Masalan:
Har-bir taqsimchada 5 tadan olma bor. 4 ta taqsimchada qancha olma bor?
Uy bekasi har biri 3 kg dan kartoshka bo‟lgan 3 ta paket oldi. U necha kg kartoshka sotib oldi?
Bu misollarning echimlarini 1-sinfda o‟quvchilar 5 + 5 + 5, 4 + 4 + 4, 3 + 3 + 3 ko‟rinishda yozadilar va ular masalaning shartida echimda bir xil qo‟shiluvchilar borligini biladilar. Ko‟rsatmalilik asosida bu ko‟rinishdagi matnli masalalarni bir qanchasini echtiriladi. Bunda bolalar e‟tibori qo‟shiluvchilar bir xil ekaniga qaratiladi, har gal qo‟shiluvchilar qancha ularning yig‟indisi nimaga teng ekani aniqlanadi, so‟ngra bolalar ongiga bir xil qo‟shiluvchilar yig‟indisini ko‟paytirishga
doir misollar bilan almashtirish mumkinligi etkaziladi va 5 + 5 + 5 ni 5 · 3 deb yozishni, bunda birinchi son qanday qo‟shiluvchi qo‟shilayotganini, ikkinchi son esa bu qo‟shiluvchilar nechta ekanini aytadi, nuqta ko‟paytirish amalining belgisi va ko‟paytirish bir xil qo‟shiluvchini qo‟shish demakdir degan xulosa kelinadi. 5 · 3 =
yozuvda 5-I ko‟paytuvchi, 3-II ko‟paytuvchi, 15 esa ko‟paytma deyilib, 5 ni 3 ga ko‟paytirsak 15 chiqadi deb o‟qishni aytadi. Bo‟lish amalini ma‟nosini o‟rganishda oldin mazmuniga ko‟ra so‟ngra teng qismlarga bo‟lishga doir masalalar echishda ochib beriladi.
Dostları ilə paylaş: |