Mundarija: kirish 4 ibob ilk o`rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti 4


-§. CHIg`ATOY ULUSINING TASHKIL TOPISHI. MAHMUD TOROBIY Qo`Zg`OLONI



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə21/31
tarix13.12.2018
ölçüsü0,5 Mb.
#85812
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31

27-§. CHIg`ATOY ULUSINING TASHKIL TOPISHI. MAHMUD TOROBIY Qo`Zg`OLONI


Tayanoh tushunchalirt Ulus. Chig`atoy ulusl. Soliq turlarl,

O`lkalarning taqsimlanishi


Zabt etilgan o`lka va viloyatlarni "Chingizxon hali hayotlik chog`idayoq o`g`illariga taqsimlab berdi. Janubiy Sibir, Dashti Qipchoq, Itil bo`yi, Xorazm va Darbandgacha to`ng`ich o`g`li Jo`ji va uning vafotidan keyin esa nabirasi Botuga topshirildi. Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Movarounnahrga uning ikkinchi o`g`li Chig`atoy ega bo`ldi. Chingizxon g`arbiy Mo`g`ulistonni, shuningdek, Tarbag`atoyni uchinchi o`g`li va vorisi O`qtoyga berdi. Kenja o`g`li Tuluga esa Mo`g`uliston, Xitoy va Qirg 'izlar yeri tegdi. Shunday qilib, mo`g`ullar bosib olingan viloyatlarni uluslarga taqsimlash asosida boshqarishga kirishdi. Chingizxon vafotidan so`ng (1227) o`qtoy mo`g`ullar davlatining ulug` xoqoni qilib tayinlandi. Uluslarning hukmdorlari "xon" deb yuritilardi. Ulug` xoqonning qarorgohi Qoraqurum shahrida bo`lib, u yerdan turib xonlarning xatti-harakatini qattiq nazorat qilib borar edi. Chingizxon vafotidan keyin ham mo`g`ullarning g`arbga tomon yurishi davom etdi. 1236-1241-yillarda Rusiya zabt etilib, Oltin o`rda davlati tashkil topadi. 1256-yilda Eron batamom bosib olinib, Hulokuiylar davlati vujudga keladi. 1258-yilda Huloku abbosiylar sulolasiga xotima beradi. Mo`g`ullar Osiyo va Yevropaning katta qismida o`z hukmronligini o`rnata olgan bo`lsalar-da, yagona markazlashgan davlat tuza olmadilar. Ulus xonlari ulug` xoqonga nomigagina bo`ysunsalar-da, amalda o`z bilganlaricha ish yuritardilar. Ulus xonlari o`rtasida yo ulug` xoqon bo`lish uchun, yo boshqa ulus tasarrufidagi hududlarni egallab olish uchun o`zaro keskin ichki kurash, ziddiyatlar avj olib turardi.

Chig`atoy ulusi


XIII asrning 20-yillarida Chig`atoy tasarrufiga berilgan Movarounnahr, Yettisuv va Sharqiy Turkistonda Chig`atoy ulusi tashkil topdi. Chig`atoyxonning ulusni boshqaradigan o`rdasi Ili daryosi bo`yida edi. Viloyatlar va hunarmandchilik shaharlarini boshqarishda Chig`atoy o`ziga bo`ysundirilgan xalqlarning qori tabaqa vakillari xizmatidan foydalanadi.

Movarounnahrni bevosita idora etish ishlari hali Movarounnahr zabt etilmasdan ilgari Chingizxon huzurida xizmat qilgan xorazmlik savdogar Mahmud Yalavochga beriladi. U Xo`jand shahrini o`ziga qarorgoh qilib oladi va shu yerda turib, Movarounnahrni idora qila boshlaydi. Harbiy hokimiyat, aholini ro`yxatdan o`tkazish, soliq yig`ish ishlari dorug`achi va tamg`ach deb ataluvchi mo`g`ul amaldorlari qo`lida bo`lardi. Mo`g`ul bosqoqlari (mahalliy hokim) ixtiyoridagi ko`p sonli askarlar Mahmud izmiga bo`ysundirilgan edi. Mahmud Yalavoch shularga suyanib mo`g`ul xoqonlari talabini ijro qilar va o`zining cheksiz hukmronligini amalga oshirar edi.


Soliq turlari


Chig`atoy xonlari markaziy hokimiyat xazinasi uchun aholiga turli soliqlar solib, zo`ravonlik bilan undirib olishar edi. Ziroatchi dehqonlardan olinadigan yer solig`i bu davrda "kalon" deb yuritilgan.Chorvadorlarga esa "qopchur" solig`i solingan. Davlat xazinasi uchun "shulen" nomi bilan yuritilgan oziq-ovqat solig`i ham undirilgan. "Shulen" har bir podadan ikki yashar qo`y, qimiz uchun har ming otdan bir biya hisobida olingan. Hunarmandlar va savdogarlardan "targ`u"(1/30) solig`i undirilgan. Targ`u ishlab chiqarilgan mahsulot yokpsotilgan molning o`ttizdan bir qismi hajmida undirilgan. Bulardan tashqari aholiga tuz solig`i, jun va kumush solig`i solingan.

Soliqlar mahalliy amaldorlar tomonidan barot (ijara) tartibida avvaldan bir yo`la to`lab yuborilardi, so`ngra ular aholidan yig`ib olinardi. Aholidan yig`ib olish paytlarida soliqlar, shubhasiz, rasmiylashtirilgan miqdordan oshirib undirilardi.

Mo`g`ullar hukmronligining dastlabki yillaridayoq mo`g`ul xoqonlari o`zlariga xizmat ko`rsatgan kishilarga, ayrim katta yer egalari va savdogarlarga turli yorliq va payzalar berardilar. Payza oltin, kumush, jez va yog`ochdan yasalgan taxtachalardan iborat bo`lardi. Bunday payza yoki yorliqqa ega bo`lgan kishilar, shu jumladan elchi, soliq yig`uvchilar va boshqa ma'murlar aholidan turli xil yig`im va to`lovlarni talab qilib olish huquqiga ega edilar. Bunday payza va yorliqlar ko`plab berilardi.

Bundan tashqari, mamlakatning, savdo yo`llarida joylashgan bekat - yomlarning xizmati va xarajati ham aholining bo`yniga yuklangan edi. Davlat topshirig`i bilan qatnaydigan son-sanoqsiz elchilar, choparlar va xabarchilarga bekatlarda mahalliy aholi xizmat qilishga, ularga otulov, oziq-ovqat, yem-xashak va boshqa kerakli buyumlarni topib berishga majbur edi.

Zo`rlik, jabr-zulmning nihoyatda 'kuchayishi, xilma-xil majburiy to`lov va yig`imlaming haddan tashqari ko`pligi mehnatkash ommaning tinkasini quritgan edi. Bunday ahvol, shubhasiz, mo`g`ullarga nisbatan norozilikni oshirib, istilochilar istibdodiga qarshi xalqning bosh ko`tarishiga olib keldi. Shunday qo'zg'olonlardan biri Buxoro vohasidagi Torob qishlog`ida ko`tarilgan xalq qo`zg`oloni bo`ldi.

Mahmud Torobiy qo`zg`oloni


Buxoroning Torob qishlog`ida bosqinchilar va mahalliy mulkdor zulmiga qarshi qo`zg`olon boshlanadi. Unda Buxoro shahri va uning atrofidagi qishloqlarning hunarmandlari va dehqonlari qatnashadi. Qo`zg`olonga toroblik g`alvir yasovchi hunarmand Mahmud boshchilik qiladi. Tarixda u Mahmud Torobiy nomi bilan shuhrat topadi.

1238-yilda yuz bergan bu qo'zg'olon tarixga Mahmud Torobiy qo'zg'oloni nomi bilan kirgan.

Mahmud Torobiy atrofiga juda ko`p hunarmand va dehqonlardan iborat katta kuch to`planadi. Mahmud boshliq qo`zg`olonchilar Torobdan chiqib Buxoroga yo'1 oladilar. Bu yerda Torobiyning yaqin safdoshlaridan Shamsiddin Mahbubiy va shahar aholisi qo`zg`olonchilarga qo`shilib qo`liga qurol oladi. o`zlarining qadrdon shahar va qishloqlarini mo`g`ullardan va ularning hamtovoq xizmatchilari - mahalliy ma'murlardan ozod qilishga otlangan kishilardan kattagina lashkar to`planadi. Mahmud Torobiy o`z tarafdorlari bilan Buxoroga kirib olgach, shahar ichidagi Robiya saroyini qarorgoh qilib oladi. Bu yerda Buxoroning sadrlari, badavlat a'yonlari, yirik yer egalarini chaqirtiradi. U o`zini Buxoro va atrof viloyatlarining xalifasi, ya'ni hukmdori deb rasmiy ravishda e'lon qilishga ularni majbur etadi. Shundan so`ng Shamsiddin Mahbubiy sadr deb e'lon qilinadi. Mahmud Torobiy Buxoroda o`z hukmronligini o`rnatgach, mo`g`ul tarafdorlari bo`lgan mahalliy amaldorlar Buxorodan qochib ketadi.

Qochib ketgan amaldorlar va mo`g`ullar noib Mahmud Yalavoch yordamida Karmana yaqinida kuch to`plab, Buxoro ustiga yuradilar. Bundan xabar topgan Mahmud Torobiy o`z tarafdorlari bilan shahardan tashqariga dushman harbiy. kuchlariga qarshi chiqadi. o`rtada jang boshlanadi. Mo`g`ullar yengilib, Karmanaga tomon qocha boshlaydilar. Shiddatli janglar qilib, dushman Karmanagacha quvib boriladi. Mo`g`ullardan 10 mingga yaqin kishi halok bo`ladi. Bu jangda qo`zg`olon boshliqlari Mahmud Torobiy va Shamsiddin Mahbubiylar ham shahid bo`ladilar. Qo`zg`olonchilar ularning o`rniga Torobiyning ukalari Muhammad va Alini boshliq qilib saylaydilar. Oradan bir hafta o`tmay, ularga qarshi mo`g`ullarning yangi qo`shini hujum qiladi. Jangda qo`zg`olonchilar tor-mor qilinib, Torobiyning har ikkala ukalari ham halok bo`ladilar. Mo`g`ullar Buxoroni yana bosib olib, u yerda ilgarigi tartiblami yana qayta o`rnatadilar.

Qo`zg`olon bostirilsa-da, u mo`g`ullar zulmiga qarshi xalq ozodlik harakati tarixida alohida o`rin tutadi. Qo`zg`olon mo`g`ullar va mahalliy hukmron doiralari qarshisida jiddiy xalq kuchi, vatanparvar xalq yetakchilari borligini ko`rsatdi.

Chig`atoy soliqlarni tartibga solishga, 1238-yilda Mahmud Yalavochni noiblikdan chetlatishga majbur bo`ldi. Uning o`g`li Mas'udbek noib etib tayinlandi. Ulug` xoqon o`qtoy Mahmud Yalavochni Pekin shahriga hokim etib tayinlaydi.

Yosoq kitobi — mo`g`illarning huquqiy qoninlari to`plami.

Kalon — hosilning 1/10 qismi hajmida olingan soliq.

Chig'atoy ulusi — imperiya taqsimlanganda uning Chig'atoyga tekkan qismi. Keyinchalik u Chig'atoy davlatiga aylangan.

Qopchur — chorva mollari bosh sonining 1 % miqdorida olingan soliq


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin