Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

Sulton Saodat 
majmuasi
XI asr. Sulton Saodat sayyidlar sulolasining maqbarasidir. Bu me’moriy 
majmua oilaviy maqbaralar va marosim xonalaridan iborat bo’lib, asrlar 
davomida tashkil topgan yaxlit inshootdir. Birinchi maqbarada IX asrning 
ikkinchi yarmida vafot etgan Hasan al-Amir ismli sayyidning xoki yotibdi. U 
shu atrofdagi yerlarning egasi, Payg’ambarimiz avlodlaridan hisoblanadi. 
Sulton Saodat mo’g’ullar istilosi paytida vayron qilingan edi. Termizning 
sharqiy tomoniga joylashgan bu ziyoratgoh yangidan bunyod etilgan. Qariyb 
yetti asr (X - XVII) davomida shakllangan bu me’moriy majmua jami 
yigirmaga yaqin qabrni o’z ichiga oladi.
46
Abu Iso at-
Termiziy 
maqbarasi
Hozirgi Sherobod tumani hududida joylashgan ushbu maqbara XI- XII 
asrlar me’moriy yodgorliklaridan hisoblanadi. At-Termiziy hijriy 209 yilda 
(mil. 824-825 y.) tavallud topgan. Hofiz az-Zahabiy "Miyzon al-ye’tidol 
"kitobida Termiziyning hijriy 279 yilda vafot etganini zikr qilib, "Vafot 
etgan vaqtlarida 70 yoshda edilar", deydi. Ismu nasablari - Muhammad ibn 
Iso ibn Savra ibn Muso ibn az-Zahhok as-Sulamiy al-Bug’iy at-Termiziy. 
Alloma to’plagan hadislar ishonchliligi va mo’tabarligi jihatidan "Sihohi 
sitta" (oltita eng sahih hadislar to’plami)ning biri sanaladi. Yoshliklarida 
ko’p yillar davomida Iroq, Hijoz kabi arab o’lkalarida hadis o’rganib, ularni 
jamlagan. 250 hijriy yilda Termizga qaytganlar. Shu yili Nishopurda Imom 
al-Buxoriy bilan uchrashib ko’p hadislar xususida mubohasalar olib 
borganlar. Bu buyuk vatandoshimizdan "Al-Jome’ as-Sahih" ("Sunani 
Termiziy"), "Ash-Shamoil" ("Shamoili Muhammadiya"), "Al-Hol", "At-
Tarix", "Az-Zuhd", "Al-Asmou val-kunya" ("Ismlar va kunyalar") kabi 
asarlar bizgacha yetib kelgan.
47
Jarqo’rg’on 
minorasi
XII asr boshi. Hozirgi Jarqo’rg’on tumanining Alisher Navoiy nomidagi 
jamoa xo’jaligida joylashgan. O’rta Osiyoning shu turdagi minoralari orasida 
o’zining jimjimador o’n olti tutamlik yarim ustuni bilan ajralib turadi. Bu 
ustunlar qavariq, (qovurg’a) shaklida bo’lib, yuzasi yotiq kesimda ko’p 
yaproqli gulga o’xshaydi. Quyiga tusha borgan sari qavariqlar go’yo yig’ilib 
ketganday tuyuladi. Yuqori qismida esa ular ravoqchalar zanjiri va enli 
epigrafik hoshiya bilan jipslashgan. Minora asosi baland sakkiz qirrali 
kursiga o’rnatilgan. Har bir qirraning markazida xushbichim ravoqli 
tahmonlar bor. Ana shu tahmonlardan bittasi janubiy-g’arbiy qirrada minora 
ichki aylana zinasiga olib chiqadi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin