Iqtisodiy resurslar haqidagi, likvidlik va to‘lovga qobillik haqidagi, korxonaning o‘zgarishlarga ko‘nikish qobiliyatini baholash to‘g‘risidagi axborotlarni olishga imkon beradi
Resurslar bazasi yuzasidan pul oqimlarining ijobiy saldosini, faoliyat natijasi va rentabellik haqidagi axborotlarni beradi
Korxonaning sof aktivlar qiymatini baholashga, to‘lovga qobillik va likvidlikni baholashga, pul mablag‘larini samarali boshqarish to‘g‘risidagi axborotlarni olish imkonini beradi
Korxonaning operatsion, moliyaviy va investitsion faoliyat natijasini baholashga, korxonaning pul ishlab topish qobiliyati, ushbu mablag‘larga korxonaning zaruriyatini baholashga imkon beradi
Yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– 1–sonli shakl. Buxgalteriya balansi;
– 2–sonli shakl. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
– 4–sonli shakl. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot;
– 5–sonli shakl. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot;
– Izohlar, hisob–kitoblar va tushuntirishlar.
Korxonalar moliyaviy hisobotlarini tuzish tartibi quyidagi bo‘lishi mumkin:
1. Maqsadni aniqlash: Korxona rahbarlari hisobotning maqsadini va undan qanday foydalanishni tushunishadi.
2. Ma’lumotlarni to‘plash: Moliyaviy hisobotni tuzib beruvcchilar korxonadan kerakli ma’lumotlarni to‘playdilar.
3. Ma’lumotlarni tahlil qilish: Moliyaviy hisobot tuzuvchilar to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilib, korxona rahbarlariga biznesni yaxshi olib borish uchun tavsiyalar berishadi.
4. Hisobotni yaratish: Moliyaviy hisobot tuzuvchilar to‘plangan ma’lumotlarga asosan hisobot yaratishadi.
5. Hisobotni tasdiqlash: Korxona rahbarlari tayyorlangan hisobotning tasdiqini beradi.
Moliyaviy hisobotlar korxonalar uchun muhim hisoblanadi, chunki ular korxonalarning moliyaviy holatini nazorat qilishga yordam beradi. Hisobotlar qayta ishlanishi, yangilashishi va tuzilishi kerak bo‘lgan hujjatlar hisoblanadi.