Mavzu.
YUz ichidagi sonlarni ko’paytirish va bo’lishga o’rgatish metodikasi.
Reja:
Jadval ichida ko‟paytirish va bo‟lish.
Jadvaldan tashqari ko‟paytirish va bo‟lish.
Qoldiqli bo‟lish.
Tayanch iboralar:
Ko‟paytirish, bo‟lish, jadval ichida va jadvaldan tashqarida ko‟paytirish, bo‟lish, qoldiqli bo‟lish, ko‟paytirish, bo‟lishni ma‟nosi, ko‟paytirish jadvali, 1 ga, 0 ga, 10 ga ko‟paytirish, bo‟lish. Ko‟paytirish va bo‟lishni maxsus holi.
I. Jadval ichida ko‟paytirish va bo‟lish.
Ko‟paytirish va bo‟lish amallarining ma‟nosini ochib berish.
Ko‟paytirish va bo‟lishning maxsus hollari.
2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 sonlarini bir xonali sonlarga ko‟paytirish va bunga mos bo‟lish jadvalini tuzishga o‟rgatish.
YUz ichida ko‟paytirish va bo‟lish 2- sinfda o‟rgatiladi, ammo o‟rgatishga tayyorgarlik ishlari 1- sinfdayoq 10 va 100 ichida nomerlashni, qo‟shish va ayirishni o‟rgatishdan boshlanadi. Dasturda nazarda tutilgan tayyorgarlik ishining mohiyati har xil topshiriqlarni ko‟rsatmalilik asosida bajarishdan iborat. Bu topshiriqlar har xil qo‟shiluvchilar yig‟indisini topish va sonni bir xil qo‟shiluvchilar yig‟indisi shaklida tasvirlashni talab qiluvchi topshiriqlardir. Bolalarni maktabda o‟qitishning birinchi kunidanoq bir xil buyumlarni bittalab sanashgagina emas, balki ikkitalab, juftlab, beshtalab sanashga mashq qildirish nazarda tutilgan.
Masalan: 1. 3 marta 2 tadan doira qo‟ying. Nechta doira qo‟ydingiz? 2 marta 4 tadan kvadrat chizing. Nechta kvadrat chizdingiz?
12, 15, 10 sonlarini bir xil qo‟shiluvchilarning yig‟indisi ko‟rinishida tasvirlang.
12=3+3+3+3 12=4+4+4 12=6+6