Мустакил ишларни ташкид этиш методикаси



Yüklə 211,5 Kb.
səhifə10/19
tarix22.03.2023
ölçüsü211,5 Kb.
#124241
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
2 5395806047195636047b

Taktik tayyorgarlik
Sportchilarning qobiliyati, jismoniy, psixologik tayyorgarligi bilan birga shu sport turining qaysi sharoitda bajarilishi bilan chambarchas bog‘liq. Taktik tayyorgarlik odam harakatini o‘rganish bilan ifodalanib qolmay, balki sportchilarning yuksak natijalarga erishishini ham ta’minlaydi. Sportchilar o‘z raqiblari ustidan g ‘alabaga erishish uchun o‘zlarida turli sifatlami tarbiyalashlari shart. Bu jismoniy sifat sportning o ‘yin turlarida va yakka kurash turlarida yaqqol namoyon bo’ladi. Texnik vositalarning bugungi kun sport turlarida keng qo’llanilishi sportchilarga uchrashuv oldidan raqibini ekranda yoki videomagnitofonda ko‘rishga imkon beradi.
Murabbiy yordamida raqibning texnik va taktik jihatdan kuchli tomonlari aniqlanadi va unga qarshi o‘yin taktikasi ishlab chiqiladi.
To’g‘ri tanlangan taktika gohida kuchsizroq jamoaning g‘alaba qozonishiga ham sabab bo‘ladi va bu texnik tayyorgarlikning muhim
omillaridan biridir.


Psixologik tayyorgarlik
Bu hamma sport turlaridagina emas, balki inson hayotida ham muhim o ‘rin tutadi. Yuksak natijalarga intilish kuch-quwat va ruhiy kuch talab qiladi. Boshqa faoliyat turlariga qaraganda sportda shunday ekstremal holatlar ko‘proq yuzaga keladiki, undan inson faqat ruhan yaxshi tayyor bo'lgan holdagina chiqib keta olishi mumkin. Sportchilarni juda qiyin sharoitlarga qolganda ham, ular bu qiyinchiliklarnii yengib chiqib ketganliklariga ko‘p misol keltirish
mumkin. Ruhiy fazilatlar o‘rganish va tayyorlanishlar davomida
shakllanadi. Har xil darajadagi musobaqalar va ular oldidan
2.2 Jismoniy mashqlarga o’rgatish uslublari va uning turlari
Maxsus mashg‘ulotlar va harakat faoliyatlaridan jismoniy tarbiyaning o'rgatish predmeti sifatida foydalaniladi. 0 ‘qituvchidan aniq o ‘rgatish usulini bilish, o'quvchilardan o‘rganish usulini yaxshi o ‘zlashtirib olish talab qilinadi. O‘quvchilarni bilmaslikdan bilishlikka qaysi usulda olib borish o ‘qituvchining asosiy vazifalaridan biridir. O'rgatish usullari ko‘p, ammo ulardan birontasi universal b o ia olmaydi.
O‘rgatish uslubi — bu o ‘qituvchining o ‘rgatishdagi va o ‘quvchilarning o'quv materiallarini o'zlashtirib olishdagi usulidir.
Didaktik vazifalar o ‘rgatish sharoitiga muvofiq, har biruslub, uslubshunoslik tarkibiga kiruvchi usullar bilan amalga oshiriladi. Masalan, ko‘rsatish metodi har xil yo‘llar bilan
amalga oshirilishi mumkin: mashqni oldi tomon yoki yondan ko'rsatish; zarur bo‘lgan tezlikda yoki sekin ko‘rsatish. Metodik uslub — bu aniq o ‘rgatish vazifalariga taalluqli
holda metodik amalga oshirish usulidir. Shunday ekan, har bir metodning ichida uning xilma-xil metodik usullaridan foydalaniladi. Bu usullar aniq sharoitga taalluqli bo'lgan metodlarni qo'llash imkonini beradi. Metodik usullar shuncha ko'pki, ular licch qanday qat’iy hisobga kirmaydi. Ulardan ba’zi birlari yo'qoladi, shaklan
o'zgaradi, o'qituvchining ijodkorligi bilan yangisi vujudga
keladi.
O‘rgatish — ikki tomonlama jarayon: o'qituvchi o'rgatadi, o'quvchi o ‘rganadi. Shuning uchun o'qituvchi tomonidan qo'llaniladigan o'rgatish metodi (binobarin, uning metodik
usullari) — bu faqat o'rgatish usuli emas (o'qituvchi tushuntiradi, ko'rsatadi va buyruq beradi), bolaning o'rganish usuli (o'quvchi tinglaydi, kuzatadi, mashqni bajaradi). O'qituvchining yetakchi roli yctakchi o'quvchi bilan doimo bog‘liqdir.

Yüklə 211,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin