Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/242
tarix28.03.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#115024
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   242
2 5204081305557401884

www.ziyouz.com kutubxonasi 
47
solmas edi. Tishimga tegadigan chiqib qolsa, yaxshilab ta’zirini olar, darhol nafasi ichiga 
tushib ketardi. Hatto shulardan biri bir kuni og‘ziga yengilgina shapati ham yedi. Xayri-
yatki, begona emas, bo‘lamning o‘zginasi! Men uni shapatilashga tamom haqli edim. Le-
kin xudo saqladi. Basima xolam bilib qolguday bo‘lsa, kim biladi, boshimga nima o‘yinlar 
solardi ekan! 
Shunday bo‘lsa hamki, o‘zimni chorbog‘ ichra rohatda sezmasdim. Masalan, mavqeim 
ortgani uchun kunlardan bir kuni meni izzatli xonalarning biriga ko‘chirishdi. Pardalarimni, 
karavotimni, javonimni o‘zgartirishdi. Men ham, tabiiy, bularning sababini so‘rashga botinol-
madim. 
Bir kuni aravaga tushib, Merdivon qishlog‘idagi to‘yga ketayotgan edik. Aravada odam 
ko‘p ekan. Joy topolmay: 
— Aravakashning yoniga chiqib ola qolay, — dedim. 
Odamlar qah-qah urib kulib yuborishdi. Men qizarib, sekin aravaga chiqib oldim. 
Eski odatimni qilib oshxonadan qoqi, meva-cheva o‘g‘irlagani kirganimda muttaham 
oshpaz: 
— Ko‘nglingiz xohlaganini aytavering, kichik xonim. Sizning zoti oliyangizga o‘g‘irlik 
yarashmaydi, — deb men bilan hazillashardi. 
Menga hech kim bir nima demagan bo‘lsa ham, ko‘chadan biron bolani chaqirib kirish-
ga yuragim betlamas edi. Faqat tishni tishga qo‘yish, hammasiga chidash kerak edi. Le-
kin bular orasida eng chidab bo‘lmaydigani Komron edi. Chorbog‘dagi so‘nggi kunlarim u 
bilan bekinmachoq o‘ynash bilan o‘tdi desam bo‘ladi. 
U meni xoli topish paytini izlab yurardi. Men esam butun shaytonligimni ishlatib, biror 
yerda tanho uchramaslikka harakat qilardim. 
Gohi mahallar birga sayr etaylik, deb taklif qilgan aravasiga yaqinlashmas, hech holi-
jonimga qo‘ymay turib olsa, yonimizga Mujgondan boshqa biron kishini olardim-da, yo‘l 
bo‘yi o‘sha bilan tinmay gaplashib ketar edim. Mujgondan boshqasini dedim. Ha, Muj-
gonning meni u bilan qoldirib qochmasligiga yoki o‘rinsiz bemazagarchiliklar qilmasligiga 
ishonchim yo‘q edi. 
Bir kuni Komron: 
— Bilasanmi, Farida, mening baxtimni qaro qilyapsan, — dedi. 
Men o‘zimni tutolmay: 
— Halitdan-a? — dedim. 
Bu savolni shu qadar qiziq so‘rabmanki, ikkovimiz ham kulib yubordik. 
— Mujgonga aytgan so‘zingni o‘z og‘zingdan ham bir eshitishni istar edim. Bunga 
haqqim bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman, — dedi. 
Mujgonga nima deganim esimda yo‘qday, yolg‘ondan ko‘zlarimni osmonga ko‘tardim, 
o‘ylandim, keyin: 
— Ha, — dedim, — ammo Mujgon qiz bola, Joriyangiz ham, o‘ylaymanki, shunday. 
O‘rtamizda o‘tgan har qanday narsa har kimga aytilmaydi. 
— Men har kimmanmi? 
— Yanglish tushunmangiz. Ruxsoringiz bir oz xotin kishinikiga o‘xshasa hamki, erkak-
siz. Demak, qiz o‘rtoqqa aytiladigan har qanday narsa erkak kishiga aytilmaydi. 
— Men unashilgan kishing emasmanmi? 
— Endi aytmasak bo‘lmaydiganga o‘xshaydi. Bilasizki, men bu so‘zni yoqtirmayman. 
— Ana ko‘rdingmi, o‘zimni baxtsiz deb to‘g‘ri aytgan ekanman. Balki yana og‘zimga 
urarsan, deb bu so‘zni aytishga jasorat etolmayman. Lekin senga nisbatan ko‘nglimda 
shunday bir tuyg‘u borki... 
Necha vaqtlardan beri tutqich bermayotgan qopqonimga ilinish ustida ekanimni ang-
ladim. Gapirsam yo tovushim titrashi, yo boshqa biron nojo‘ya ish qilib qo‘yishim mum-


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin