uchun ajratilgan maydonda inshootlarning joylashuvi yuk turlari bo’yicha tanlanadigan omborxonalar, ularning o’lchamlari va maydonchalar kattaligiga bog’liq bo’ladi.
Ortish-tushirish yo’llari tashqaridan joylashgan yopiq turdagi yuk omborlarining kengligi kamida 18 metr qabul qilinadi. Temir yo’l tomonidagi rampa (supa) kengligi kamida 3 metr, avtomobillar keladigan tomondan esa kamida 1,5 metr qilib quriladi. Yuk fronti (maydoni) uzunligi katta bo’lganda quyidagi turdagi omborxonalar qo’llanishi mumkin: sektsiyalari ketma-ket joylashgan va vagonalarni alohida uzatish uchun ular oralig’i ajratilgan (9.3, a rasm); pog’onalashtirilgan (9.3, b rasm)



Rasm 9.3. Yuk omborlarining chizmasi

Yuk nohiyasiga shahardan qo’lay kelish uchun avtomobil yo’llari qurilgan bo’lishi kerak. Yuk nohiyasiga kirish oldida yuk hovlisida 0,5 soatlik ishlash davomida etadigan avtomobillarni joylashtiraoladigan (sigdiraoladigan) maxsus maydon qurish kerak. Yuk nohiyasi hududida avtomobillarning bemalol o’tishlarini ta’minlaydigan kenglikdagi o’tish yo’laklari bo’lib, tirgagichli avtomobillarning harakatini, ularning burilishini va ishlash joyiga qo’shni fronlarda ortish va tushirish jarayoniga halakit bermay qo’yish imkonini berishi kerak. Yuk nohiyasi inshootlari kompleksiga shu qatori zaryadga bekatlari, ta’mirlash ustaxonalari, yoqilg’i va moylash materiallarini omborlari ham kiradi. Yuk nohiyasi hududi aloqa, o’t o’chiruvchi va boshqa vositalar bilan jihozlanadi. Yuk nohiyalari butun perimetri bo’ylab doimiy devor bilan o’ralib u eng yaqin temir yo’l o’qidan qamida 3,1 metr va avtomobil yo’lining o’tish qismi chetidan kamida 1,5 metr masofada bo’lishi kerak.





Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin