Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/242
tarix28.03.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#115024
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   242
2 5204081305557401884

www.ziyouz.com kutubxonasi 
48
kin. Komronning so‘zini og‘zida qoldirib, ko‘chaga yugurganimcha chiqib ketdim. 
U ham orqamdan yugurib kelyapti, deb o‘ylagan edi. Lekin sharpasi eshitilmagandan 
keyin sekinlashdim, bir ozdan keyin esa yo‘lini qilib orqamga qaradim. U daraxtlardan 
birining tagidagi qamish kursida o‘tirgan edi. 
O‘z-o‘zimga: 
Yaxshi ish qilmadim-da, — dedim. 
Komron shu chog‘ menga qarasa, pushaymon bo‘lganimni ko‘rardi-yu, yonimga kelar-
di, deb o‘ylayman. Kelganda rosti, men ham qochmas edim. 
Bo‘lamning o‘tirishida chindan ham baxti qaro bo‘lgan kishining avzoyi bor edi. O‘zim-
ga dalda berish uchun so‘zlay boshladim: 
— Yigit o‘lgur, sariq chayon. Shu bog‘da baxtiyor tulning etagi orqasidan qanchalik 
yugurganingni esimdan chiqarganim yo‘q. Ajab qildim. 
 
* * * 
Ta’tilning so‘nggi kunlarida boshimga tushgan savdoni ham aytmasdan o‘tolmayman. 
Bir kuni o‘ng qo‘limning barmog‘ini kattakon latta bilan bog‘lab olganimni chorbog‘da-
gilar ko‘rib qolishdi. Sababini so‘raganlarga: 
— Hechqisi yo‘q, jindek yerini tilib oldim, tuzalib ketadi, — dedim. 
Xolam yarani o‘jarlik bilan yashirganimni sezib: 
— Yana bir balo qilgansan-da. Yomondirki, yashirasan. Doktorga ko‘rsataylik, keyin 
boshimga balo bo‘lmasin, — dedi. 
Voqea bunday bo‘lgan edi: bir kuni xolam meni yotoqxona javonidan bitta ro‘molcha 
olib chiqqani yubordi. Javon tortmalaridan birida moviy baxmal qoplangan bitta quticha 
ko‘rib qoldim. Undan unashilganim belgisi qilib olingan uzuk chiqdi. O‘shani barmog‘imga 
taqib ko‘rgim keldi, taqdim ham, lekin bu havas menga juda qimmatga tushdi. Xolam 
qo‘rqqandek, uzuk bir oz tor qilib qo‘yilgan ekan; barmog‘imdan chiqmay turib oldi. Be-
foyda hayajon bilan uni chiqarishga urindim, bo‘lmagandan keyin tishimni ishga soldim. 
Bundan ham hech nima chiqmadi. Tirmashgan sarim barmog‘im shishib, uzuk qisilib 
bordi. 
Xolamga aytsam-ku, albatta, bir chorasini topishar edi. Lekin shu uzuk bilan qo‘lga 
tushish vahmi, negadir nafsoniyatimga tegar edi. Shuning uchun barmog‘imni darrov 
latta bilan bog‘lab oldim. Rosa ikki kungacha o‘z hujramga kirib, bekinib yurdim. Lattani 
yechib tashlab soatlarcha urindim. Uchinchi kuni haqiqatni xolamga aytaman deb turga-
nimda, uzuk o‘z-o‘zidan chiqib ketsa bo‘ladimi! Nima sabab bo‘ldi? Harholda, shu o‘tgan 
ikki kun ichida ezilib-siqilganimdan ozib qolgan bo‘lsam kerak. 
Ta’tilning oxirgi kunida yo‘l taraddudiga tushdim. Komron bunga norozi bo‘ldi. 
— Bunchalik shoshilishning nima hojati bor, Farida? Yana bir necha kun tursang bo‘la-
di-ku, — dedi. 
Lekin men ibratli o‘quvchiday, ko‘nmadim. 
— Murabbiyalar, maktab ochilgan kuni, albatta, kelasan, deb tayinlashgan. Bu yil dar-
slar og‘ir bo‘ladi, — deb bolalarcha bahonalar qildim. 
Komron bu tersligimni ko‘rib, yana battar qayg‘uga tushdi. 
Ertasi kuni meni maktabga olib ketayotib ham hech gapirmadi. Faqat ayrilish 
chog‘imizda: 
— Mendan bunchalik tez qochib ketishingni kutmagan edim, Farida, — deb o‘pkaladi. 
 
* * * 
Aslida esa aqli-hushi boshida, tirishqoq o‘quvchi emasdim. Innaykeyin, boshimga 
tushgan savdolar meni tamom shoshirib qo‘ygan edi. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin