Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə35/108
tarix25.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#116209
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   108
Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik

Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchining faolligi oshib borishi kerak. Bunda ilmiy bilimning ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni ta’minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.
O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyixalash usullari, amaliy ishlar.
O‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, jamoa va gurux.
O‘qitish vositalari: o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir katorda - kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan tezkor teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blis-so‘rov, joriy,oraliq va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti boskichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maksadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baxolash: o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
Namunaviy dasturda kuyidagi bulimlar xam mavjud:



  1. «Mutaxassislikka kirish» fanining predmeti va metodi

  2. Buxgalterlar va auditorlar kasbining mohiyati, ahamiyati va ularga qo‘yilgan asosiy talablar

  3. Oliy ta’limda o‘quv jarayoni va uning tashkil etilishi

  4. «Buxgalteriya hisobi va audit» ta’lim yunalishi buyicha o‘rganiladigan fanlar

  5. O‘quv mashg‘ulotlarining turlari, shakllari va o‘qitish metodikasi

  6. O‘quv jarayonida o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiyalari

  7. Fanlarni o‘qitishda texnik vositalar va axborot manbalaridan foydalanish

  8. «Buxgalteriya hisobi va audit» ta’lim yunalishi talabalarining nazariy va amaliy ko‘nikmalari

  9. Talabalarining ilmiy axborot (referat) lari, kurs va bitiruv malakaviy ishlari

  10. Talabalarning mustaqil ishlari va ularni tashkil qilish tartibi

  11. Fanlardan talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi

  12. Amaliy mashg‘ulotlarning mavzulari

  13. Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar

  14. Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni

  15. Tavsiya etilgan adabiyotlar ruyxati

  16. Asosiy adabiyotlar

Namunaviy dastur asosida ishchi ukuv dasturi kafedraning professor-ukituvchilari tomonidan ishlab chikiladi.



Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin