Muqimiy nomidagi



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə11/52
tarix31.12.2021
ölçüsü1,38 Mb.
#112780
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   52
Ўзбеки%

Yozma nomerlash
Uch xonali sonlarni yozma nomerlashni o‟rganishga tayyorlash maqsadida ikki xonali sonlarni, yozma nomerlashga oid masalalarni takrorlanadi: “son”, raqam terminlarining ma‟nolari, ular orasidagi farqlar, sonlarni yozishda raqamlarning o‟rin qiymati, ikki xonasi sonlarning xona tarkibi tahliliga oid bir qancha mashqlar bajariladi. Sonlarni yozilishida noldan foydalanishga ahamiyat beriladi. Nol raqami biror xona birligi yo‟qligini bildirishini aniqlashtiriladi. Bu erda bolalar o‟zlariga tanish bo‟lgan birinchi xona birliklari, ikkinchi xona birliklari tushunchalariga asoslanib, yangi tushuncha uchinchi xona birliklari bilan tanishadilar, demak o‟ngdan chapga qarab hisoblaganda birliklar birinchi o‟ringa (ular birinchi xona birliklari deyiladi) o‟nliklar ikkinchi xona (bular ikki xona birliklari deyiladi) yuzliklar uchinchi o‟ringa yoziladi (bular uch xona birliklari deyiladi, so‟ngra 1000 sonini qanday yozilishi tushuntiriladi. Quyidagi mashqlar yozma nomerlashga oid bilimlarni mustahkamlaydi.


  1. Uch yuz bir soni va uch yuz o‟n soni qanday yozilishini va ular necha shunday yozilishini tushuntirib bering.




  1. 969 bilan 703 sonlar orasida yotuvchi sonlarning hammasini yozing.




  1. 5, 7, 9 raqamlari yordamida yozish mumkin bo‟lgan hamma uch xonali sonlarni yozing, har bir raqamdan har bir sonni yozishda faqat bir marta foydalaning.




  1. Ushbu 635, 67, 306, 666 sonlarining yozilishida 6 raqami nimani bildiradi?

12


    1. 71 va 701; 333 va 33; 500 va 501; 600, 601, 610, 160 sonlarini yozish uchun nechta raqam va raqamlar kerak?

1000 ichida sonlarni nomerlashni o‟rganish natijasida o‟quvchilar quyidagi bilimlar, ko‟nikmalarni egallab olishlari kerak.




  1. 1000 ichida sonlarning nomlarini bilish, sonlar qatoridagi har bir navbatdagi sonning qanday hosil bo‟lishi, o‟zidan oldin keladigan sondan qancha kattaligini tushunish.




  1. Har bir sonning sonlar qatoridagi o‟rnini bilish.

  2. Raqamlarning o‟rin qiymatini bilgan holda sonlarni o‟qiy va yoza olish.




  1. Sonlarni xona tarkiblarini bilganlikdan foydalanib ikkita sonni ularning son qatoridagi olgan o‟rinlari bo‟yicha taqqoslay olish.




  1. Sonni uning xona qo‟shiluvchilari yig‟indisi bilan almashtira olish.




  1. Sonlarning natural ketma-ketligi va o‟nli tarkibini bilganlik asosida sonlarning qo‟shish va ayirish.




  1. Uch xonali son, uchinchi xona birliklari terminlarini yozish.



Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin