Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


 5. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashning



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

 
4. 5. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashning 
murakkabliklari. Milliy farovonlikni baholashning muammolari 
MHTdagi ko‘rsatkichlar yalpi mahsulot va yalpi daromadni 
faqatgina miqdor jihatdan hisoblab beruvchi ko‘rsatkichlar hisoblanib, 
ular bir qator kamchiliklardan holi emas. Masalan, ular ilmiy-texnik 
taraqqiyot va iqtisodiy o‘sishning salbiy jihatlarini hisobga olmaydilar, 
bundan tashqari YaIM va MD ko‘rsatkichiga nisbatan kamroq darajada 
ortadigan 
farovonlik, hayot sifati darajasi
ni aks ettirmaydi. Farovonlik 
darajasini aniqlashda odatda a) aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM 
(GDP per capita), ya’ni 
YaIM / mamlakatdagi aholi soni
; yoki b) aholi 
jon boshiga to‘g‘ri keluvchi MD (NI per capita), ya’ni 
MD / 
mamlakatdagi aholi soni
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Mamlakatlarni 
o‘zaro ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha qiyoslash uchun ularni nisbatan 
qat’iy valutada, ya’ni AQSh dollarida hisoblash amaliyotda keng 
tarqalgan.
Ammo ushbu yuqorida keltirib o‘tilgan ko‘rsatkichlar ham 
mukammal hisoblanmaydi va hayot sifati darajasini aniq belgilab bera 
olmaydi. 
Ularning asosiy kamchiliklari:
a) ular o‘rtacha tenglashtirilgan (agarda bitta kishida ikkita 
avtomobil, ikkinchi bir kishida umuman avtomobil bo‘lmasa, u holda har 
birida o‘rtacha bittadan mavjud deb hisoblanadi);
b) ular farovonlik darajasining ko‘pgina sifat jihatlarini hisobga 
olmaydi (bir xil kattalikdagi MDga ega ikki mamlakat turlicha: 
savodxonlik darajasi, umr kechirishining davomiyligiga ko‘ra, salomatlik 
va o‘lim darajasi, jinoyatchilik darajasi va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha 
farqlanishi mumkin); 


33 
v) ular dollarning turli mamlakatlar uchun turlicha sotib olish 
qobiliyatiga ega ekanligini rad etadi (1 dollarga AQShda va masalan, 
Hindistonda turli hajmdagi tovarlarni xarid qilish mumkin); 
g) ular iqtisodiy o‘sishning salbiy oqibatlarini hisobga olmaydi 
(atrof-muhit ifloslanish darajasi, shovqin, gazlar bilan ifloslanganlik 
darajasi va boshqalar).

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin