32-§. AMIR TEMUR SALTANATIXING ALVMURIY VA HARBIY TUZILISHI
Tayanch tushunchalar: Saltanat boshqaruvi. Suyurg'ol yerlar. Qo`shin tuzilmasi. "Temur tuzuklari".
Saltanat boshqaruvi
Sohibqiron Amir Temur davlat qurilishida o`zbekistonning o`tmishidagi davlatchilik tajribasidan, tartib-qoidalaridan keng foydalandi. o`z zamonasining talab, ehtiyojlaridan kelib chiqib davlat boshqaruvini takomillashtirdi, unga yangicha ruh va mazmun berdi. Davlatning tarkibiy tuzilishi harbiysiyosiy tartiblarga asoslangan bo`lsa-da, jamiyat rivoji. barcha ijtimoiy tabaqalarning manfaatlarini ta'minlash nazarda tutilgan edi.
Amir Temur saltanatida davlat boshqaruvi ikki idoradan - dargoh va vazirlik (devon)dan iborat bo`lgan. Dargohni Oliy hukmdorning o`zi boshqargan. Ijroiya hokimiyat - devonni devonbegi (bosh vazir) boshqargan. Devonda harbiy vazir, mulkchilik va soJiq ishlari vaziri, saroy xarajatlari - raoliya vaziri faoliyat yuritgan. Bulardan tashqari sarhadlar va tobe mamlakatlarning boshqaruvi bilan shug`ullanuvchi yana uch vazir bo`lib, ular devonbegiga hisobot berib turgan.
Markaziy hokimiyat tizimida shayxulislom, qozikalon, sadri a'zam, dodxoh, yasovul, muhassil, tavochi, muhtasib va boshqa amaldorlar xizraat qilgan.
Dargohda bosh hojib, xazinabon, xonsolar, qo`shchi, bakovul, kotiblar, bitikchilar, tabiblar, sozandalar, dasturxonchilar xizmatda bo`lgan.
Suvurg`ol yerlar
Amir Temur ulkan saltanat tasarrufidagi o`lkalarni o`g`ilJari, nabiralari va xizmat ko`rsatgan amirlarga suyurg`ol tarzida iirom qilib, ular orqali boshqardi. Movarounnahrdan tashqari o`z tasarrufidagi barcha viloyat va mamlakatlarni Amir Temur o`limidan biroz avval o`g`il va nabiralari orasida bunday taqsimlaydi: Ozarbayjon, g`arbiy Eron, Iroq, Armaniston, Gurjistonni - Mirzo Umar ibn Mironshohga, Forsni Pirmuhammad ibn Umar Shayxga, Xuroson. Mozandaron, Ray va Seistonni - Shohruh Mirzoga, Sulton Mahmud g`aznaviy mulkini Kobul va Qandahordan Shimoliy Hindistangacha Sifid-dnryosi havzasi bilan birga — Pirmuhammad Jahongirga, Toshkent, Sayram, o`tror va Ashparadan to Xitoy chegarasigacha — Ulug`bekka, Farg`ona, Tarozdan to Xo`tangacha, ya'ni Sharqiy Turkistonning janubi-g`arbini Ibrohim Sultonga berdi.
Uluslar markaziy hukumatga itoat etsalarda, ammo ular ma'lum mustaqillikka ega edilar. Ulus hukmdorlarining alohida davlat devonxonasi, qo`shini mavjud edi. Ularning markaziy hukumatga tobeligi xirojning bir qismini Samarqandga yuborib turish va oliy hukmdor harbiy yurishlarida o`z qo`shini bilan qatnashish yoki talab qilingan askarni yuborib turishdan iborat edi.
Qo`shin tuzilishi
Amir Temur ichki va tashqi siyosatida asosan qo snmga suyanar edi. Shumng uchun ham u qo`shin boshliqlarini tanlash va ularni tarbiyalash, harbiy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi harada ichki intizom masalalariga nihoyatda katta ahamiyat berardi.
Amir Temur qo`shini o`ntalik askariy birikmalar asosida tuzilgan harbiy qismlardan iborat edi. Lashkar tuman - o`n minglik, hazora minglik, qo`shun - yuzlik va ayl - o`nlik birikmalariga bo`lingan. Amir Temur o`n minglik askarni boshqarish uchun tuman og`asi, minglik bo`linmalar uchun mirihazora, yuzliklar uchun qo`shunboshi va o`nliklar uchun esa aylboshi kabi harbiy mansablarni ta'sis etadi. Ularning haqhuquqlari, oylik maoshini darajasiga mos ravishda belgilab beradi. Janglarda bahodirlik ko`rsatib, g`alaba qozongan amir uchun in'omlar ham belgilab qo`yilgan. Biron qo`shinni yenggan, biror mamlakat yoki viloyatni zabt etgan amir bahodirlik martabasi, davlat kengashlariga bemalol kirish huquqi hamda biron sarhadning noibligi bilan siylangan.
Askariy qismlarni viloyatlardan to`plash bilan tavochi mansabidagi amaldorlar shug`ullanar edi.
Amir Temur qo`shinda qattiq harbiy intizom o`rnatadi. Har bir zobit (bo`linmaning qo`shun yoki aylboshisi) jang qilish uslublarini yaxshi bilishi farz sanalgan. Oddiy navkar nizomni qat'iy bajarishga majbur bo`lib, jangda ayovsiz va dovyurak bo`lishi, omonlik istagan dushmanga yumshoq muomala qilishi va adolatli bo`lishi lozim hisoblangan.
Jangga kirish usuli
Harbiy yurish paytida oldinda xabarchilar, ular orasidan yasovul bo`linmasi, undan keyinroqda manglay - avangard qism borardi. Manglay bilan qo`shinning asosiy qismlari oralig`ida esa qo`mondonning qarorgohi va uning yon-atrofida zaxira (rezerv) qismlar joylashgan bo`lib, u "izofa" deb yuritilgan. Amir Temur qo`shmining asosiy jangovar qismlari markaz, o`ng - burong`or va so'1 - juvong`or qanotlaridan iborat bo`lgan. Har bir qanotning oldida bittadan qo`shimcha qo`riqchi manglay - avangardi, yon tomonida esa bittadan qo`riqchi askariy qo`shilmalar - qanbullar bo`lar edi. Shu tariqa qo`shin yetti qism qo`llardan iborat edi. Sharafiddin Ali Yazdiy qo`shinni yetti qo`lga qismga bo`lib joylashtirish tartibini birinchi bo`lib Amir Temur joriy qilgan deb yozadi. Bu qo`llar janglarda mustaqil harakat qilib, faqat qo`shin qo`mondoniga bo`ysungan. Amir Temur jang qilishning yangi harbiy uslublarini qo`llagan.
"Temur tuzuklari"
Amir Temur hayotlik davridayoq uning harbiy sarfati va davlat boshqarish uslubiga bag`ishlangan maxsus asar yaratilib, u "Temur tuzuklari" nomi ostida shuhrat topadi. Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining tutumi (yo`nalishi) va vazifalari, vazir va qo`shin boshliqlarini tayinlash tartiblari belgilab berilgan. Tuzuklarda mamlakatni idora etish tartibi, i davlat arboblari va qo`shin boshliqlarining burchi va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldida ko`rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida bayon etiladi.
Amir Temur turk, arab va eronliklar tarixini chuqur bilgan. Amaliy jihatdan foyda keltira oladigan har qanaqa bilimni, davlat ahamiyatiga ega bo`lgan har bir masalani hal etishda Amir Temur shu sohaning bilimdonlari va ulamolar bilan maslahatlashardi. Amir Temurning "... davlat ishlarining to`qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim", "Kuch - adolatdaduf degan so`zlari uning mamlakatni aql-zakovat va adolat bilan boshqarganligidan guvohlik beradi.
Shunday qilib, Sohibqiron Amir Temur davlatni boshqarish va harbiy sohada o`ziga xos usul yaratib, shu asosda barpo qilgan davlati bilan dunyoni lol qoldirdi.
Dodxoh - shikoyatlarn ko`ruvchi,
Muhassil - soliq undiruvchi.
Muhtasib - shariat qoidalari ijrosi, bozordag tartibni nazorat qiluvchi.
Sadri a'zam - vaqf mulklari boshqaruvchisi .
Suyurg'ol - oliy hukmdor tomonidan in`om tariqasida berilgan yer-mulk.
Tavochi - qo`shin to`plovchi.
Yasovul - hukmdorning shaxsiy topshirig`ini bajaruvchi.
Dostları ilə paylaş: |