Mundarija: kirish 4 ibob ilk o`rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti 4


-§. ME'MORCHILIK, SAN'AT, MUSIQA VA DINIY E'TIQOD



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə17/31
tarix13.12.2018
ölçüsü0,5 Mb.
#85812
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31

22-§. ME'MORCHILIK, SAN'AT, MUSIQA VA DINIY E'TIQOD


Tayanch tushunchalar: Me'morchilik. San'at. Din. Tasawuf, Tariqat Mafkura,

Memo`rchilik va san`at


o`rta asr jamiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi va islom dini mafkurasi madaniy hayotning bu sohasiga ham kuchli ta'sir qildi. Uning tashqi qiyofasi va mazmuni tubdan o`zgardi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi natijasida uning yangi yo`nalishda ravnaq topishi uchun qulay sharoit yuzaga keldi. Samarqand, Buxoro, Urganch, Tenniz, O 'zgan va Marv kabi shaharlarda bu davrda ko`plab saroy, masjid, madrasa, minora, maqbara, tim va karvonsaroylar quriladi. Buxoro shahridagi Ismoil Somoniy, Namozgoh, Minorayi Kalon hamda Vobkent va Jarqo`rg`ondagi minoralar va ko`pgina boshqa binolar o`sha davr me'morchiligining namunalaridandir. Bu yodgorliklar o`ziga xos me'morchilikning rivoj topganligidan dalolat beradi. Bu davrda yo`nilgan tosh, pishiq g`isht va suvga chidamli qurilish qorishmalaridan turli xil suv inshootlari:' suv omborlari - bandlar, novalar, ko`priklar, sardobalar va korizlar barpo etiladi. Bunday inshootlarning o`lchamlari matematika nuqtayi nazaridan g`oyat puxta ishlangan. Masalan, X asrda Nurota tizmalaridagi past tog` darasi to`silib barpo etilgan Xonbandi nomli suv omboriga 1,5 mln metr kub suv to`plangan. To`g`on granit toshi va suvga chidamlr qurilish qorishmasidan qurilgan. Bu suv omborini qurishda suvning vertikal va gorizontal bosim kuchi va bu hududlarda tez-tez sodir bo`ladigan zilzilalarning silkinish kuchlarini ham hisobga olganlar. Bu, shubhasiz, XVII asr mashhur fransuz fizigi Blez Paskal tomonidan suvning bosim kuchi to`g`risida yaratilgan qonun kashfiyotchisidan qariyb 7 asr muqaddam movarounnahrlik muhandislarga ma'lum ekanligidan dalolat beradi.

Turar joylar


X asrdan boshlab binokorlikda sinchkori imoratlar keng tarqaladi. Yakkasinch va qo`shsinchli binolarning tagsinchlaridan tortib ustunlari-yu sarrovlari va to`sinlarigacha yog`ochlarni payvandlash uslubida qurilib, sinchlarning orasi xom g`isht yoki guvalalar bilan urib chiqilgan. Bu tuzilishdagi imoratlarni qurish hozirgacha saqlanib keladi.

Afrosiyob, Varaxsha, Buxoro va Poykand shahar xarobalarida kovlab ochilgan turar joy qoldiqlaridan ma'lum bo`lishicha, X-XI asrlarda ham paxsa va xom g`ishtdan qurilgan imoratlar shahar me'morchiligida asosiy o`rinni egallagan.

Naqqoshlik va o`ymakorlik


Buxoro.Mag`oki-attoriy masjidi.XII asr.

IX-XII asr boshlarida me'morchilik bilan birga naqqoshlik va o`ymakorlik san'ati ham ancha rivoj topadi. Imoratni o`ymakor ustun va to`sinlar, devorlarini bo`yoqli yoki ganchkori naqshlar bilan bezash keng tarqaladi. Bu davrga kelib naqqoshlik va tasviriy sarfat o`zgacha tus oladi. Endilikda jonli mavjudotlarni tasvirlashdan murakkab geometrik va islimi gulli naqshlar ishlashga o`tiladi. Imoratning peshtoqi, eshigi va devorining ayrini qismlari turli mazmundagi bitiklar bilan qoplanar edi.


Xattotiik


Bu davrda xattotlik xalq san'atining muhim va keng tarqalgan sohalaridan biri edi. Hali kitob bosish kashf etilmaganligi, qo`lyozma kitoblardan nusxalari faqat qo`lda Ro`chinlislii tutayli xattotlik san'ati ancha rivoj topdi. Turli uslubda husnixat bilan bitilgan xattotlik namunalari me'moriy naqshlarda ham hayotiy mazmun va estetik zavq beruvchi bezak sifatida ishlatiladi. Shunday qilib, IX-XIII asr boshi me'morchiligi va unda ishlatilgan naqsh uslublari, xattotlik namunalari o`z navbatida mehnatkash aholining did-nafosat, binokorlik g`oyalari va sermazmun ijodini yaqqol namoyon etadi.

Musiqa san'ati


IX-XIII asr boshlarida musiqa san'ati jham g`oyat taraqqiy qiladi. Bayramlar, to`ylar,

xalq sayillari va boshqa marosimlar, shubhasiz, kuy va qo`shiqsiz o`tmas edi. Bu davrda sozandalar ud, tanbur, qo`biz, rubob, nay, surnay, karnay, qo`shnay va qonun kabi g`oyat xilma-xil torli, zarbli va puflab chalinadigan cholg`u asboblaridan keng foydalanganlar. Xalq kuylari asosida keyinchalik tojik va o`zbek xalqlarining mumtoz kuyi "Shashmaqom" uchun poydevor bo`lgan "Rost", "Xusravoniy", "Boda” "Ushshoq", "Zerafkanda" "Buslik", "Sipohon", "Navo", "Basta”, "Tarona" kabi yangi-yangi kuylar ijod etilgan. Bu soz va kuylarning ko`pi o`zbek va qardosh xalqlarining madaniy merosi tarzida hozirgi kungacha saqlanib kelmoqda. Musiqa san'ati she'riyat hamda musiqashunoslik ilmi bilan uzviy bog`langan holda taraqqiy etadi.


Din


IX-XIII asr ma'naviy hayotida islom dini muhim o`rin egallaydi. Bu davrda musulmon ! Sharqida keng tarqalib, jahon dini darajasigacha ko`tarilgan islom dini va shariat musulmon dunyosining mafkurasiga aylandi. Movarounnahr aholisi islom dinini qabul qilib, shariat ahkomlarini bajarishga, arab tili va yozuvini o`rganishga kirishdi. Markaziy shaharlarda qator masjid va madrasalar qad ko`tardi. Movarounnahrda birinchi. madrasa X asrda Buxoroda ochikjan. U Farjak madrasasi deb atalgan.

XII asrda esa Buxoroning Darvoza mahallasida hatto qonunshunoslar uchun maxsus "Faqihlar madrasasi” qurilgan. Bunday oliy dorilfunun asosan islom dini ta'limotining asosiy manbalari: Qur'oni Karim, Hadisi sharif va arab tilini mukammal o`rganishga katta e'tibor bergan. Shariat ahkomlarini har tomonlama chuqur o`rgatishda "Tafsir" -Qur'oni Karimning sharhlari juda boy va qimmatli manba hisoblangan. Fiqh fani (islom huquqshunosligi) axloq va shariat ahkomlari borasida mukammal ma'lumot beradi. Islom dini ta'limotining ravnaqi va targ`ibotining kengayishida ayniqsa Buxoro shahri mafkazga aylandi. Buxoro madrasalaridan juda ko`p yetuk fiqhshunos olimlar, qozilar, imomlar yetishib chiqadi. Shu boisdan Buxoro IX asrdan boshlab "Qubbat ul-islom" - "Islom dinining gumbazi" nomi bilan shuhrat topadi. Ayni paytda hukmron tabaqalarning mehnatkash aholi ustidan jabr-zulmi kucliayib borgan. Bu islom talablariga zid hodisa edi. Mana shunday g`oyat mushkul sharoitda jabrdiyda xalq o`z dard-u alamiga tasavvufdan malham axtaradi.



Movarounnahrda birinchi madrasa X asrda Buxoroda ochilgan.U Farjak madrasasi deb atalgan.

Tasavvuf


Tasavvuf o`rta asrlar musulmon Sharqida keng tarqaladi. Bu ta'limot dastlab VIII asr o`rtalarida Iroqda yuzaga kelgan. Tasavvuf ta'limoti asosida inson faoliyati va uning kamoloti yotadi. Turkiston va Movarounnahrning turli o`lkalarida tasavvufning turli tariqatlari paydo bo`ladi. Turkistonda XII asrda Yassaviya, XII asr oxirida Xorazmda Kubraviya, XIV asrda Buxoroda Naqshbandiya va boshqalar vujudga keladi. Movarounnahrda keng yoyilgan tasavvuf Yassaviya tariqati bo`lib, unga Ahmad Yassaviy asos soladi. Tariqatning asoslari Yassaviyning mashhur "Hikmat" asarida bayon etiladi. Ahmad Yassaviyning fikricha, shariatsiz tariqat, tariqatsiz ma'rifat, ma'rifatsiz haqiqat bo`la olmaydi. Ularning har biri ikkinchisini to`ldiradi va takomillashtiradi. Yassaviy tariqatining asosida kamolotga uzlat va tarkidunyochilik orqali yetishish g`oyasi olg`a suriladi. Unga faqat bu dunyo rohati va farog`atidan voz kechib, uzlatda toat va ibodat yo`lida zahmat chekib, mashaqqatli mehnat qila olgan kishigina yetib boradi. Xullas, Yassaviy tariqatida mashaqqatli mehnat va aziyat shariat yo`lida bo`lmog`i hamda tarkidunyochilik targ`ib etilsa-da, inson zoti sharif darajasida ulug`lanadi. Insonning har qanday mol-dunyodan va davlatdan ustun turishi ta'kidlanadi.

Tasavvuf ta'limotining buyuk siymolaridan yana biri Najmiddin Kubro (1145-1221) edi. U Xorazmda "Kubraviya" tariqatiga asos soladi. Yassaviy tariqatidan farqli o`laroq, Kubraviya tariqati tarkidunyochilikni rad etadi. Kamdlot yo`lida olib boriladigan mashaqqatli mehnat jarayonida bu dunyo noz-ne'matlaridan bahramand bo`lishning joizligi g`oyasi ilgari suriladi. Kubraviya tariqatida xalqqa va Vatanga bo`lgan muhabbat nihoyatda kuchli bo`lib, har qanday og`ir damlarda ham omma bilan birga bo`lish, Vatanni mudofaa qilish va uning mustaqilligi uchun kurashga da'vat etiladi.

Tasavvuf XIV asrda naqshbandiya tariqatida yanada rivoj topadi. _ Unga Bahouddin Naqshband asos soladi. U 1318-yilda Buxoro yaqinida Qasri Hinduvon qishlog`ida matolarga naqsh bosuvchi hunarmand oilasida dunyoga keladi. Yoshligida o`qish va ta'lim olish bilan bir qatorda kimxob matoga gul bosishni puxta o`rganib, ota kasbi naqqoshlikni egallagan.

Xoja Bahouddin "Hayotnoma" va "Dalil al-oshiqin" nomli asarlar , yozib, o`z tariqatini yaratadi. Naqshbandiya tariqati Movarounnahr, Xuroson va Xorazmda keng tarqaladi. Naqshbandiya tariqati insonlarni halol va pok bo`lishga, o`z mehnati bilan kun kechirishga, muhtojlarga xayr-ehson berishga, sofdil va kamtar bo`lishga chaqiradi. Uning "Dil ba yoru dast ba kor" ("ko`ngil Allohda bo`lsin-u, qo'1 ish bilan band bo`lsin") degan hikmati Naqshbandiya tariqatining hayotiy mohiyatini ifodalaydi. U tarkidunyochilikni rad etib, mehnatsevarlik, odillik va bilimdonlikni targ`ib etadi. Naqshbandiya ta'limoti taraqqiyotiga keyingi asrlarda Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Xo`ja Ahror kabi buyuk allomalar katta hissa qo`shadilar.

Mustaqillik sharofati bilan Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro singari bobokalonlarimizning aziz nomlari tiklandi, qadamjolari obod etildi. Asarlari chop etilib, ularning bebaho ma'naviy meroslaridan hozirgi avlodlar bahramand bo`lmoqdalar.

Mafkura — ma'lum maqsadni ro`yobga chiqarish uchun xizmat qiluvchi g'oyalar yig'indisi.

Tasavvuf (sufiylik) - musulmonlarni halollikka, poklikka, tenglikka, inson qadr-qimmatini yerga urmaslikka chorlovchi, har kimni o`zining halol mehnati bilan yashashga, boshqalarnlng kuchidan foydalanmaslikka davat etuvchi ta'limot.

Tariqat — tasavvuf qoidalarlga amal qllib yashash, ya'ni, komil inson darajasiga erishishni ko`rsatuvchi to'g'ri yo'l.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin