Ligi farg‘ona davlat universiteti tarix o’qitish metodikasi fani bo’yicha



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə3/79
tarix07.06.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#116719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
2 5262727284392987390

Аsоsiy аdаbiyotlаr va mаnbаlаr:

1. Kаrimоv I.А.Yuksak ma`naviyat-engilmas kuch.T.,2008.


2. Kаrimоv I.А.O`zbеkistоnning o`z istiqlоl vа tаrаqqiyot yo`li. T., 1992.
3. Kаrimоv I.А.Tаrixiy xоtirаsiz kеlаjаk yo`q. T., 1998.
4. Mirziyoev Sh.M.Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T., “O‘zbekiston”. 2017.
Ishmuhammedov.R., Abduqodirov. Ta`limda innovatsion texnologiyalar. T.,2008.
5. M.Tojiboyev, Z. Ilhomov. O`zbekiston tarixini o`qitishning metologiyasi.T., 2003.
2.Tarix o’qitish usullari fani to’g’risida umumiy ma’lumot
(2-soat)
Reja:
1. Tаrix o`qitish usullari fani haqida.
2. Tarix o`qitish usullari faninig boshqa fanlar bilan bog`liqligi


Таyanch so’z vа ibоrаlаr:
Таriх fаnining rоli. Таriх o’qituvchisi. Маktаbdа tаriх dаrsi. Оliy o’quv yurtidа tаriх dаrsi. Dаrs sоаtlаri. O’quv qo’llаnmаsi vа dаrsliklаr. Fаlsаfа vа tаriх mаfkurаsi. Таriхchi pеdаgоg kаdrlаr tаyyorlаsh. Кursning tuzilishi vа mаvzulаri. Fаnning vаzifаlаri. Fаnning prеdmеti. Таriх o’qitishni tаshkil qilish. O’qitishning nаtijаlаri. Таriх o’qitish uslubiyoti fаnining o’qitish jаrаyonlаri. Кursning bоshqа fаnlаr bilаn аlоqаdоrligi.

Ma`lumki, 1997 yil 29 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida “Ta`lim to`grisida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilindi. Bu ikki hujjat har bir o`qituvchi, murabbiy va xalq ta`limi xodimining o`z vazifalarini bajarishda dasturilamal bo`lib qoldi.


Tarix fanini o`qitish usullari muommolariga to`xtaydigan bo`lsak, tarix o`qitish usullari ilmiy pedagogik fan bo`lib, u o`quvchilarga tarixdan puxta bilim berish, ularni huquqiy demokratik, fuqarolik jamiyati barpo etishda maktabda o`qitiladigan tarix kursining maqsadini, ta`lim-tarbiyaviy vazifalari, mazmuni, uslub va usullarini hamda tarix o`qitishning eng muhim vositalarini belgilab beradi.
Tarix o`qitish usullarining asosiy fan sifatida o`rganishdan ko`zda tutilgan maqsad kelgusida o`qituvchi bo`lib chiqadigan talabalarni maktabda tarix o`qitishning ilmiy asoslari bilan qurollantirishdan iborat.
Tarix o`qitish uslubiyoti o`zining mustaqil tekshirish faniga ega. Maktabda tarix fanining o`qitilishi va o`qitish jarayonining o`rganilishi tarix o`qitish usullarining fanini tashkil etadi.
O`qitish jarayonining ob`yektiv sur`atda amal qiladigan o`z qonuniyatlari bor. Ularni bilib olish va ta`lim tarbiya jarayonida bu qonuniyatlarga amal qilish, ulardan oqilona foydalanish maktabda tarix o`qitishni ilmiy asosda olib borishning muhim shartidir.
Mustaqillik sharofati bilan biz huquqiy demokratik, fuqarolik jamiyati barpo etayotgan ekanmiz, shu bosqichda tarix o`qitishni yanada takomillashtirib borish, o`qitish jarayonini uning ob`yektiv ravishda amal qiluvchi qonuniyatlarini aniq va mukammal bilib olish, bu qonuniyatlardan huquqiy demokratik jamiyatning faol va ongli quruvchisini tayyorlab yetishtirish maqsadida to`gri foydalanish zarurdir. Chunki o`qituvchi jamiyatning yosh avlod ta`lim-tarbiyasiga qo`ygan ijtimoiy buyurtmaning asosiy ijrochisidir.
O`zbekiston Mustaqil davlat deb e`lon qilinishi davlatimizning bugungi kunini emas, balki istiqbolini ham belgilab beruvchi asosiy omildir. O`zbekiston Respublikasining istiqlol yo`li avlod-ajdodlarimizning tarixiy an`analari va ma`naviy merosiga suyangan holda tanlab olindi.
Tarix o`qitish uslubiyati ilmiy pedagogik fan bo`lib, u o`quvchilarga tarixdan puxta bilim berish, ularni tarbiyalash va kamol toptirishda maktabda o`qitiladigan tarix fanining maqsadini, ta`lim-tarbiyaviy vazifalarini, mazmuni, uslub-usullarini hamda tarix o`qitishning eng muhim vositalarini belgilab beradi.
Tarix o`qitish usullari faninig asosiy fan sifatida oliy o`quv yurtlaridagi tarix fakul`tetlarining o`quv rejasiga kiritilishi va uni o`rganishdan ko`zda tutilgan maqsad kelgusida o`qituvchi bo`lib chiqadigan talabalarni maktabda tarix o`qitishning ilmiy asoslari bilan qurollantirishdan iborat.
Tarix o`qitish uslubiyati o`zining Mustaqil tekshirish faniga ega. Maktabda tarix fanining o`qitilishi va o`qitish jarayonining o`rganilishi tarix o`qitish usullari fanini tashkil etadi. O`qitish jarayonining ob`yektiv suratda amal qiladigan o`z qonuniyatlari bor. Ularni bilib olish va talim-tarbiya jarayonida bu qonuniyatlarga amal qilish, ulardan oqilona foydalanish maktabda tarix o`qitishni ilmiy asosda olib borishning muhim kalitidir. Zotan, Mustaqil-huquqiy davlat qurishining hozirgi bosqichida tarix o`qitishni yanada takomillashtirib borish, o`qitish jarayonida uning ob`yektiv ravishda amal qiluvchi qonuniyatlarini aniq va mukammal bilib olish, bu qonuniyatlardan komil insonni tayyorlab yetishtirish maqsadida to`g`ri foydalanish zarur.
Mustaqil O`zbekiston Davlatining tashkil topishining hozirgi bosqichida tarix o`qitishning yanada yaxshilab, yangilab borish, o`qitish jarayonini, uning ob`yektiv suratda amal qiluvchi qonuniyatlarini aniq va mukammal bilib olish, bu qonuniyatlardan huquqiy demokratik davlatning faol va ongli quruvchilarini tayyorlab yetishtirish maqsadida to`g`ri foydalanishi zarur.
Tarix o`qitish usullari faninig tadqiq etadigan, talabalarni puxta va mukammal bilim olishi, amalda suyanishi kerak bo`lgan maxsus kursning umumiy qonuniyatlari nimalardan iborat va ular ta`lim jarayonida qanday namoyon bo`ladi, Bu tarix o`qitish jarayonining tarkibiy qismlari (maqsadi, mazmuni, o`qitishning metod va usullari hamda natijalari) o`rtasidagi qonuniyatli aloqalar quyidagicha nomoyon bo`ladi.
Maktabda o`qitiladigan tarix fanining maqsadi, ta`lim-tarbiyaviy vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi o`qitishning mazmuniga, uning g`oyaviy-siyosiy va nazariy jihatdan pishiq bo`lishiga bog`liq bo`lganidek, o`quvchilarning tarix fanining o`zlashtirish darajasi ham o`z navbatida o`qitishning amaliy-ilmiy asosda maqsadga muvofiq tashkil qilinishiga, o`qituvchining o`rganiladigan mavzuning maqsadi, ta`lim-tarbiya vazifalari va mazmuniga mos keladigan ta`lim formalari-shakllari, o`qitish uslubiyati va usullari hamda vositalaridan qay darajada maqsadga muvofiq foydalana bilishiga bog`liqdir.
Shuningdek o`qitishning natijalari ham o`qituvchining, o`qitishning ko`zlangan maqsadi, uning ta`lim-tarbiyaviy vazifalarini aniq belgilab olishiga kursning mazmuniga mos tarzda amalga oshirishga yordam bera oladigan metod va usullaridan ilmiy asosda foydalana bilishga bog`liqdir. Tarix o`qitish jarayonining tarkibiy qismlari o`rtasidagi bu o`zaro dialektik bog`lanish natijasida ular bir-biriga uzluksiz ta`sir ko`rsatib boradi. Tarix o`qitishda ana shu qonuniyatlarga suyanmasdan, ularni e`tiborga olmasdan turib yaxshi natijalarga erishib bo`lmaydi. Maktabda tarix ta`limi jarayoni umumiy qonuniyatlarini quyidagi sxema asosida ko`rsatish mumkin.


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin